Iste’molchilarning xatti-xarakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir.
Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda
iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin.
Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol
tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi.
Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali
to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi.
Uchinchi bosqichda iste’molchi
nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi
tanlovi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: