2.1. Kadrlar siyosatini shakllantirish bosqichlari
Jahonning rivojlangan mamlakatlari korxonalarida kadrlar
siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha umumiy belgilangan standartlar
mavjud emas. Ammo bu yo‘nalishda barcha korxonalarning
o‘ziga yarasha mavjud xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir
mehnat jamoasining faqat o‘ziga xos odat va ko‘p yillardan beri
mavjud an’analarga asoslangan va amalda ko‘p marotaba sinalgan
kadrlar siyosati amaliyoti mavjud. Har bir korxona, tashkilot va
kompaniya kadrlar siyosatini shakllantirishni bevosita o‘zi ishlab
chiqadi.
Korxonaning kadrlar siyosati uzoq yillar davomida kadrlar
bilan samarali ishlashni taqozo etadi va uni doimiy tarzda
takomillashtirishga qaratilgan. Korxona amaliyotidagi kadrlar
siyosatining samaradorligi mehnat jamoasining rivojlanishi,
tashkilotni boshqarish izchilligi, an’analari va mentalitetini saqlab
borish va shu asosda ishlab chiqarish jarayonida mehnatni to‘g‘ri
tashkil qilish va uning unumdorligini oshirib borish imkonini
beradi.
Kadrlar siyosati mulkdorlar, yuqori bo‘g‘in boshqaruv
menejerlari va korxonaning kadrlar xizmati tomonidan ishlab
chiqiladi. Kadrlar siyosatiga umumiy rahbarlikni korxona rahbari
amalga oshiradi. Kadrlar siyosati korxonaning o‘rta bo‘g‘in va
funksional bo‘linmalari rahbarlari hamda kadrlar xizmati tomo-
nidan ijro etiladi.
Tizimli kadrlar siyosati, odatda, yirik va o‘rta korxonalarda
ishlab chiqiladi. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasi
korxonalarida ham ishlab chiqilgan kadrlar siyosati xodimlarning
tashkiliy-mehnat va jamoaviy madaniyat darajasi rivojlanishiga
bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Korxonaning kadrlar siyosati jamoada ijtimoiy mehnat
munosabatlari rivojlanishining asosiy strategik yo‘nalishlarini
hisobga olgan holda shakllanadi. U o‘zgaruvchan va xavf-xatarlari
56
bilan murakkab bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida realistik, tez
moslashuvchan, yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga yo‘nal-
tirilgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga
moslashadigan bo‘lishi kerak.
Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi korxonada samarali
mehnat faoliyati va innovatsion rivojlanish uchun personalni
boshqarish
tizimini
maqbullashtiradi.Unga
erishish
uchun
quyidagi asosiy vazifalar o‘z vaqtida hal qilinishi kerak:
- kadrlar uchun zamonaviy innovatsiya tamoyillariga
asoslangan talablar tizimini shakllantirish;
- turli darajadagi kasb-malakaga ega kadrlarga mehnat
bozoridagi talabni maksimal darajada ishonchli prognozlashtirish
va o‘z vaqtida mavjud bo‘sh va yaratiladigan ish o‘rinlarini
to‘ldirishga erishish;
- korxonadagi kadrlar tarkibini rivojlantirish ustunliklarini
aniqlash;
- kadrlarni saralash, tanlab olish, ishga rasmiylashtirish hamda
ularning mehnatini baholash shakllari va usullarini takomil-
lashtirish;
- xodimlarni rag‘batlantirish, rivojlantirish, kasbiy-mansabli
ko‘tarilish samaradorligini oshirib borish;
- rahbar bo‘g‘inlardagi kadrlar zaxirasi bilan ishlashni
takomillashtirish;
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimining faoliyatini takomillashtirib borish;
- kadrlar siyosatini amalga oshirishga qodir o‘ta samarali
kadrlar xizmatini barpo etish.
Tashkilotning
kadrlar
siyosatining
asosiy
tamoyillari
quyidagilardan iborat:
- qonuniylik;
- ilmiy asoslanganlik;
- tartiblilik;
- boshqaruv jarayonini innovatsion tarzda olib borish;
- kompleks yondoshuvchanlik;
- moslashuvchanlik;
- iqtisodiy asoslilik;
57
- izchillik
- shijoatlilik.
Bundan keyin kadrlar siyosatining ustunliklari belgilanadi.
Kadrlar siyosatining ustunliklarini shakllantirishga ichki va
tashqi omillar ta’sir etadi.
Ichki omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- korxonaning asosiy maqsadlari, uning faoliyati, ixtisosligi,
innovatsion texnologiyalari, ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilish
xususiyatlari;
- yangi ish o‘rinlarining miqdoriy, innovatsion va texnologik
sifat tavsifi;
- motivatsiya tizimi va mehnatga haq to‘lash shartlari;
- xodimlar mehnat sharoitlarining munosibligi va innova-
torlikka moyilligini baholash yo‘nalishlarining o‘zgarib borishi;
- korxonaning barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida innovatsion
boshqaruv uslublari;
- korxonaning xo‘jalik-moliyaviy imkoniyatlari va hokazo.
Tashqi omillar sirasiga quyidagilar kiradi:
- bozorda korxonaning mahsulot yoki xizmatlariga bo‘lgan
ehtiyojning ehtimoliy o‘zgarishlari, raqobatbardoshlikning bozor-
dagi imkoniyatlarini kuchaytirish;
- mehnat bozori kon’yunkturasi, raqobatchilar tomonidan
mehnat resurslariga talabning oshib borishi;
- ijtimoiy mehnat munosabatlaridagi qonunchilik talablari;
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy
dasturlari;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy dasturlari va
aholini mehnat bilan bandlik darajasini oshirish davlat dastur-
larining vazifalari;
-korxona faoliyati sharoitlarini shakllantiruvchi iqtisodiy,
siyosiy omillar va qonunlarning barqarorligi.
Ko‘rsatilgan omillarni hisobga olish korxonaning kadrlar
siyosati xususiyatlarini ishlab chiqishda belgilangan joylarni
ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Kadrlar siyosatining umumiy ustunliklari quyidagilardan
iborat:
58
–
personalni boshqarishda kadrlar xizmatining mavqei va
rolini oshirish;
–
kasbiy-malakaviy,
mansabli
va
miqdoriy
tuzilmani
maqbullashtirish asosida personalga innovatsion talablar tizimini
shakllantirish;
–
personal mehnat faoliyatini samarali tashkillashtirish va
uning sifati va unumdorligini oshirib borish;
–
kadrlarni saralash, tanlab olish, rasmiylashtirish, baholash va
kasbiy lavozimlari o‘sishini, xodimlarning mehnat sifatini
yaxshilash;
–
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
sifatini oshirish;
–
rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlashni tartibga solish;
–
zamonaviy axborot texnologiyalarini kadrlarni boshqarish
amaliyotiga joriy qilish va hokazolar.
Kadrlar siyosatining maqsad va vazifalarini amalga oshirish
uchun tashkiliy-axborot va moddiy-texnik shartlarni ta’minlash
zarur.
Tashkilotning kadrlar siyosati tashkiliy-axborot ta’minoti
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
–
personalga bo‘lgan talabni prognozlash tizimi;
–
asosiy kadrlar xarakati bo‘yicha zamonaviy, ilmiy-
asoslangan personal-texnologiyalar, Shu jumladan, ish natijalarini
saralash, tanlab olish, baholash;
–
kadrlar va hokazo xizmatlarning tayyorlangan xodimlari,
shuningdek, liniya rahbarlari va funksional rahbarlar;
–
tashkilot kadrlar tarkibi, kadrlar salohiyatini hisobi va tahlili
hamda uni amalga oshirish monitoring tizimi to‘g‘risida tuzil-
maviy axborot.
Tashkilot kadrlar siyosatining moddiy-texnik ta’minoti quyi-
dagilarni o‘z ichiga oladi:
–
kadrlar xizmatining moddiy-texnik bazasi;
–
personalni boshqarishni takomillashtirish muammolari
bo‘yicha rahbar va mutaxassislar malakasini oshirishga mablag‘
ajratish;
59
–
kadrlar bilan ishlash tadbirlarini moliyalashtirish manbalari
hamda tartibini aniqlash va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |