Jarayonlar ketma-ketligi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#72496
1   2   3   4   5   6
1)onlayn buyurtmalar qabul qilish tizimini yaratish

Mavzuning dolzarbligi. Onlayn buyurtmalar qabul qilish tizimi hozirgi kundagi axborot texnologiyalari 
sohasida xizmat ko’rsatayotgan ko’plab jabhalarning muammolarini hal qilib berish imkoniyatini beradi. 
Deyarli barcha sohalar jadal ravishda avtomatlashish jarayonidan o’tib kelmoqda. Demak, har bir sohada 



onlayn xizmatlarni yo’lga qo’yish va zamon bilan hamnafas ildamlanish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. 
Shundan kelib chiqqan holda, onlayn buyurtmalarni qabul qilish tizimini tashkil etish bizning rivojlanayotgan 
yurtimizda dolzarb mavzulardan hisoblanadi. 
Bitiruv 
malakaviy ishimizning maqsadi. 
Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida 
avtomatlashtirilgan onlayn buyurtma qabul qilish tizimini ishlab chiqish ishimizning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqqan holda 
oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldik: 
1. Web texnologiyalarning yangi ko’rinishlarini o’rganish, bilimlar to’plash. 
2. To’plangan nazariy bilimlarni yagona tizimga keltirish. 
3. Chet elda qo’llanilayotgan nomdor onlayn buyurtma tizimlarini o’rganish, ularning yutuq va 
kamchiliklarini aniqlash. 
4. Bizning respublikamizdagi islohotlar, mentalitetimiz va kichik biznesni tashkil etish strukturalariga 
asoslanib onlayn buyurtma qabul qilish tizimini tashkil etish. 
Bitiruvmalakaviy ishimizning o’rganilganlik daraiasi. Onlayn buyurtma qabul qilish hozirda endi rivoj 
topayotgan tizimlar sirasiga kiradi. Shuning uchun uni tashkil etish va rivojlantirish doimiy yangilik va 
o’rganishni taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida o’rganilganlik darajasini aniqlab beradi. 
Bitiruvmalakaviy ishimizning predmeti. Onlayn buyurtma qabul qilish tizimlari alohida mavqega ega 
sanaladi. Ushbu tizimini yaratishda web texnologiyalardan foydalanish, MySQL ma’lumotlar omborini qo’llash 
bitiruv malakaviy ishimizning predmeti sanaladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin