Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Isajon SULTON
BOQIY DARBADAR
Roman
«Sharq yulduzi» jurnali
2010-yil, 6-son
BIRINCHI QISM
IBTIDO
... Jaziraning top-toza moviy osmonida bir parcha oq bulut suzmoqda edi. Bu bulut bundan yetti
hafta burun Qizil dengizning chuchuk suvli oqimlari ustida paydo bo‘lgan, tinimsiz esuvchi bahri
muhit yellari uni Arabiston cho‘llariga qadar qanotlarida avaylab olib kelishib, cho‘l shamollariga
topshirgan edilar.
Sahroning qurg‘oq shamoli hozir uni ehtiyotlik bilan surib bormoqda edi.
Pastda, yer yuzida – shaharning baland-past ko‘chalarida bugun olomon to‘plangan edi.
Peshanalariga va sadoqlariga tippa-tik turgan odam boshli sher tasviri tushirilgan, xalq «Maxes» deb
nomlagan O‘lim lashkari bugun bir odamni qatl uchun olib ketmoqda edi. Nomining o‘ziyoq kishilarda
qo‘rquv va dahshat uyg‘otadigan bu askarlar na ota-onasini, na qarindosh-urug‘ini bilar,
go‘dakligidayoq yaqinlaridan tortib olinib, noma’lum tomonlarga – sahro ichkarisiga olib ketilar,
voyaga yetganidan so‘nggina O‘lim lashkari safiga kelib qo‘shilar, ularning iblisona shafqatsizligi
haqida odamlar orasida bir-biridan mudhish turli gap-so‘zlar yurar edi.
Qatl uchun tepalikda maxsus joy tayyorlab qo‘yilgan, mahkumning oyoqlariga, qo‘llariga yelkasi
aralash zil-zambil kishanlar urilgan bo‘lib, zalvoridan juda qiynalib qadam tashlar, hansirab nafas olar,
tevarakdagi odamlarning hazil-mazax aralash aytgan so‘zlari qulog‘iga goh kirib, goh eshitilmay qolar
edi.
Qizil dengizning chuchuk suvli oqimlari uzra bino bo‘lgan oq bulut parchasi ana shu mahkumning
boshi uzra soya tashlab kelayotgan edi.
Mahkum – bir Muborak Kishi edi.
Kim bilsin, balki hozir unga Iloh farishtalari yordamga kelganu cho‘yan kishanlarning og‘irligini
balki sezmayotgandir ham? Tevarakdagi olomon «Qani sening xudoying? Nega u senga madad
bermayapti?» deb qichqirar va kular edi.
Kulayotgan bu badbaxt olomon orasida bir etikdo‘z ham bor edi.
* * *
Etikdo‘z bugun azonda kulbasining yonidagi daraxt shoxlarida qop-qora chumchuqlar to‘planib
olganini ko‘rdi. Boshqa daraxtlarda chumchuqlar yo‘q edi. Bular esa aynan uning loysuvoq uyining
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
Dostları ilə paylaş: |