396
Brend identligi (brend identity) — aynan mazkur brend iste’molchilar
tomonidan aniq-ravshan tanib olinadigan alomatlarning noyob jamlan-
masi. Bunday alomatlarga esa tovar atributlari, assotsiatsiyalar (nimagadir
o‘xshatish va qiyoslash), munosabat, naf, va’da, vizual yoki dizayn uslubi,
brendning asosiy qimmatli jihatlarini ifoda etuvchi alomatlar kiradi.
Brend menejeri (ingl. brand manager) — «mahsulot menejeri», deb
ham yuritiladi. Bozorlarda muayyan mahsulot yoki brendni o‘tkazish va
sotish uchun mas’ul bo‘lgan menejer yoki rahbar. Brend menejeri
majburiyatlari sifatiga istalgan faoliyat konkret brendga nisbatan
birlamchi marketing maqsadlarini tariflab berish va tatbiq etishdan tortib
to ushbu brend bilan shug‘ullanuvchi jamoaga har kungi rahbarlikni
amalga oshirish, mahsulotni qadoqlashdan boshlab to belgilangan foyda
ko‘rsatkichlariga erishish va istiqbolda rivojlanish rejalarini amalga
oshirishga qaratilgan faoliyat kiradi
Brendni pozitsiyalashtirish — raqobatchilarning xuddi shunday
harakatlariga nisbatan iste’molchilar ongida muayyan brend
konsepsiyasini yaratish, foydalanish va rivojlantirishdir.
brutto — 1) tovarning qadoq bilan birgalikdagi massasi; 2) korxona
yoki tashkilotlarning sarf-xarajatlar hisoblab ajratilmagan yalpi daromadi.
Dostları ilə paylaş: