Mavzu: Xufyona iqtisodiyot faoliyatinining tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#73808
Xufyona iqtisodiyot faoliyatinining tahlili



1
Mavzu: Xufyona iqtisodiyot faoliyatinining tahlili.
KIRISH
1. Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari.
2. Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari.
3. Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


2
KIRISH
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda xufyona iqtisodiyot va
korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Kriminal
elementlarning ishlab chiqarish va moliyaviy muassasalarga, turli soha, davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlariga kirib borishi oqibatida milliy boylik, davlat
budjeti daromadlarini taqsimlash na qayta taqsimlash jarayonida ular ishtirokining
kengayib borishi milliy va shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy xavf
soladi.Xufyona
iqtisodiyot,
korrupsiya,
uyushgan
jinoyatchilik
hamma
mamlakatlarda va hamma davrlarda bo‘lgan. Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona
iqtisodiyotga turli xil ta‘riflar berilgan.
 1. Xufyona iqtisodiyot —qonun asosida man qilingan faoliyat turlari.
 2. Xufyona iqtisodiyot - iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin
faoliyat turi.
 3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra
hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab
chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi
hamda soliqqa tortilishdan chetda qoladi.
«Xufiyona» iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishida davlatning iqtisodiy
xavfsizligiga imkoniyatdagi va aniq tahdid mavjud. «Xufiyona» iqtisodiyot
aksariyat odatdagi, «normal» iqtisodiy jarayonlarning kechishiga – daromadning
taqsimlanishi va shakllanishiga, xalqaro savdoga, investitsiya kiritish va umuman
iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Xufiyona» iqtisodiyotning
xususiyatlarini aniqlashda ushbu muammo tadqiqotchilarini turli ta’riflarni
muomalaga kiritishga undovchi har xil omillar inobatga olinadi. Bunday
mezonlarga quyidagilar kiritiladi:
 - davlatning fiskal (soliq)manfaatlari;
 - YAMM miqdorining haqiqiybahosi;


3
 - xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamkorligi yoki xatti-harakatining xususiyati;
 - yuridikko‘rsatkichlar.
Mazkur mezonlarga ko‘ra, «jinoiy», «nojinoiy», «norasmiy», «soxta»,
«norasmiy» iqtisodiyot ajratiladi.Xufyona iqtisodiyoti (shuningdek, yashirin
iqtisodiyot, norasmiy iqtisodiyot)-bu davlat nazorati va hisobidan tashqarida
bo‘lgan jamiyat va davlatdan yashirilgan iqtisodiy faoliyat.Bu iqtisodiyotning
kuzatib bo‘lmaydigan,norasmiy qismidir, lekin uning barchasini qamrab
olmaydi,chunki u jamiyat va davlatdan yashirin bo‘lmagan faoliyatni,masalan, uy-
joy yoki jamoaviy iqtisodiyotni qamrab olmaydi.Bunga iqtisodiyotning noqonuniy
jinoiy shakllari ham kiradi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi.
Xufyona iqtisodiyoti-bu amaldagi davlat qonunlari va jamoat qoidalarini
chetlab o‘tib,o‘z-o‘zidan rivojlanadigan jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabatlar. Ushbu biznesning daromadlari yashirin va soliqqa tortiladigan
iqtisodiy faoliyat emas. Darhaqiqat, davlat organlarining daromadlarini yashirish
yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga olib keladigan har qanday biznes
xufyonali iqtisodiy faoliyat deb hisoblanishi mumkin.Shuningdek, nemis
adabiyotlarida ham xufiyona iqtisodiyotga oid turlicha yondashuvlar mavjud.
Ularning ayrim tariflarida xufiyona iqtisodiyot moliyaviy sirli bitimlar sifatida
talqin etilsa, yana bir boshqa ta’rifda xufiyona iqtisodiyot jinoiy faoliyat sifatida
qaraladi. Uchinchi bir yondashuvda xufiyona iqtisodiyot barcha subyektlarning
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashini qamrab oladi, deyiladi. To‘rtinchi hodisada
xufiyona iqtisodiyot natijalari YAIMda inobatga olinadigan ham moliyaviy ope-
ratsiyalar, ham iqtisodiy faoliyat tushuniladi.
1.Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari.
Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida shaxslar,
shaxslar guruhi, institutsional sub‘ektlar o‘rtasidagi moddiy ne‘mat va xizmatlar
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish yuzasidan bo‘ladigan
munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, uning natijalari rasmiy statistikada hisobga


4
olinmaydi va soliqqa tortilmaydi.Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi davlat
iqtisodiy xavfsizligiga potensial va real xavf tahdid soladi. U normal iqtisodiy
jarayonlarga, rasmiy iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va
taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta‘sir
ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot daromadlarni soliqqa tortishdan yashirishda
namoyon bo‘ladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari quyidagilardan iborat:
1. -turli banklarda bir necha hisob raqamlarini ochib, ular orqali buxgalteriya
hisobida to‘liq ko‘rsatilmagan holda pul operatsiyalarini amalga oshirish;
2. -trast, veksel va boshqa hisoblardan foydalanish;
3. -“ikkiyoqlama buxgalteriya” yuritish, naqd pullar bilan muomala qilish, shu
orqali daromad va pul tushumlarini soliqdan yashirish;
4. -korxonani bir shahar, tumanda ro‘yxatdan o‘tkazish, ammo hisob raqamini
boshqa shahar, tumandagi banklarda ochish orqali korxona soliq to‘lashdan
ro‘yxatga olingan joyida ham, faoliyat yuritgan joyida ham qochadi, ya‘ni
bo‘yin tovlaydi;
5. -hisobga olinmagan xarajatlar xisobiga sotilayotgan mahsulot (xizmat,
ishlar)ning tannarxini oshirib ko‘rsatish;
6. -rasmiy hisob va to‘lov xujjatlarida tomonlarning kelishuviga asosan
bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati past narxlarda ko‘rsatiladi,
uning qolgan qismi nakd pul shaklida o‘zaro taqsimlanib olinadi. Naqd
pullardagi daromad soliqqa tortishdan yashiriladi.
Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotnint qaysi sektorga, ya‘ni norasmiy, kriminal,
faktiv, xufyona yoki ochiq, rasmiy iqtisodiyotga tegishli ekakligini aniqlashda
quyidagi mezonlar asos qilib olinadi:
- davlatning fiskal (soliq) manfaatlari;
- YaIMning real hajmi;
- huquqiy parametrlar;


5
- xo‘jalik sub‘ektlari o‘zaro harakati tavsifi.
Xufyona iqtisodiyot doirasida amalga oshiriladigan operatsiyalarni quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin:
-to‘liq buxgalterlik hisobidan chiqarilgan, hech qayerda hisobga olinmaydigan
xo‘jalik-moliya operatsiyalari. Bunday operatsiyalar huquqiy jihatdan ro‘yxatga
olingan va umuman ro‘yxatga olinmagan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi;
-qisman yashirilgan operatsiyalar. Bunda korxonalar tomonidan amalga oshirilgan
operatsiyalarni bir qismi, ya‘ni olingan daromadning bir qismi buxgalteriyada
hisobga olinmaydi, soliqqa tortishdan yashiriladi.
Xufyona iqtisodiyot amaldagi qonunchilikka zid kelishi yoki zid kelmasligi nuktai
nazaridan kriminal, jinoiy yoki kuzatilmagan xufyona iqtisodiyot sektorlariga
ajratiladi. Kriminal, ya‘ni jinoiy, qora xufyona iqtisodiyotda umuman iqtisodiy
faoliyat yashiriladi. Kuzatilmagan, norasmiy iqtisodiyot sektorida sarf xarajat,
daromad yashiriladi yoki umuman hisobga olinmaydi.
Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni noqonuniy ishlab chiqarish, yashirin ishlab
chiqarish va ongli ravishda oldindan rejalashtirib, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab
qilingan jinoyatlar tashkil etadi.
2.Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari.
Xufyona iqtisodiyotining belgilari. Mamlakat yashirin iqtisodiyotining
ko'lamini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar quyidagilar:
-Haqiqiy iste'mol darajasi va rasmiy daromad darajasi o'rtasidagi tafovut;
-Mamlakatlarning markaziy banklarining uslubiy hisob-kitoblariga nisbatan pulga
talabning yuqori baholanishi;
-Elektr energiyasi iste'moli, ishlab chiqarish faoliyatida, xizmatlar sohasida
ishlatiladigan boshqa zarur resurslar hajmidagi tafovut;


6
-Aholini tanlab olingan kuzatuvlar va sotsiologik tadqiqotlar orqali belgilangan
mehnat bandligining statistik ko'rsatkichlari va ularning o'lchamlari o'rtasidagi
tafovut.
Ko'rsatkichlarning sezilarli darajada og'ishi tadbirkorlar o'rtasida tuzilgan
bitimlarning ahvolidan yashirishning katta qismini, real daromad darajasining
yetarlicha baholanmaganligidan dalolat beradi.
1-jadval Xufiyona iqtisodiyotni tiplashtirish mezonlari.
Asosiy belgilari
«Ikkilamchi
xufiyona»
iqtisodiyot
«Jinoiy
bo‘lmagan»
iqtisodiyot
«Jinoiy»
iqtisodiyot
Subyektlar
Iqtisodiyotning ras
miy sektoridagi
menejerlar
Norasmiy ravishda
ish bilan band
Professional
jinoyatchilar
Obyektlar
Ishlab chiqarmay
turib daromadlarni
qayta taqsimlash
Odatdagi tovar va
xizmatlarni ishlab
chiqarish
Taqiqlangan va
taqchil tovar va
xizmatlar ishlab
chiqarish
Nisbiy mustaqillik


7
«Oq» iqtisodiyot
bilan aloqasi
Rasmiy
iqtisodiyotdan
ajralmagan
Rasmiy
iqtisodiyotga
nisbatan mustaqil
Xufyona sektor bilan bog‘liq eng katta xavf bu bozor konstitutsiyasidan
keskin farq qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida me’yorlarining
shakllanishdir. Xufyona me’yorlarning asosida ularning amal qilishi hududiy
jihatdan va / yoki shaxslarning ma’lum doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy
mexanizmlar yotadi - qonunga bo‘ysunish me’yorlarining mavjud emasligi,
me’yorlarning amal qilishini ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha iqtisodiy
sub’ektlarga tarqatishga imkon bermaydi.
Xufyona me’yorlarning yozilmagan va lokal xususiyati tufayli xufyona
bitimlar tuzish uchun universal o‘yin qoidalarini ifodalab bo‘lmasa-da, xufyona
iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Misol
tariqasida Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va Kampaniyani olamiz: rivojlangan xufyona
sektorga ega bo‘lgan ushbu mintaqa iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi
o‘rganilgan.
Davlatning (dastlab Ispaniya, so‘ngra Italiya davlatining) kam ishtiroki va
uning mahalliy aholining turmushini va mulkchilik huquqlarini himoyalashni
ta’minlashga layoqatsizligi Italiya janubi tarixiy rivojlanishining muhim omillari
bo‘ldi. Davlat ushbu mintaqalarning uzoqda joylashganligi va o‘zi olib boradigan
«bo‘lib ol va hokimiyat o‘rnat» siyosat tufayli ularning mavjudligi haqida
shunchaki unutib qo‘ydi. Shuning uchun, ayniqsa feodal huquqning bekor qilinishi
va mayda mulkdorlar sinfining shakllanishi munosabati bilan mulkchilik
huquqlarini tafsirlash va shartnomalar bajarilishini ta’minlashning davlatning
aralashuviga muqobil mexanizmari talab etildi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash
va himoyalash bo‘yicha davlatga muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki
tilga olinishi feodalizmdan mayda va o‘rta er mulkchiligiga o‘tishning aynan shu


8
pallasiga taalluqli. «Mafiya» atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi
hodisalarni yoritish uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan
bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-harakatning alohida me’yorlari va
na’munalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot
bo‘lmasada, xatti-harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o‘zining
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini
beruvchi o‘yin qoidalarining yig‘indisidir.
Birinchi me’yor «o‘yin konstitutsiyasi» o‘zaro hamkorlik maqsadlarini
aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash mumkin. Agar mafiyaning
avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy
maqsadi o‘zining foydaliligini oshirishdan emas, balki o‘z sha’nini va o‘z
oilasining sha’nini saqlab qolishdan iborat bo‘lgan. Hatto o‘zini mafiya deb
hisoblagan insonning o‘zini nomlashi – «sha’n odami» - uning faoliyati
maqsadining an’anaviy xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi atamasidan
foydalangan holda, sha’n me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin,
chunki gap oilaning sha’ni va obro‘si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha’ni
haqida ketayapti. Sha’nning yo‘qotilishi ijtimoiy o‘zaro munosabatlar sohasidan
chiqarilishga olib keladi – uni yo‘qotgan insonlar hatto alohida, qishloqlarning
chekkalarida yashashadi va faqat o‘z muhiti doirasida muloqatda bo‘lishadi.
Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-
qimmat emas, balki sha’n belgisi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Oila ichidagi munosabatlarni qurish uchun foydalaniladigan ishonch
mafiyaning iqtisodiy faoliyatini ham belgilab beradi. Mafiya bilan bog‘liq
tadbirkorlarning yana bir raqobat jihatdan ustunligi bo‘lib ishonch asosida
shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari
bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. D.Gambetta yozganidek, mafiyani
bozorning ishonchning «tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo‘lgan va bitim tuzish
imkonini bermaydigan sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida


9
bunday holat o‘rin tutadi) ishonchni tug‘dirish, reklama qilish va sotish bilan
shug‘ullanuvchi alohida korxona sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek,
ishonch tanqisligi sharoitida amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan
xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik moddalari) bilan
istalgan bitimlarga ham e’tibor qaratiladi. Tovar sifatida ishonchning o‘ziga xos
jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni g‘oyrioddiy usul bilan – oila-
qarindoshchilik, do‘stona yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni
aralashtirish orqali amalga oshiradi. Xususan, mafiyaning iqtisodiy faoliyatini
yoritish uchun ko‘pincha mafiyaning oilaviy aloqalari asosida tashkil etiladigan
«tarmoq» tushunchasidan foydalaniladi. Aynan o‘zgaruvchan sharoitlarga tez
moslashuvchi tarmoqlar doirasida «o‘zlariniki» o‘rtasida yuqori ishonch
salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy faoliyati amalga oshiriladi.
Bitimlar bo‘yicha hamkorlarni «o‘ziniki» va «begona» toifasiga bo‘lish
printsipial jihatdan muhim, bu erda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida
boradi. «O‘ziniki» doirasida sha’n va obro‘ga birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali
erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O‘ziniki» va
«begona» o‘rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‘lishi muqarrar, ishonch esa
dushmanlik va zulmga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Xatti-harakatning ikki yoqlama
standarti mantiqiga yana bir muhim me’yor – maxfiylik kiritiladi. Ushbu me’yor
tashqi olam bilan, ayniqsa davlat vakillari bilan munosabatlarda to‘liq yopiqlikni
belgilab beradi, uning teskari tomoni sifatida to‘liq ochiqlik va oila a’zolaridan
faqat haqiqatni gapirishni talab qilish ishtirok etadi. Haqiqiy mafiozlar hamma vaqt
jim turishadi.
3.Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari.
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo‘lishi bilan shartlangan
umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar
jumlasiga, birinchidan, xufyona xo‘jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini
kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti


10
sharoitida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Dastlabki iqtisodiyot” qondira olmaydigan
talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha
narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning
barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishda
ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta
o‘lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni
yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq
to‘lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga
qodir: xufyona korxona faoliyat ko‘rsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-
qarindoshchilik, urug‘chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta
tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yish – ijtimoiy aloqalarning
buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik
muvazanatga erishish o‘z parametrlariga ko‘ra neoklassik bozordan g‘oyat
uzoqlashgan bozorga bog‘liq.
Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo‘lishi oshkora bozorga kirish
xarajatlari yuqori bo‘lganligi tufayli unga talab bo‘lmay qolgan tadbirkorlik
salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda
oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va
iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko‘cha
savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida
marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo
korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin.
Shunga qaramay, iqtisodiyotning oshkora va xufyona sektorlarining parallel
ravishda mavjud bo‘lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta‘sir ham
ko‘rsatadi.Xufyona sektorda texnika bilan qayta jihozlashning foydasizligi tufayli
texnik taraqqiyot to‘xtab qoladi va umuman mehnat unumdorligi pasayadi.
Investitsiya manbalarining chegaralanligi (faqat u yoki bu ijtimoiy tuzilma ichidagi
mavjud resurslar investitsiya qilinadi) va mazkur ijtimoiy tuzilmalarga nisbaan
tashqi sarmoyadorlarning mavjud emasligi sababli investitsiyalarning hajmi ham


11
kamayadi. Oshkora iqtisodiyotda qolgan iqtisodiy sub‘ektlarga soliq yuki
ko‘payadi: davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar xarajatlari kam sonli soliq
to‘lovchilarga taqsimlanadi.Ushbu vaziyat ikkilanib yurganlarni ham xufyona
sektorga o‘tishga undaydi - qonunga bo‘ysunish narxi cheksiz yuqori bo‘ladi.
Buning natijasida oshkora sektor kollansi yuzaga keladi – unda faqat eng yirik
korxonalar qoladi, chunki ular shunchaki to‘liq «soyaga» keta olishmaydi.Bundan
tashqari, xufyona iqtisodiyotning mavjud bo‘lishi izchil makroiqtisodiy siyosatni
amalga oshirish bo‘yicha har qanday chora-tadbirlarni samarasiz qiladi:u g‘oyat
noadekvat indikatorlar va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida quriladi. Yuqorida
aytilganlar pul-kredit siyosatlariga nisbatan juda muhim, chunki naqd pullarning
xufyona aylanmasi markaziy bank nazorati ostida bo‘lmaydi.
XULOSA
Xufiyona jarayonlar dinamikasining omillari, ularning miqyosi va ularni
o‘lchash usullari. Xufiyona iqtisodiyot rivojlanishining tamoyilla milliy
iqtisodiyotda uning rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishining har bir aniq tarixiy
davrida yuz beradigan jarayonlar bilan bog‘liq. Xufiyona iqtisodiyot miqyosi va
dinamikasini belgilovchi omillarning quyidagi guruhlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin.
2017-yildagi hisobotga ko‘ra, Evropa Ittifoqining xufyonali iqtisodiyotiga
qariyb 2,2 milliard dollar sarflangan. Foiz jihatidan Evropaning janubiy va sharqiy
mamlakatlari an'anaviy ravishda eng katta xufyona iqtisodiyotiga ega (bu erda
ularning YaIMdagi ulushi 20 dan 40% gacha), bu erda zamonaviy naqdsiz to‘lov
texnologiyalari hali keng tarqalmagan. Bundan tashqari, qarzlar va moliyaviy-
iqtisodiy inqirozning ortib borayotgan oqibatlari bilan, xufyonalar ostiga
tushadigan
pul
miqdori
ko‘paymoqda.
Shu
bilan
birga,
rivojlangan
mamlakatlarning xufyonali iqtisodiyotlarining nisbiy hajmi kichikroq bo‘lishiga
qaramay (Germaniyada - 14%, Frantsiyada - 11% va Shveytsariyada - atigi 8%),
ularning xufyonasi iqtisodiyoti kattaroqligi sababli kam rivojlangan hududlardagi


12
mos ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada oshib ketdi. 2018 yilda Rosfinmonitoring
rasmiy hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada xufyona iqtisodiyoti hajmi YaIMning
20 foizini tashkil etdi, yiliga 20 trln rubl aylanmasi bilan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Vahobov A.
va boshqalar. Budjet - soliq siyosati yaxlitligi. Oquv
qollanma. - T.: Iqtisod va moliya. 2005.285 b.
2. Vahobov A. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.:
Sharq 2005. 220 b.
3. Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. Oquv qollanma, T.: "IQT1SOD-
MOLIYA", 2007, 84 b.
4. Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. Oquv
qollanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007, 245 b.
5. Malikov T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni. Oquv
qollanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yoldoshev Z., Malikov T. Uy xojaligi moliyasi. Oquv qollanma, T.:
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin