105
Yuqorida qayd etilgan kuchaytirgichning joylashuv tartibida va
konstruksiyasida o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklar mavjud. Bular
puxtaligi, ishonchli ishlashi, ixchamligi va narxi bilan baholanadi.
Gidrokuchaytirgich ishlash prinsipi sxemasi 68-rasmda keltirilgan.
Nasos avtomobil dvigatelidan harakatni oladi.
Nasosning tepa qismida moy solish uchun maxsus asbob
o‘rnatilgan. Moy nasosdan, o‘tkazgichlar orqali taqsimlagichga uzatiladi.
Taqsimlagich korpus va zolotnikdan iborat. Zolotnik shtanga orqali
avtomobilning rul mexanizmiga ulangan, korpus esa boshqariluvchi
g‘ildirakning burish sapfasi richagi bilan shtanga orqali birlashtirilgan.
Taqsimlagich va moy o‘tkazgichlar bilan gidrotsilindrning ikki kamera-
siga ulangan. Silindr avtomobil ramasiga sharnir ravishda mahkam-
langan. Uning porsheni shtok orqali, boshqariluvchi g‘ildirakning buri-
lish sapfasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Moy o‘tkazgich taqsimlagichni
moy baki bilan ulaydi.
5.2. Avtomobillardan foydalanish davrida rul boshqarmasida
uchraydigan asosiy nosozliklar
Rul boshqarmasining asosiy nosozliklariga rul mexanizmi
karterining mahkamlanishini bo‘shab ketishi, mexanizm detallarining
yeyilishi, rul chambaragi va kalonkasining bo‘shab qolishi, chervyak
jufti detallarining yedirib ketishi misol bo‘ladi. Gidrokuchaytirgichli rul
boshqarmalarida, yuqoridagi nuqsonlardan tashqari, nasos idishida
moyning me’yoridan kam yoki oshiq bo‘lishi, tizimda havo va suvning
yig‘ilishi, nasosning ishlamay qolishi, moyning sizib chiqishi, filtrning
kirlanib qolishi, nasosning himoya va o‘tkazish klapanlarining nosoz
ishlashi, nasos uzatmasi tasmasining me’yor bilan tortilmasligi va
boshqalardan iborat.
Rul boshqarmasini tashxislash ko‘rsatkichlariga rul chambaragini
salt yurishi va uni burash uchun kerakli kuchni aniqlashdan iborat. Rul
chambaragining salt yurishi, yengil avtomobillar uchun 7-12 gradus
(VAZ va NEXIA avtomobillarida 5
0
, MERSEDES BENS avtobuslari
uchun 15
0
), avtobuslar uchun 10-150ni tashkil qiladi. Rul chambaragini
burash uchun sarflanadigan kuch 40-60 N ni tashkil etishi kerak.
Dostları ilə paylaş: