Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Key words: philosophy, Ancient India, Aryans, Mahabharata, Vedic period, epic  period, sutra period, scholastic period.  KIRISH



Yüklə 426,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix16.12.2022
ölçüsü426,65 Kb.
#75451
1   2   3   4
qadimgi-hindistonda-falsafiy-fikrlarning-yuzaga-kelishi

Key words: philosophy, Ancient India, Aryans, Mahabharata, Vedic period, epic 
period, sutra period, scholastic period. 
KIRISH
Qadimgi hind tarixini olti davrga bo’ishadi: 1) Industan aborigenlarining 
ibtidoiy jamoa tuzumi; 2) Ind vohasida Xarappi va Moxenjo-Daro hind old 
sivilizatsiyasi (eramizgacha ikkinchi ming yillikda); 3) eramizdan avvalgi ikki 
minginchi yillar o ‘rtalarida Ind va Gang vohasiga shimoli-g‘arbdan ko‘chib kelgan 
oriylar ibtidoiy qabilalari davri; 4) eramizgacha birinchi ming yillikning birinchi 
yarmida oriylarning bir-biri bilan kurashgan bronza asri ilk quldorlik davlatlari davri; 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
997 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
5) Magadxa davlatining yuksalish davri (eramizgacha birinchi ming yillikning 
o‘rtasi); 6) Maurya davlatining yuksalish davri (eramizgacha 322-185-yillar).
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Bu davrlar Qadimgi Hindistonning siyosiy jihatdan ibtidoiy tuzumdan 
quldorchilik tuzumiga o‘tishi, davlatchiligining shakllanishi; iqtisodiy jihatdan 
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xo'jalik faoliyatining tarmoqlashuvi, tovar-pul 
munosabatJarining paydo bo'Iishi; ijtimoiy sohada sotsial tabaqalashuvning kelishi; 
ma’naviy hayotida esa mifologiyaning rivojlanishi va falsafiy sistemalarning yaratila 
borishi bilan xarakterlanadi.
Xususan, qadimgi hind jamiyati sotsial strukturasi xalqning turmush tarzi
ma’naviy hayotiga katta ta’sir o‘tkazgan. Uning xarakterli xususiyatlaridan biri varna 
(Yevropada u kasta degan nom bilan ataladi)larga bo'linishidir. Ular braxmanlar, 
kshatriylar, vayshlar, shudralar bo‘lib, har bir varna o'zining ramziy rangiga ega: 
braxmanlar – oq, kshatriylar – qizil, vayshlar - sariq, shudralar - qora rangda. Har bir 
varna kishilarning o‘z-o‘zi bilan chegaralangan yopiq guruhidan iborat bo‘lib, 
jamiyat hayotida aniq o'miga va mavqeiga ega; nikohlar ham varna ichida tuzilgan
varnaga mansublik avloddan avlodga o‘tgan. Vamalarning faoliyat yuritish turi ham 
belgilab qo‘yilgan: aqliy mehnat bilan oliy tabaqa – braxmanlar (kohinlar), harbiy ish 
bilan – kshatriylar, yer ishlari, hunarmandchilik, savdo bilan - vayshlar; og‘ir 
jismoniy ishlar bilan – shudralar shug'ullanishgan. “Braxman” (shavkatli hayot) so‘zi 
qadimgi hindlarning bosh xudolaridan birining nomidan olingan. “Kshatriy” so'zi 
“kish” – egallamoq, egallash, boshqarish fe’lidan olingan. “Vaysh” sodiqlik, 
bog'liqlik, degan ma’nolarga ega. “Shudra”so‘zining ma’nosi va kelib chiqishi noaniq. 
Dastlabki uchta varna oriylardan tashkil topgan. Ular uchun jamiyatda bilim 
o‘choqlari, eshiklari ochiq edi. Hokimiyat, boshqaruv ishlari braxmanlar qo’lida 
bo’lgan.
Hindistonda falsafagacha bo‘lgan fikrlar 3 ta manbada mujassamlashgan: 
vedalar (veda-muqaddas bilim), Maxobxorot (18 kitobdan tarkib topgan epik asar; 
falsafiy g‘oyalar, asosan, Mokshadxarma - qutulish, saqlanish yo‘lida, o‘z ifodasini 
topgan), Bxagavadgita (Uohiy qo'shiq) va Anugite. Hozirgi hind faylasufi - 
Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, “Maxobxorot” -yakka, indivudual ong emas, 
milliy ong ijodi. “U xalqning o‘zi to‘g‘risida yozgan poemasidir [1, 29]”.
Qadimgi hind falsafasi evolyutsiyasi to‘rt davrga bo‘linadi.
1. Veda davri (eramizdan avvalgi 1500-600-y.). Bu davr oriylarning joylashishi 
va ular madaniyatining yoyilishi, “o‘rmondagi universitetlar”ning paydo bo‘lishi 
davri.



Yüklə 426,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin