O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
AL-XORAZMIY NOMLI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKUL`TETI
“ PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI
SALAEVA NAVBAHOR
“PSIXOLOGIYA TARIXI”
MA`RUZA MATNLARI
URGANCH 2013Y.
1-Mavzu . Psixologiya tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Reja:
1.Psixologiya tarixi fanining predmeti.
2.Psixologiya fanini tarixini o`rganish metodlari.
3.Psixologiya tarixi fanining vazifalari.
4.Psixologiya fanini paydo bo`lish tarixi.
Har bir fan o`zining tarixiga egadir. O`rgatilayotgan har bir nazariy
qarashlarni o`ziga xos bo`lgan tarixini o`rganish zarur.
Fanning tarixini bilish hozirda oldinga qo`yilgan maqsadini to`la
yechishga
imkon beradi va katta ahamiyatni kasb etadi. Faylasuf Arastu “eksperimental
va nazariy psixologiyani talqin qilish uchun, shunday qiyoslash o`tkazish
zarurki, bu yerda hozirgi kun muammolarini ko`raylik va tarix bilan muloqatga
kirishaylik” deb takidlaydi. Tarixga nazar solib yangilik yaratish psixologiya
fanini yangi qirralarini ochib beradi. Psixik xususiyatlar va jarayonlar
to`g`risida barcha ilmiy qarashlarni o`rganishda empirik ma’lumotlarni shartli
ravishda yo`nalishlarga ajratish lozim.
Psixologiya tarixi shaxsning o`ziga xos bo`lgan psixik xususiyatlari,
g`oyalari, dunyoqarashi, rivojlanishi va takomillashish qonuniyatlarining psixik
mexanizmlarini o`rganadi. ma’naviy va ilmiy ahamiyatga ega bo`lib
buyuk
allomalar, faylasuflar, olimlar va shaxslarning hayoti, qarashlari, ilmiy
yo`nalishlarni, g`oyalari o`rganiladi.
Psixologiya tarixi fanini o`rganishda psixik haqiyqiylik emas, balki
tasavvurlar o`rganilgan har bir davrda o`ziga mos bo`lgan.
Fanini ruvojlanish jarayonida bu tasavvurlar juda qadimdan mavjud ekanligi
aniqlangan va ular 319 yo`nalishga ajratilgan. Birinchi, halb haqida fan
ekanligi,
ikkichisi-ong haqidagi fan, uchinchisi faoliyat haqidagi fandir
Psixologiya to`g`risida ta’limotlarni haqiqiylik darajasini belgilaydigan
mezon ilmiy qarashlarni bir-biridan farqlari bo`lib, ular ba’zida umuman tan
olinmas edi. Psixologiya fani rivojlanishida ahamiyati kasb etadigan yutuq va
kamchiliklari yangi haqqoniy psixologiya qarashlarni keltirib chiqarar va shu
davrga mos ravishda tahlil qilingan.
Psixologiya tarixini o`rganishda empirik ma’lumotlar katta ahamiyat
kasb etadi.
Barcha qo`llaniladigan tarixi fanini o`rganishda qo`llaniladigan arxiv
materiallari, intervyu,
suhbatlar, biografik, avtobiografik uslublar keng
qo`llaniladi. Har bir uslubning o`ziga xos tomonlari tahlil qilinganida har bir
darslik o`ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi va tarixan baho berish
shartlariga buy sunadi.
Psixologiya tarixi faning vazifalari. Psixologiya fanini paydo bo`lishida
hozirgi kungacha barcha ilmiy qarashlar, bilimlar nazariy qarashlar, faylasuflar
va psixologlar asarlari asosiy manbaa hisoblanadi .
Psixologiya rivojlanishda- tibbiyot, ta’lim, tarbiya, yuridik amalyot,
amalyot
katta o`rin egallaydi. Psixologiya fani rivojlanishida boshqa fanlarning
ahamiyati katta bo`lib ular bir -biriga bog`liqdir. Psixologiya tarixi boshqa
fanlar tarixi singari, va ma’zmundor bilimlar sohasidan iborat.
Psixologiya tarixi - u avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va
insonlaga hos bo`lgan psixik hayot xodisalari haqidagi bilimlarni asta -sekin
to`planib borish tarixidir.
Insonning o`z-o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib
borishidir.
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik
hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar
hayotining har -xil tarixiy
bosqichlarida, ularning qanday nazariy va amaliy e’htiyojlar bilan taqazo
qilganligini, ba’zi bir ma’lumotlar , ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf
qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini,
ularning ba’zi qonuniyatlari qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi
qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bunda tashqari psixologiya
tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy
taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar
sohasi qanday kengayib
borganligi hamda dastlab yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda
taraqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko`tarilganligi
haqida kam ma’lumot
beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish
imkoniyatini beradigan , psixologiya fani taraqqiyotiga ko`maklashadigan
foydali ilmiy tekshirish metodlarining izlanilishi va yaratilishi katta o`rin
tutadi.
Psixologiya hech qachon ajralgan fan bo`lmagan : u hamisha boshqa
bilim sohalari bilan bog`liq holda taraqqiy etib borgan. Umum fan taraqqiyoti
tarixida u bog`lanishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fanlarning yutuqlari
psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko`rsatganligini bilim sohalarining
taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada bo`lganligini, psixologiyaning
ilmiy yutuqlari praktikada qanday tadbiq qilinganligini kuzatib borish juda
qiziqarlidir.
Psixologiyaning butun tarixi (
shuningdek, filosofiya tarixi ) davomida
idializm bilan materializm o`rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning
mohiyatini turlicha tushunishda hamda psixologiya predmetini tushinishda
ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sistemasini o`zi ham, uning
metodlari, ma’zmuni va vazifalari ham turlicha talqin qilingan.
Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga
qaramasdan, bu fanining predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos bo`lgan
psixika, psixik hayot birdamligicha qolaveradi. Tarixiy jihatdan
psixologiyaning o`rganish predmeti emas, balki
shu predmetni tununish, psixik
hayot mohiyatiini tushunish o`zgarib keldi.
Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o`zgarishlar, yangi
psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tadbiq
qilinishi, ilmiy falsafiy tafakkurining umumiy yo`nalishi psixologiya fanining
tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarini belgilab berdi.