15-ma’ruza. Qidiruv usul va algoritmlarini tadqiq qilish
Reja:
1.
Ketma-ket qidiruv
2. Indeksli ketma-ket qidiruv
3. Ketma-ket qidiruvni samaradorligi
4. Indeksli ketma-ket qidiruvni samaradorligi
5. Qidiruvni mukammallashtirish usullari
6. Topilgan elementni ro’yxat boshiga qo’yish orqali jadvalni qayta tartiblash
7.
Transpozisiya usuli
8. Mukammal qidiruv daraxti
9. Binar qidiruv (teng ikkiga bo’lish usuli)
Kalitli so’zlar: qidiruv, jadval, fayl, kalit, noyob kalit, ikkilamchi kalit, tashqi
kalit, ichki kalit, ketma-ket qidiruv, indeksli ketma-ket qidiruv, qidiruv
samaradorligi, jadvalni qayta tartiblash, transpozisiya, binar qidiruv, mukammal
daraxt.
Ma’lumki, axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan
EXMda ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri bo’lib
hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo’yicha massiv ma’lumotlari
ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topishdan iborat.
Ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi jadval yoki fayl deb ataladi. Ixtiyoriy
ma’lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma’lumotdan biror bir belgisi orqali farq
qiladi. Mazkur belgi kalit deb ataladi. Kalit noyob bo’lishi, ya’ni
mazkur kalitga
ega ma’lumot jadvalda yagona bo’lishi mumkin. Bunday noyob kalitga
boshlang’ich (birinchi) kalit deyiladi. Ikkinchi kalit bir jadvalda takrorlansada u
orqali xam qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar
kalitini bir joyga
yig’ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta maydonga kalitlarni
yozish mumkin. Agar kalitlar ma’lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl
sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni
yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
Kalitni berilgan argument bilan mosligini aniqlovchi
algoritmga berilgan
argument bo’yicha qidiruv deb ataladi. Qidiruv algoritmi vazifasi kerakli
ma’lumotni jadvalda topish yoki yo’qligi aniqlashdan iboratdir. Agar kerakli
ma’lumot yo’q bo’lsa, u holda ikkita ishni amalga oshirish mumkin:
1.
ma’lumot yo’qligini indikasiya (belgilash) qilish
2.
jadvalga ma’lumotni qo’yish.
Faraz
qilaylik, k – kalitlar massivi. Har bir k(i) uchun r(i) – ma’lumot
mavjud. Key – qidiruv argumenti. Unga rec - informasion yozuv mos qo’yiladi.
Jadvaldagi ma’lumotlarning tuzilmasiga qarab qidiruvni bir necha turlari mavjud.