13
Uning tarkibiga yoqilg‘i sanoati va elektroenergetika kiradi va ular
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Yoqilg‘i-
energetika
majmuasi mashinasozlik, metallurgiya sanoatlari mahsulotlaridan
foydalanadi hamda
transport majmuasi bilan bog‘liq. YoEM
uchun yagona
tarmoqlarni hosil qiladigan
yuqori quvvatli liniyalar va quvur yo‘llari (neft, neft
mahsulotlari va tabiiy gazni
tashish uchun) ko‘rinishidagi rivojlangan ishlab
chiqarish infratuzilmasi xarakterlidir.
Mamlakatda YoEM ning rivojlanishidan ko‘p hollarda
ijtimoiy ishlab chiqarish,
birinchi navbatda sanoatning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va miqyoslari,
dinamikasi bog‘liq. Shu bilan birga, yoqilg‘i va energiya manbalariga
yaqinlashish
sanoatni hududiy tashkil qilishning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. YoEM
ning
barcha tarmoqlari o‘zaro bog‘liq. Turli xil yoqilg‘ini qazib chiqarish,
energiyani
ishlab chiqarish va ularni turli iste’molchilar o‘rtasida
taqsimlashdagi
mutanosiblik
yoqilg‘i-energetika balansi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: