Korrupsiyaga qarshi qoidalarning
ASOSIY SHARTLARI
1. Xodim ushbu mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini
bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan,
g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda
o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul
mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik; tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik majburiyatini oladi.
2. Xodim atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir
etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholanishi mumkin
bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyishi shart.
3. Xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va (Davlat organi yoki
takshlotining nomi) ichki hujjatlariga muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi kelib
chiqishini oldini olish choralarini ko‘rishi va manfaatlar to‘qnashuvi yoki uning kelib
chiqish ehtimoli haqida o‘ziga ma’lum bo‘lishi bilan darhol ish beruvchini yoki uning
o‘rnini bosadigan shaxslarni xabardor qilishi shart.
4. Xodimlar orasida shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab,
xizmat majburiyatlaridan chetga chiqqan holda boshqa xodimlarning professional ish
faoliyatiga aralashish, ma’lumot so‘rash hamda qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatish
holatlari yuzaga kelganda (Davlat organi yoki takshlotining nomi) ichki hujjatlariga
muvofiq darhol quyidagi aloqa kanallari orqali:
korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan ishonch telefoni;
Telegram-kanali (“@xxxxxxx”);
davlat organi yoki takshlotining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat
tuzilmasining xizmat telefon raqamiga xabar qilishi lozim;
shaxsan (Davlat organi yoki takshlotining nomi) ijtimoiy tarmoqdagi
manzillariga xabar qilinishi lozim.
5. Agar xodim (Davlat organi yoki takshlotining nomi) boshqa xodimlari
tomonidan sodir etilgan va sodir etilishi rejalashtirilayotgan korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar haqidagi faktlarni aniqlasa, u ushbu ma’lumotni aloqa kanallari
orqali (Davlat organi yoki takshlotining nomi) korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha mas’ul shaxslarga taqdim etishi shart.
6. Xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va (Davlat organi yoki
takshlotining nomi) ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarni
buzgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Xodim: ______________________
(F.I.O.)
__________________________
(imzo)
Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR
Code ni skanerlang.
Imzolovchi F.I.SH. GULNOZ XOLMATOVA TOJIYEVNA
Imzolangan sana
09.12.2022 19:47
Hujjat kodi
LK5311766747
Hulosa kodi
NV0263455168
Dostları ilə paylaş: |