Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1021
w
www.oriens.uz
June
2022
MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI
Abdurazzaq Orziyev Abduvali o‘g‘li
“Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport”
kafedrasi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Milliy qadriyatdan umuminsoniy qadriyatga aylanib bugun jahon nigohini
o‘ziga mahliyo etgan kurash ma’naviy qadriyat va sport turi sifatida o‘zining chuqur
tarixiga ega. Maqolada milliy kurashning rivojlanish tarixi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: kurash, milliy kurash tarixi, pahlavonlar, kurash usullari, xalq
og‘zaki ijodida kurash.
АННОТАЦИЯ
Борьба, которая превратилась из национальной ценности в
общечеловеческую и сегодня захватила мир, имеет глубокую историю как
духовная ценность и вид спорта. В статье рассматривается история
развития национальной борьбы.
Ключевые слова: борьба, история национальной борьбы, борцы, приемы
борьбы, борьба в фольклоре.
ABSTRACT
Wrestling, which has turned from a national value into a universal one and
today has captured the world, has a deep history as a spiritual value and a sport. The
article deals with the history of the development of national wrestling.
Key words: wrestling, history of national wrestling, wrestlers, wrestling
techniques, wrestling in folklore.
KIRISH
Tarixshunos, qadimshunos, elshunos va faylasuf olimlarning olib borgan
tadqiqotlari, izlanishlari va
arxeologik ilmiy qidiruvlari, kuzatishlari natijasida
topilgan ashyoviy dalillar kurashning yoshi kamida 2,5-3 ming yildan ziyod
ekanligini tasdiqlaydi [1].
IV asrda O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil akrobatdorbozlar juda
mashhur bo‘lgan. Epchil, jismoniy jihatdan
juda chiniqqan dorbozlar, chig‘iriqchi
simbozlar Yunoniston, Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o‘zlarining
ajoyib va xatarli o‘yinlarini qiziqchi va masxarabozlarning o‘tkir satira va kulgi bilan
sug‘orilgan
turli sirk sahnalari, o‘qdek uchadigan muallaqchilar va kishi aqli bovar
qilmaydigan pahlavonlarning o‘yinlari, yog‘och oyoqlarning jo‘shqin raqslar va ot