MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
Bahorgi yog‘ingarchilik paytida yo‘sinlaming ustini suv bosib, anteridiy va
arxegoniylaming uchi ochiladi. Spermatozoidlar anteridiydan suvga chiqadi, xivchinlari
orqali harakat qilib, arxegoniylar ichiga kiradi va ulaming ichidagi tuxum hujayra bilan
qo‘shilib,
zigota hosil qiladi. Oradan ozgina vaqt o‘tgach, zigota o‘sib, sporofitni hosil
qiladi. U sporangiyband va uning uchida joylashgan sporalar hosil qiladigan ko‘sakcha -
sporangiydan iborat. Sporalar yetilgandan so‘ng to‘kiladi va tarqaladi. Sporadan jinsiy
bo‘g‘in - gametofit rivojlanadi. Nam tuproqqa tushgan spora o‘sib, ko‘p hujayrali,
shoxlangan, ingichka yashil iplami beradi. Ip shoxlarida
kurtaklar paydo bo‘ladi. Har
bir kurtakdan esa yangi poya-bargli funariya yo‘sini o‘sib chiqadi. Shunday qilib,
zigotadan jinssiz bo‘g‘in rivojlanadi. U sporangiy bandi, sporangiy va uning ichidagi
sporalardan iborat. Yo‘sinlar yuksak o‘simliklaming tubani hisoblanadi.
14-BILET
1. O‘simliklar sistematik birliklari haqida umumiy ma’lumot bering?
0 ‘simliklami bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilaming o‘xshashlik darajasiga qarab
o‘simliklar dunyosini ma’lum tartib - sistema (tizim)ga solish o‘simliklar sistematikasi
deb ataladi. 0 ‘simliklar sistematikasi botanika fanining asosiy qismi bo‘lib, unda
o‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlar –
sistematik birliklarga bo‘linadi. 0 ‘simliklar sistematikasida quyidagi sistematik birliklar
qabul qilingan: tur, turkum, oila, sinf (ajdod), bo‘lim va o‘simliklar dunyosi.
2. Kurtak haqida tushuncha bering?
Kurtak - bu boshlang‘ich poya. Kurtaklar
ikki xil bo‘ladi: generativ kurtak va vegetativ
kurtak. Vegetativ kurtak o‘simliklaming
boshlang‘ich bargli novdasidir. Generativ
kurtak esa boshlang‘ich to‘pgul yoki guldir.
Har qanday novda kurtakdan hosil bo‘ladi.
Terak, chinor, soxta kashtan, nastarin
kabilarni kurtagi yirik; tut, tol, qayrag‘och, o‘rik, olma va boshqalaming kurtagi
nisbatan mayda bo‘ladi. Ana shunday kurtaklarga qarab o‘simliklar turini aniqlash
mumkin. Kurtaklar novdada ketma-ket, qarama-qarshi halqa hosil qilib joylashadi.
Novdaning uchida joylashgan kurtaklar
uchki kurtak, barg qo‘ltig‘ida joylashganlari
Dostları ilə paylaş: