Hayot faoliyati xavfsizligi quyidagi masalalarni ko`rib chiqadi:
- maishiy muhitdagi xavfsizlik;
- ishlab chiqarish muhitidagi xavfsizlik;
- shahar muhitidagi hayot faoliyati xavfsizligi;
- atrof muhitdagi xavfsizlik;
-
tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda holatlar.
Maishiy muhit
– bu maishiy sharoitdagi insonga ta`sir qiluvchi
barcha
omillarning
yig’indisidir.
Organizmni
maishiy
omillarga
reaktsiyasini fanning sog’lom turmush tarzi, sog’lom turmush tarzining
kasallik
profilaktikasi
bilan
aloqasi
masalalariga
bag’ishlangan
mavzularida o`qish mumkin.
Ishlab chiqarish muhiti
– bu mehnat faoliyati jarayonida insonga
ta`sir qiluvchi omillar yig’indisidir.
Tabiiy muhitdagi xavfsizlik – bu ekologiyaning sohalaridan biridir.
Ekologiya organizmni atrof muhit bilan o`zaro ta`siri qonuniyatlarini
o`rganadi.
Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki
bilvosita zarar etkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi.
Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar
(ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga
oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma
shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayot faoliyatiga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi,
ximiyaviy hamda biologic faol moddalar yashirin xavfga
egadir.
Xavflar taksonomiyasi
- bu murakkab hodisalarni,
tushunchalarni,
kishi
faoliyatiga
qaratilgan
narsalarni
tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat
xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning
tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega.
|