Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP)
orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma
uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP
dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot
tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat,
tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi.
Internet elektron pochta
, chat hamda
oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan
tashkil topadi. Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini
oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va
makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda
global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan
boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga
ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan
barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va
b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. Internet tizimi 20-asr.
60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti
tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab,
bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari
doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi.
AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya
vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya
vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet
tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn
yillik xalqaro tarmoq
, asosan,
harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan
cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va
ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga
bogʻliq boʻldi. 20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida
informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro
hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global
tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra,
har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi
punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning
uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan,
Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP
muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi. Internet rivojlanishining dastlabki
bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan.
70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat,
un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham). 80-yillarda
Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha
davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan
koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir
sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir
Dostları ilə paylaş: |