public class HelloWorldApp {
public static void
main
(
String
[]
args
)
{
System
.
out
.
println
(
"Salom Dunyo!"
);
// Ushbu matn konsol ekranida chiqadi. }
}
Bu klassning fayl nomi klass nomi bilan bir xil bo’lishi shart va .java
kengaytmasida bo’lishi zarur. Masalan: HelloWroldApp.java.
1.2. Kotlin dasturlash tili Kotlin – kross-platformali, statik ravishda yozilgan, yuqori darajali
dasturlash tili. Kotlin Java dasturlash tili bilan to’liq o’zaro aloqa va faoliyatni
amalga oshiruvchi imkoniyatga ega qilib loyihalashtirilgan va JVM versiyalarining
standart kutubxonalaridan ham foydalanadi. Lekin Kotlin dasturlash tili sintaksisi
Javaga nisbatan ancha qisqartirilgan va soddalashtirilgan. Kotlin JVM asosida
ishlaydi, lekin shuningdek, JavaScript va nativ kodga ham kompilyatsiya qila
oladi. JetBrains kompaniyasi Kotlinga homiylik qiladi va Google tomonidan
Kotlin Foundation tuzilgan.
Kotlin dasturlash tili Google ning Android operatsion tizimi uchun ilovalar
ishlab chiqishda rasmiy maqomga ega. 2017-yil oktabr oyidan Android Studio ning
3.0 versiyasidan boshlab, Java kompilyatorning alternativ standartiga kiritildi.
Android Kotlin foydalanuvchiga Java 6 yoki Java 8 oraqlig’idagi mos baytkodga
aylantirishga ruxsat beradi.
Kotlinning bosh maqsadi bugungi kunda Java foydalaniladigan barcha
joylarda, Javaning o’rnini bosa oladigan qisqaroq, samaraliroq, ishonchliroq
muqobil bilan ta’minlashdir. Java nihoyatda mashhur til hisoblanadi va u keng
miqyosdagi muhitda: Smart card dan tortib Google, Twitter, LinkedIn va boshqa
internet sohasidagi kompaniyalar tomonidan yuritiladigan eng katta ma’lumot
bazalarida ham foydalaniladi. Ushbu joylarning ko’pchiligida, Kotlindan
foydalanish dasturchilarga kamroq asabiylashish va kamroq kod yozishlar bilan o’z
maqsadlariga erishishida ko’maklashadi.
Kotlindan foydalanadigan eng ko’p tarqalgan dasturlash sohalar, bular:
•