4. Ish beruvchigа yetkаzilgаn zаrаr uchun
xodimning moddiy jаvobgаrligi
MK 198-moddа. Ish beruvchigа toʼlаnishi lozim boʼlgаn zаrаr
Xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni
toʼlashi shart.
Bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining
mavjud mol-mulki (shu jumladan ish beruvchi uchinchi
shaxslardan ijaraga olgan mol-mulk) amalda kamayganligi
yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchining
ortiqcha toʼlovlar qilish zarurati tushuniladi.
Xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar
uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni
toʼlashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy
javobgar boʼladi.