b) Fikran qaror qabul qilish davri. Hayvon yuqoridagilarga tayanib fikran
bir qarorga keladi.
d) Natijalar aktseptori davri. Bu davri. Bu darvrda bajariladigan ishlarnI
dasturi tuziladi. Xotira faollashgan bo‗ladi. Ehtiyojlar hisobga olinadi, bu
ehtiyojlarni qondirish usullari o‗ylab chiqiladi. Paydo bo‗lgan maqsad impulslari
bosh miyadagi Peypes doirasida doim uchmasdan aylanib turib maqsadni
yuqotmasdan turadi.
g) Efferent sintez davr. Bu davrda xatti-harakatlar dasturlashadi.
Bu davrda somatik va vegetativ aktlar bajariladi. Maqsad va uni amalga oshirish
ishlab chiqiladi. Bajarilgan aktni parametrlari teskari afferkntatsiya natajasida
ilgari ishlab chiqilgan dastur bilan solishtiriladi. Agar u ilgari ishlab chiqarilgan
dasturni bajarilishiga mos tushsa hayvon tinchlanadi. Agar bu tushmasa hayvon
tinchlanmaydi va u o‗z xatti-harakatini korrektsiyalab boshqatdan dastur ishlaydi
uni amalga oshiriga kirishadi. Agar mo‗ljallangan akt bajarilsa hayvonda qoniqish
paydo bo‗ladi. Fuktsionl sistemalarni amalga oshishida emotsiyalar muhim rol
o‗ynaydi. Emotsiyalar va situatsion emotsiyalar. Ehtiyojlar asosiy emotsiyalarni
real natijalarni dastur bilan solishtirish natijasida situatsion emotsiyalar sodir
bo‗ladi. Oxirgisi manfiy yoki musbat bo‗lishi mukin. Bu erda musbat
emotsiyalarni roli juda muhimdir. Fuktsional sistemalar orqali shunday qilib har
qanday hayvonda harkanakangi fe‘l-atvor reaktsiyalarini tushintirsa bo‗ladi.
Organizmni tugulmasdan oldin paydo bo‗lgna nerv aloqalari uni tug‘ma
faoliyatini belgilaydi. Tug‘ma faoliyat bo‗lishi uchun shu faoliyatni vujudga
keltiruvchi va uni amalga oshiruvchi mexanizmlar perinatal ontogenezda tayyor
holda kelishi kerak. Bunday reflekslarni shartsiz reflekslar ham bed ataladi
(Pavlov). Bu reflekslar nisbatan doimiy bo‗lib organizmdagi o‗zini retseptiv
maydonlariga ta‘sir etishi natijasida stereotip holda sodir bo‗ladi. I.P.Pavlov
quyidagi shartsiz reflekslar mavjud hisoblangan ovqatlanish, mo‗ljallash, to‗plash,
ehtiyotkorlik, erkinlik, tekshiruv, o‗zini jonini himoya qilish, agressiya, qorovullik,
o‗yin, jinsiy, ko‗chib yurish, ijtimoiy. N.A.Rojanskiy bunda reflekslar 24 ta bo‗ladi
deb hisobladi. Lekin bu reflekslar vegetativ funktsiyalarni o‗z ichiga olmagan.
A.D.Slonim shartsiz reflekslar 3 guruhga bo‗linadi va ular quyidagilardir: ichki
muhit doimiyligini saqlash, tashqi muhit o‗zgarishiga mos keladigan refleslar, turni
dunyoda saqlashga qaratilgan reflekslar. Yu.Konorski shartsiz reflekslarni
organizmni saqlovchi (kuchini saqlagani uyqu, avlodini saqlash, tanasini saqlash
va x.k). mo‗ljal reflekslariga bo‗lgan. P.Simonov bu reflekslarni vital, zoosotsial
(rollli), o‗zini rivojlantirish reflekslariga bo‗lagan. Hozirgi paytda quyidagi shartli
reflekslarni xillari bor deb hisoblaniladi.
1.Elementar reflekslar: bosh va orqa miya reflekslari kiradi.
2.Koordinatsiyalovchi reflekslar: oyoq-qo‗lda ish bajarishdagi avtomatik
reflekislar masalan: yurish.
3. Integarativ reflekslar: harakatni vegetaiv organlar ishi bilan muvofiqlashtiradi.
4. Mo‗ljal reflekslari: harakatni va yangi sharoitda hosil bo‗ladi.
Instinkt bu tug‘ma kompleks xatti-harakatlari bo‗lib hayvonni tashqi va ichki
sharoitlariga tubdan moslaydi. Ko‗rincha instinkt stereotip holda bo‗ladi. Bu
harakatlarni unga hech kim o‗rgatmagan va ular nasldan - nasilga o‗tadi. Misol:
Kolyushka balig‘ini erkagi urg‘ochilarini naychaga tuxum qo‗yishga majburlaydi.
Bir yoki bir necha urg‘ochi kolyushka naycha ichiga tuxum qo‗yganidan so‗ng
erkak bularni otalantiradi, so‗ngra usha joydan ketmasdan uni qorovullaydi, doim
har 30 sekund davomida naychaga havoga to‗yingani suvni xaydab turadi.
Tuxumlar rivojlanib borgan sari kolyushka tomonidan suvni xaydashi tezlashadi.
Nemis zoologi Sigler (1911) instink irsiy belgi, o‗rgatish kerak emas, hamma tur
individlarida bir xil, tana tuzilishiga mos va nihoyat tabiiy yashash sharoitiga
moslashgan bo‗ladi.
Baliqlarda instinkt oraliq va o‗rta miya, amfibiyalar reptilyalar bosh miya
orqali, qushlarda targ‘il tana, sut emizuvchilarda esa bosh miya instinktni
boshqaradi. Yashash sharoitini ontogenezda o‗zgarishi instinkt reaktsiyalarini
o‗zgarishiga olib kelishi mumkin.
Instinkt turlari: ovqatlanish instinkti, markazi - och qolganda - dars -sal
ginokamp, to‗rsimon miya, talamusni boshqa yadrolari. To‗yganda - medial
gipotalamus. O‗zini himoya qilish - markazga gipotalamus va bazal gangliyallar.
Jinsiy intinkt -markazi gipotalamus. Emotsiya bu instinktni sezgi, his-tuygularidan
bir belgi bo‗lib namoyon bo‗ladi. Uning markazi lambik sistema va miya stvolida.
Hozirgi payitda instinkt sxemasi quyidagicha qabul qilingan: Stimul - retsepsiya
- sensor sistema - xulq - atvorini ishga solish va nazoratni -harakat dasturlari - xulq
- atvori.
Bundan tashqari maxsus modullovchi sistema mavjud bo‗lib u bosh miyada
sensor sistema va xulq -atvorni ishga solish sistemalari o‗rtasida joylashgan
bo‗ladi.
Yu.Konorski (Polsha) instinktlarini tushuntirish uchun daryva nazariyasini
ishlab chiqdi. Bu ta‘limotga ko‗ra, miya funktsiyasi 2 ga bo‗linadi: a)
Tayyorlavchi mexanizmlar b) Ijrochi mexanimzmlar. Bu mexanizmlar instinkni
bajarilishiga olib keladi. Bular motivatsiyalar, ochiq, suvsirash, qo‗rqish, jangari
bo‗lish va x.k. Drayvga qarshi antidrayv ham bor. Dray va antidriay kurash
emotsiyani aniqlaydi. Har qaysi drayv yoki aitidrayv ma‘lum bir emotsiyan
belgilaydi.
Instinktiv harakatlar turli xildagi kup sonli qo‗zg‘atuvchilarning aks etishini
ta‘min eta olmaydi va shunga kura umurtqalilarning aks ettirish imkoniyatlarini
cheklab qo‗yadi. Umurtqalilarda naychali nerv sistemasi (orqa va bosh miya bilan
qo‗shilib) rivojlangan bo‗lib, shu tufayli ularda tashqi muxitni asliga ancha
o‗xshaydigan tarzda aks ettirishning potentsial imkoniyatlari oshadi. Ganglioz nerv
sistemasiga ega bo‗lgan hayvonlarga nisbatan umurtqali hayvonlarda retseptorlar
yanada takomillashib, tobora ko‗proq maxsuslashib boradi. Evolyutsiya natijasida
erishiladigan ana shu barcha ichki imkoniyatlar atigi birgina instinktiv harakatlarni
keltirib chiqarish uchun foydalanilmaydi, albatta.
Yuksak taraqkiy etgan hayvonlarda, ayniqsa sut emizuvchilarda, xatti-
xarakatning yangi, ancha nafis shakllari birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda.
Bir turga mansub xayvonlarda muvakqat bog‘lanishlarning hosil bo‗lishidagi
individual farqlar instinktning namoyon bo‗lishidagi individual farqlarga
qaraganda ancha sezilarli bo‗lib bormoqda. Bir xil xayvonlarda shartli
bog‘lanishlar nisbatan tez, boshqalarida sekin hosil bo‗lishi mumkin. Soddaroq
hayvonga qaraganda umurtqali xayvonlarda shartli bog‘lanishlar mislsiz kup hosil
bo‗ladi. Xayvon evolyutsion taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko‗tarilgan sari,
xosil bo‗ladigan shartli boglanishlari shuncha murakkabrok va yana ham nafisroq
bo‗lishi mumkin.
Baliqlarda shartli bog‘lanishlar ancha tez hosil bo‗ladi. SHartli bog‘lanishning
hosil bo‗lishi uchun yorug‘lik, rang, narsaning shakli, shuningdek tovush va ta‘m
belgilari signal bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Lenin bu bog‘lanishlar tez
o‗zgarmaydigan bo‗ladi. CHunonchi, cho‗rtanbalihda mayda baliklarni ovlashga
oid shartli refleks osongina hosil bo‗ladi. Lekin bu refleksini susaytirish juda kiyin.
Eksperimentda mayda baliqlar cho‗rtanbaliqdan shisha bilan alohida ajratib
qo‗yilganda yirtkich baliq yangitdan vaktinchalik bog‘lanish xosil kilmagunga
qadar uzok vaqt davomida shishaga urilib turdi, shisha olib qo‗yilgandan keyin esa
yangi borlanish ham o‗z navbatida uzoq vaqt saqlanib turdi. SHundan keyin
cho‗rtanbaliq yonida suzib yurgan mayda baliqlarga umuman ahamiyat bermay
ko‗ydi.
SHunday qilib, shartli bog‘lanishlar ham holatlar o‗zgarganda hayvon xatti-
xarakatini nisbatan kam o‗zgartirishi mumkin.
Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi bosqich — xatti-
xarakatning yangi belgilarini mustaqil xosil qilishga asoslangan nafis individual
xatti-xarakatning yanada murakkabroq shakllarini chiniqtirshidir. Nafis individual
harakat uchun muhitning ayrim xususiyatlarigina (harorat, rang, hid) emas, balki
butun bir konkret vaziyatlar tahlil va sintez qilinishi shart.
Chunonchi, agar tovuqning oldida don sepib, uni turli rama bilan to‗sib qo‗yilsa,
tovuq ushbu to‗rga o‗zini ura boshlaydi. Holbuki, tarakqiyotning yuksak
bosqichida turuvchi qushlar (masalan, qarg‘a, zag‘izgon yoki quzgun) bunday
vaziyatda o‗zlarini boshqacha tutishadi: tur orqasidagi donni olish uchun urinishda
dastlabki muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ular to‗siqni aylanib o‗tib, donni
cho‗kiy boshlashadi.
Birinchi holatda xatti-harakat instinktiv programmaga asosan bo‗lgan bo‗lsa,
ikkinchi xolda xatti-xarakat bevosita vaziyatni tahlil qilish natijasida ro‗y berdi.
Xatti-harakatning ikkinchi tipi ayniqsa sut emizuvchilarda yaqqolroq namoyon
bo‗ladi. Bunday xayvonlar endi butun bir vaziyatlarni idrok etib, tahlil qila
boshlaydi, o‗z xatti-harakatlarini to‗g‘rilab, o‗zgarayotgan shart-sharoitlarga
moslasha boshlaydi. Yuksak tarakqiy eggan hayvonlarda xatti-harakatning
instinktiv shakllari bilan bir katorda o‗zgaruvchan individual shakllari —
malakalar va intellektual xatti-xarakatlar ham mavjud bo‗ladi. Malakalar deganda
hayvonlarning shartli bog‘lanishlariga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda
takrorlanadigan xatti-harakat tushuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga o‗xshab
rivojlanishning nisbatan quyi boskichlarida ham bo‗ladi, lekin anik, ifoda etilgan
malakalar faqat bosh miya qobig‘i bo‗lgan xayvonlardagina namoyon bo‗ladi.
Hayvonlarning malakalari tarkibiga kiradigan harakatlantiruvchi elsmentlar
turning o‗ziga xos tajribasini takrorlaydigan tug‘ma xarakatlardan iborat bo‗lishi
ham, shuningdek tasodifiy xarakat namunalarining takrorlanishi jarayonida
ko‗nikma xosil bo‗lgan harakatlardan iborat bo‗lishi ham mumkin. Quyidagi fakt
birinchi turdagi xarakatlarga misol bo‗la oladi.
O‗rgatuvchi quyonni nog‘ora chalishga osongina o‗rgata oladi. Bu xarakat
turning o‗ziga xos bo‗lgan harakati hisoblanadi: yilning ma‘lum bir paytida barcha
quyonlar o‗rmonda to‗nkalarni, yerda ag‘darilib yotgan daraxtlar va boshqa
narsalarni «chala boshlashadi». Zanjirdagi itning harakat reaktsiyalarini ikkinchi
xildagi harakatlariga misol kilib ko‗rsatish mumkin. Tajriba quyidagi tarzda
o‗tkazildi. It bo‗ynini cho‗zsa xam olmasligini bilgan holda uning oldiga bir parcha
go‗sht tashlashdi. Go‗sht parchasi ipga borlangan bo‗lib, ikkinchi uchini it
panjalari bilan tortishi mumkin edi. It bir necha muvaffaqiyatsiz harakatlardan
so‗ng tasodifan ipning uchidan tortib, go‗shtni egallab olishga erishadi. Bu harakat
eslab holindi va keypnchalik har gal it go‗sht bog‘langan ipni o‗ziga tortadigan
bo‗lib qoldn. Bir gal go‗sht bog‘langan ipning uchiga itning oldingi oyoklari
yetmaydigan kilib tashlandn. It oldingi oyoklari bilan npii tortishga bir necha bor
muvaffaqiyatsiz uringandan keyin orqasiga o‗tirilib, ipni orka oyog‘i bilan tortib
oldn.
Bu fakt hayvonlarda hosil bo‗lgan malakalar o‗zgartirilgan vaziyatda ham
takrorlanishi mumkinligi haqidagi qoidani tasdiqlaydi. Misol qilib ko‗rsatilgan
holatda eksperimentning shart-sharoitlari murakkablashtirilib, it bu yangi vaziyatga
ipga qadar yetishga imkon tug‘dirishi mumkin bo‗lgan malakani oldingi oyog‘idan
orka oyog‘iga ko‗chirish bilan munosabat bildiradi.
SHunday qilib, malakalar bir-biridan jiddiy ravishda farq qilishi mumkin: bir xil
holatda ular avtomatik takrorlanishiga ko‗ra instinktlarga yaqin tursa, boshqa bir
holda intellektual xatti-harakatlarga yaqinlashib ketadi.
Ayrim narsalar o‗rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi
intellektual xatti -harakatlar negizini tashkil etadi. Quyidagi tajriba intellektual
xatti-harakatga misol bo‗la oladi.
Tajriba o‗tkazilgan asbob ikkita bo‗sh naychadan iborat edi. Naychadan
bittasiga qarg‘aning ko‗z o‗ngida ipga bog‘langan xo‗rak—bir parcha go‗sht
joylashtirildi. Qarg‘a xo‗rakning naycha ichiga kiritilganini, ikkinchi naychaga
o‗tadigan joydagi yoriqdan bir lahza paydo bo‗lib, ikkinchi naycha ichiga kirib
ketganini ko‗rdi. Qarga shu zahotiyoq ikkinchi naychaning oxiriga sakrab bordi va
xo‗rakning paydo bo‗lishini kutib turdi. Keltirilgan misol shuni ko‗rsatadiki,
yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o‗rtasidagi munosabatlarni payqash
qobiliyatiga va mazkur vaziyatning natijasini oldindan bilish.
Olimlar yuksak taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon
maymunlarni) alohida o‗ringa qo‗yadilar. Primatlar ko‗plab boshqa sut
emizuvchilardan farqli o‗laroq, faqat ozuqa emas, balki turli xildagi narsalar
vositasida qilingan xiylalarga xam befark karab turishmaydi. Bu xildagi qiziqishni
«qat‘iy» va «beg‘araz» qiziqish (I. P. Pavlov), «tadqiqot impulьsi» (Ya. Yu.
Voytonis) deb atashadi. Maymunlarda bu xildagi faoliyatning faolligi ko‗rish
qobiliyatining yuksak darajada rivojlangani bilan qo‗shilib, ularning idrok etish
doirasini beqiyos kengaytirib, tajribasini behad oshirib yuboradi va malakalarning
xosil qilinishi uchun, xatti-harakatlarning murakkab turlari paydo bo‗lishi uchun
boshqa xayvonlardagiga qaraganda anchagina kuchli negiz yaratadi.
Maymunlar intellekti (aqli) ular bajaradigan vazifalarning faqat murakkabligi
bilan emas, balki ular faoliyatining yo‗naltirilganligi bilan ham belgilanadi.
Maymunlar qo‗liga tushgan narsani soatlab titib o‗tirishi, odamni qafasiga har xil
usullar bilan maxliyo etishi, sudralib ketayotgan qurt-qumursqalarni kuzatishi
mumkin va xokazo. Maimunlar xatti-harakatining bunday xususiyatlariga ega
ekanligi ularning hayot kechirish usuli bilan izohlanadi. Tabiiy sharoitlarda
maymun oziqa izlab, uzluksiz ravishda «tekshirish» faoliyati bilan mashg‘ul
bo‗ladi. Yovvoyi shimpanzelarda «taomlarning» sakson bitta xili mavjud. Ularnikg
yarmisi meva-chevalar bo‗lsa, to‗rtdan bir kismi barglardan iboratdir. Qolgan
qismini don-dun, gullar, poyalar, daraxt po‗stlog‘i tashkil etadi. Shimpanzelar
bulardan tashqari hasharotlar va qurt-kumursqalar bilan oziqlanadi. Onda-sonda
ularning «dasturxonida» kaltakesaklar, mayda kemiruvchilar, ba‘zan esa yirik
hayvonlar ham bo‗lib turadi. Bundan shu narsa tushuniladiki, maymunlarda mo‗ljal
olish-tadqiqotchilik xatti-xarakatining yuksak darajada taraqqiy etganligi, ularning
istalgan ob‘ektlarga karatilgan qiziqishlari aniq shakllangan biologik asosga egadir.
Maimunlar iste‘mol qiladigan mevalarning turli-tuman shaklga va tusga egaligi
ular tomonidan faqat farq qilinadigina emas, balki shartli reflekslar hosil bo‗lishi
natijasida tegishli ta‘m belgilari bilan ham boglanadi. Maymun ovqat izlayotib,
mevalarning iste‘mol kilish mumkin bo‗lganlarini iste‘mol qilib bo‗lmaydiganlari
va zaharlilaridan bexato ajratadi.
Maymunlar ovqatining rang-barangligi ularning analizatorlik qobiliyatini
oshiradi. Maymun shu qadar rang-barang ovqatlana boshlagach, endi oziqaning
qat‘iyan belgilab qo‗yilgan turlariga yoki ovqatlanishning muayyan bir vaziyatiga
ins-tinktiv ravishda munosabat bildirib qola olmaydi. Har gal u xammasini va
atrofdagi hamma narsani tekshirnshi va shu tarzda o‗ziga kerakli
ozikani topishi lozim bo‗ladi.
Maymunlarning bu xildagi xatti-harakatlarnning boshqa xayvonlarga
nisbatan yuksak darajada rivojlanganligi primatlarda qo‗l tipidagi oldingi
oyoqlarning mavjudligi bilan ham belgilanadi. Qo‗li borligi uchun ham
maymunlar atrofdagi narsalar bilan juda ham murakkab munosabatlarga
kirishish imkoniyatiga egadir. Ana shuning uchun ham maymunlarda qolgani
boshqa
hayvonlarda
mavjud
bo‗lmagan
juda
ko‗plab
muvaqqat
bog‘lanishlar (assotsiatsiyalar) hosil bo‗ladi. Faol mo‗ljal olish
tadqiqotchilik xatti-harakati zamirida maymunlarda aks ettirishning
turli-tuman vositalari paydo bo‗ladi. Ma‘lum sharoitlarda maymunlarda
xatti-xarakatning
instiiktiv
shakllari
namoyon
bo‗ladi.
Boshqa
umurtqalilarda bo‗lgani kabi maymunlarda instnnktiv reaktsiyalar oddiy omil
tufayli yuz berishi mumkin. Amerikalik olimlar G, Xarlou, M. Xarlou, S.
Suomilarning tadqiqotlari yangi tug‘ilgan maymun bolasi sun‘iy onaning ayrim
turlarigagina haddan ziyod ixlos qo‗yishi mumkinligini ko‗rsatdi.
Tajriba quyidagi tarzda olib borildi. Makaka maymunyning yangi tug‘ilgan
bolalarini xuddi hakiqiy onasining kattaligida qilib ishlangan sun‘iy ona bilan birga
kafasga solib qo‗yildi. Maymunchalarning biriga metall karkasdan yasalgan «ona»,
ikkinchisiga yog‘och tsilshirdan yasalib, tukli mato bilan o‗ralgan «ona» to‗g‘ri
keldi. Yumshoq onalik maymuncha kup vaqtini uning yonida o‗tkazdi, uni goh
quchoqlar, goh uning ustiga ham chiqib ketardi. U har gal biron xavf tug‘ilsa
onasining himoyasiga qochib borgan. Metall ona tekkan maymuncha esa juda
qiynaldi. Tadqiqotlar shuni ko‗rsagdiki, maymunlarning bolalari sut bergan simli
onadan kura sut bermasa ham matodan yasalgan onani afzal ko‗rishi aniklandi.
Matodan yasalgan onalar maymunchalarda badastirlik hissini — xavfsizlik va
ishonch, hissini uyg‘otadi.
Biroq yuksak taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv xatti-harakati bir
hujayrali tuban hayvonlar instiktidan jiddiy farq qiladi. Yuksak taraqqiy etgan
maymunlar (jumladan, shimpanze)da xatti-harakatning uya qurishdek turma shakli
mavjuddnr. Tabiiy sharoitlarda ular har kuni daraxtlarda shox-shabbalardan uya
qurishadi. Kuzatishlar shuni ko‗rsatdiki, maymunlar uya qurishda materiallarni
tanlash chog‘ida amaliy tahlilea binoan ish ko‗rishadi.
Tadkiqot jarayonida maymunlarning binokorlik «faoliyati» kemiruvchilar
(kalamush)ning uya qurishi bilan taqqoslab ko‗rildi. Qattiqligi turlicha materiallar,
jumladan, daraxt shoxlari va kog‘oz mavjud bo‗lgan xolda shimpanze ham,
kalamushlar ham uyani bir xil tipda, ya‘ni uyaning asosiy qismini qattiq
materiyaldan yasab, ichiga ancha yumshoqroq material to‗shaydi. Agar
shimpanzega va kalamushga faqat yumshoq material berilsa, u holda ikkalasi ham
uyani shu materialdan kurishga kirishadi. Lekin ular tavsiya qilingan materialdan
uyalarini yasab bo‗lganlaridan keyin ularga ancha dag‘alroq material berilsa, u
xolda xayvonlarning reaktsiyalarida darhol sifat farq ko‗rinadi. SHimpanze ancha
dag‘al materialga ega bo‗lganidan keyin shu zahotiyoq uyasini qayta qurishga
kirishadi. Yumshoq materialdan kurilgan inshootni qo‗li bilan bir chekkaga surib
qo‗yadi za ancha dag‘al materialdan uyaning asosini qura boshlaydi. SHundan
keyingina u yumshoq materialdan foydalanadi, uni uyasining ichki yuzalariga
to‗shaydi. Kalamushlar xuddi shunga o‗xshash vaziyatda qurilishni davom
ettiradilar, dag‘al materialni yumshoq material ustidan to‗shay beradilar.
Shunday qilib, uya qurish maymunlarda garchi instinktiv xarakatlar natijasida
amalga oshirilgan bo‗lsa ham, bu harakatlar tashqi shart-sharoitlar xisobga olingan
xolda yuz berdi.
Maymunlarning individual tajribada hosil qilgan xatti-harakatlari o‗ziga xos
xususyyati bilan ajralib turadi. Maymunlarda va ancha tuban hayvonlarda
malakalarning hosil bo‗lnshini kuzatgan tadqiqotchi ba‘zan shunday ajablanadigan
faktga duch kelishi mumkinki, ancha tuban umurtkali hayvonlarda malakalar
maymunlarga qaraganda tezroq paydo bo‗ladi. Bu fakt malaka tezroq hosil
bo‗ladigan hayvonlarga Karaganda maymunlar ancha sodda degan ma‘noni
anglatmaydi. Gai shundaki, maymunlar u yoki bu narsalarni va ularning atrof-
muhitdagi iisbatini sezishga layoqatli bo‗lib, ularga ta‘sir ko‗rsatiщ imkoniyatiga
egadir. Ularning xatti-xarakatlari esa ko‗pincha ushbu kobiliyat bilan belgilanadi.
SHunday ham bo‗ladiki, maymunning «beg‘araz» qiziquvchanligi dikqatini uning
o‗zi eksperimentdan o‗tkazilayotganiga jalb qilishga qo‗ymaydi. Ko‗pincha uni
«problema qutisi»ga yashirib qo‗yilgan xo‗rakdan kura iste‘mol qilib
bo‗lmaydigan narsalar ko‗proq qiziqtirib qoladi. Lekin maymunlarda mustahkam
shartli bog‘lanishlar hosil bo‗layotgan holda ular xuddi boshqa yuksak taraqkiy
etgan hayvonlardagi kabi bir xilda yuz beradi.
Rafaelь ismli shimpanzeda o‗tkazilgan qator tajribalardan bir jihatini ko‗rib
chiqamiz. Qutiga yashirib qo‗yilgan mevalar oldida spirt lampasi yoqib qo‗yilgan.
Rafaelь mevani olish uchun necha bor urinishlaridan birida tasodifan shamchiroq
ustida turgan suvli idishning jo‗mragiga tegib ketdi. Jo‗mrakdan tushgan suv
alangani o‗chirdi. Har qolindi. Yangi vazyyatda suvli idish bir chekkaga qo‗yi
uringanidan so‗ng Rafaelь bu vazifaning ham uddasidan suv to‗ldirib, uni
alangaga qarab sepdi.
Hayvon harakatning o‗zlashtirilgan usuli (malaka)ni yangi vaziyatga ko‗chirdi.
To‗g‘ri, bu xildagi harakat nomaqbul (solatrofida suv bor!) hisoblanadi. Lekin u
biologik jixatdan o‗rinlidir. Omonat ko‗prikchadan harakat qilish maymun uchun
ortiqcha jismoniy qiyinchilik tug‘dirmaydi. SHu boisdan ham eksperimentda sodir
qilingan vaziyat shimpanze uchun hal etilishi aql-idrokning ishga solinishini talab
qiladigan problemali vaziyat bo‗lgani yo‗q. Munosabat bildirishning ancha bir xil
usuli sifatida instinktlar va malakalar hayvon organizmini ortiqcha zo‗riqishdan
saqlaydi. Hayvon tsatorasiga bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka duch kelgandan
keyingina masalani hal qilishning yuksakroq darajadagi usuliga, ya‘ni intellekt
(aql-idrok) bilap ish ko‗rish usuliga murojaat tsiladi. Birok, vujudga kelgan vaziyat
hayvonlar uchun kamdan-kam holda problemaga aylanadi va, binobarin, ancha
yuksak, idrokni ishlatiladigan darajada aks ettirish alohida zarurat sifatida
namoyon bo‗lmaydi. Intellektual xatti-harakat qayvonlarning ko‗pincha yashirin
imkoniyati sifatida qolib ketadi. Rus psixologi N. N. Ladigina-Kots (1889—1963)
ning tajribalarida Paris degan shimpanze ichiga xo‗rak solingan iaychani olishi
bilanoq, naychaning ichiga kiritish uchun yarotush bo‗lgan, ishlatishga qulay
qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli belgilarni — narsalarning shakli,
uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa,
Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarim yulib olar, enli taxtadan
payraxalar ajratib chiqarar, buklangan simlerni to‗g‘rilar, xullas, maymun «qurol
yasar edi.
Dostları ilə paylaş: |