Mavzu: Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir mashqlar ustida ishlash


Mashqlar tizimini tuzish bosqichlari



Yüklə 280,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix15.01.2023
ölçüsü280,52 Kb.
#79294
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .

Mashqlar tizimini tuzish bosqichlari. Ona tilidan u yoki bu mavzuda so’z yasashga doir mashqlar tizimi davlat ta’lim 
standartlari (dastur, ajratilgan o’quv soatlari, mavzu bo’yicha o’rganiladigan bilim, malaka, o’quv materiallarini o’zlashtirish 
darajalari va shu kabilar) talablari asosida tuziladi. Bunda quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi. 
1-bosqich: o’quv materiallarini taxlil qilish bosqichi. Bu bosqichda o’quv dasturida berilgan bilimlar etarlimi, ular darslikda 
qanday aks etgan, ta’limga yangi ahborotlarni olib kirish zaruriyati bormi, o’quv ahborotlarning darslikda berilish tartibi 
ma’qulmi yoki o’quv ahborotlarining tartibini o’zgartirishga extiyoj tug’iladimi, kabi qator savollar hususida o’ylab ko’riladi. 
SHuningdek, bu bosqichda darslikda berilgan mashqlarning o’quv materiallari mazmuniga, ularni o’zlashtirish logikasiga 
mosligi o’rganiladi. 
2-bosqich: o’quv materiallari bo’yicha bilim, malakalarini aniqlash. Masalan, “Undalma” mavzusida mashqlar tizimi 
tuzilganda, undalma xaqidagi bilimlar asosida xosil qilinadigan malakalar xisobga olinadi. “Undalma” mavzusidagi bilimlar 
beshta o’quv elementi o’quv materialining pedagogik jixatidan ishlov berilgan eng kichik birligi bo’lib, ular “Undalma” 
mavzusida quyidagi birliklardan iborat.
1-element-undalmaning ta’rifi (so’zlovchining nutqi qaratilgan shahs yoki narsani bildirgan bo’lak undalma deyiladi).
2-element-sodda va murakkab undalmalar (bir so’zdan iborat undalma-sodda; ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat undalma 
murakkab).
3-element-undalmalarning gapdagi o’rni (gapning boshi, o’rtasi va ohirida kelgan undalmalar).
4-element-undalmalarda tinish belgilari.
5-element-undalmalarni o’qish tehnikasi. 
O’quv elementlarining ko’pligi nuqtai nazardan “Undalma” mavzusi murakkab o’quv materiali sanaladi. 
Ona tiliga oid o’quv materiallari, jumladan, “Undalma” mavzusida xam, o’rganiladigan bilimlar asosida shakllantiriladigan 
malakalar ikki turli bo’ladi: intellektual malakalar-so’zlovchining nutqi qaratilgan shahs yoki narsani bildirgan bo’lakning 
undalma ekanligini faxmlash (1); sodda va murakkab undalmalarni bir–biridan farqlash (2); undalmalarning gap boshi, o’rtasi, 
ohirida kelgan xolatlarini ajrata olish (3); muskul xarakati malakalari-undalmalarni gap tarkibida topib ko’rsatish, o’qish, 
talaffuz etish (1); sodda va murakkab undalmali matnlar tuzish (2); turli pozitsiyalarda (gapning boshi, o’rtasi, ohirida) 
undalmalarda qo’llaniladigan tinish belgilarini to’g’ri ishlatish (3). 

Yüklə 280,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin