1. Xalq og„zaki ijodi deganda nimani tushunasiz?
а) milliy bayramlar;
b) an‘ana va urf-odatlar;
v) ota-bobolarimizning bizga qoldirgan ma‘naviy meroslarni;
d) og‗izdan og‗izga o‗tib kelayotgan ma‘naviy qariyatlar
2. Xalq og„zaki ijodining qanday turlari mavjud ?
a) dostonlar, qo‗shiqlar
b) maqol, topishmoq, tez aytishlar
b) rivoyat va afsonalar
g) barchasi to‗g‗ri
3. Xalqimiz orasidan yetishib chiqqan qahramonlar qatorini belgilang?
a) Alpomish, Go‗ro‗g‗li, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin, Amir Temur
b) Doro, Shiroq, Chingizxon, Shayboniyxon
v) Amir Temur, Chingizxon, Shayboniyxon
g) Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Shayboniyxon
4. “Go„ro„g„li” dostonidagi G„irot qanday hayvon nomi ?
a) sigir
b) it
v) yo‗lbars
g) ot
37
5. Axloqli o„quvchi sifatlari to„g„ri ko„rsatilgan qatorni belgilang?
a) shirinso‗zli, odobli, qo‗pol
b) xushmuomala, adolatli, odobli
v) odobli, chaqimchi, adolatli
g) adolatli, dilozor, odobli
6. O„qituvchingizni nima uchun yaxshi ko„rasiz ?
a) adolatli, mehribonligi uchun
b) bilimli, shirinso‗zligi uchun
v) axloqli, fidoiyligi uchun
v) yuqoridagi barcha sifatlar egasi ekanligi uchun
7. Do„stingizni qaysi fazilatlari sizga yoqadi
a) odobi, shirinso‗zliligi
b) sirlarimni saqlay olishi
v) kiyinishi, kamtarligi
g) yuqoridagi barcha sifatlar egasi
8. Qanday kishilar davrasida o„zingizni noqulay sezasiz ?
a) maqtanchoq, odobsiz
b) axloqsiz, bachkana
v) chaqimchi, maqtanchoq
g) yuqoridagi barcha yomon sifatlar egasi menga yoqmaydi
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari yechgan test natijalarini tahlil qilganimizda,
ularning ba‘zi testlarga umuman noto‗g‗ri javob variantlarini belgilaganlarini
guvohi bo‗ldik: 1, 2, 3, 4-savoldagi testlar shular jumlasidandir. Qolgan testlarga
esa o‗quvchilar to‗g‗ri javob topa olganlar.
Demak, o‗quvchilar axloq, axloqiy sifatlar haqida tasvvurga egalar. Buni
biz albatta ijobiy holat deb baholaymiz. Ammo bizningcha o‗quvchilarni yanada
38
ko‗proq milliy qadriyatlarimiz namunalari, ayniqsa, dostonlar bilan tanishtirish,
shuningdek, 3-4 sinf o‗qish darsliklari mazmuniga ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonini kiritishni
yoki o‗qituvchilarga sinfdan tashqari o‗qishda ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonini tavsiya
etishlarini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: |