Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan
tizimga mamuriy
va tashkiliy jihatdan tasir o’tkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga
erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan mamuriy
hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini boshqaruvning barcha
tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi.
Nima sababdan boshqaruvning mamuriy-farmoyish usullari mamuriy shakllar bilan qo’shib
olib boriladi. Bu ko’p hollarda tashkiliy tasir mamuriy huquqni qo’llash, yani qaror va
farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli»
tushunchasi «mamuriy boshkaruv usuli» tushunchasidan birmuncha kengdir, chunki tashkiliy-
farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli qo’lamda va shaklda
tashkiliy tasir etishni
o’rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni
taminlaydilar, tashkiliy tizim, boshqaruvning har bir bo’g’ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv
apparati intizomi va faoliyati samaradorligini taminlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror,
farmoyishlarni
bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo’yadi va h.k. Boshqaruvning tashkiliy-
farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga tasir etish manbaalari va yo’nalishlari bo’yicha
turlarga ajratiladi. Bunga bog’liq holda tasir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruhga
bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi farmoyish va intizom.
Tasir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullarining asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash
uchun tashkiliy asos yaratishdir, yani, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash,
tartib o’rnatish va h.k. Mamuriy tasirning tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy cheklash va
tashkiliy
meyorlash turi mavjud. Tashkiliy cheklash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan
tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv chegaralarini
aniqlash maqsadida tasir etadi. Tashkiliy cheklashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni
ko’rsatish mumkin. Tashkiliy meyorlash hujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar
sarfini
meyorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish
texnikaviy va
t
exnologik meyorlar (mezonlar, meyorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va h.k.)
ishlab chiqarishni tashkil etish meyorlari (maqbul ishlanma ko’lami).
Tasir etishning
farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko’zda
tutilmagan mavjud
vaziyatdan kelib chiqqan hodda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo’llaniladi. Farmoyish
tasirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo’linma va
xizmatlari barqaror ishlashini taminlab berishdan iborat. Tasir etishning farmoyish usullari buyruq,
farmoyish, ko’rsatma va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Buyruq - bu rahbarning qo’l ostidagi xodimlardan malum vazifani bajarishni yozma yoki
og’zaki ravishda talab qilishdadir.
Buyruq faqat chiziqli boshqaruv tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish xodimlardan
ayrim ishlab chiqarish va xo’jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish
boshliq
o’rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv
amaliyotida qullaniladigan tasir qilish usullaridan biri - og’zaki ko’rsatmadir. Tasir etishning
bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar,
brigada
boshliqlari, ustalar qo’llaydilar.
Farmoyish vositasida tasir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi, buyruq va farmoyishlar
uzoq yoki qisqa muddatga mo’ljallangan bo’ladi.
Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kerakligi
belgilanadi. Tasir etishning farmoyish usuli tashkiliy tasirga nisbatan uning bajarilishini nazorat
qilishni ko’proq talab etadi. İjro ztishning borishi nazorat qilingandan so’ng
yana farmoyish bilan
tasir etishga ehtiyoj tug’iladi. Farmoyish usulining qo’llanish ko’lami boshqaruv kadrlari malakasi,
tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog’liqdir.
Korxonani bosh qarishda farmoyish bilan tasir etish faqat qonunga zid bo’lmagan holdagina
bajarilishi qatiy bo’lgan huquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu sababli barcha tizimdagi tashkiliy-
farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo’ysungan holda amalga oshishi lozim.
İntizomiy tasir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida tasir etish
usullarini to’ddirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar