Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda
ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat
kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga
(Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski
dini»ga) nisbatan monoteistik ta’limotdir. U
behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy
to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini
qoralab, o’troq, osoyishta hayot
kechirishga, mehnatga, dehqonchilik,
chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat
etadi.
Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka
qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida
qo’riq yer ochib, uni bog’u-rog’ga aylantirgan odam
ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar,
ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta
gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv
yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi.
Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha
narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson
o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga
yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari
ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan
arosat joy – misvongatuga tushadi.
Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga
qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim
o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va
barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi.
Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni
buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylik dinida Axura Mazda Oliy ibtido, u hamma mavjudotlarning
yaratuvchisi va boshqaruvchisi, yaxshilik va ezgulik timsoli – Oliy ruh sifatida
namoyon bo’ladi. Zardushtiylikda yana olti ilohiy ruh – quyi tangrilarga ham
sig’inilgan. Zardusht ta’limotiga ko’ra ular bir-biriga singib ketgan, manbaning
ayrim joylarida quyi tangrilar Axura Mazdaning emanatsiyalari (ya’ni o’zidan
nurlantirib chiqargan) deb berilgan. Avestoda quyi tangrilar Amesha Spenta –
“abadiy ruhlar” deb nomlanadilar. «Abadiy ruhlar” dunyo yaratilishining ma’lum
bir pog’onasini boshqarib turgan.
Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha past,
baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning
go’shtlarini qushlar yeb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar
maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi.
Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi.
AMESHA
SPENTA –
ABADIY
RUHLAR
Dostları ilə paylaş: |