O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
“Kompiyutr tarmoqlari”
fanidan
2- Labaratoriya
Fan o‘qituvchisi:Axrorov M.SH
Talaba: Karimov Sanjar
S a m a r q a n d _ 2022
Laboratoriya ishi №2
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini
qurish.
Ishning maqsadi: CPT dasturida ikkinchi sath kommutatori modeli bilan ishlashni
o’rganish. Kommutator asosida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish bo’yicha
bilim
va ko’nikmalarga ega bo’lish.
Nazariy qism.
Kommutator (switch) – bu kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini
(xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq segmentlari chegarasida bog’lash uchun
mo’ljallangan qurilma. Konsentratordan farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni
faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu tarmoqning samaradorligini va xavfsialigini
tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo’ljallanmagan ma’lumotlarni qayta
ishlashini zaruratining oldini olish hisobiga oshiradi. Kommutatorlar OSI
modelining kanal sathida ishlaydi. Kommutator xotirasida
kommutatsiya jadvalini
saqlaydi, jadval kommutatorning portiga mos keladigan qurilma MAC-adresini
ko’rsatadi. Kommutator yoqiganda bu jadval bo’sh bo’ladi va u o’rganish rejimida
ishlaydi. Ushbu rejimda qaysidir portga kelgan ma’lumot kommutatorning qolgan
barcha portlariga yuboriladi. Bunda kommutator kadrni tahlil qiladi va yuboruvchi-
uzel MAC-adresini aniqlab uni jadvalga kiritadi. Keyinchalik, agar
kommutatorning portlaridan biriga kadr yuborilsa va u kadr
MAC-adresi jadvalda
mavjud bo’lgan uzel uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda kadr faqat jadvalda
ko’rsatilgan port orqali yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC-adresi
kommutatorning qaysidir
portiga mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga
yuboriladi. Vaqt o’tishi bilan kommutator o’zining barcha portlari uchun to’liq
jadvalni shakllantiradi va natijada trafik lokalizatsiyalanadi. Laboratoriya
ishini
bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Cisco packet Tracer dasturida LAN tarmog’ini
qurish. Ushbu mashqada sizdan to’rtta shaxsiy kompyuterni kommutator
yordamida birdarajali tarmoqqa
Quyidagi amallarni bajaring: 1. Cisco Packet Tracer dasturini yuklang. 2. Cisco
Packet Tracer ishchi sohasiga tarmoqqa birlashtirish lozim bo’lgan qurilmalarni
joylang: 2.1. Ishchi sohaga PC0, PC1, PC2 va PC3 ShKlarni joylashtiring. 2.2.
Switches guruhini tanlang. Switches guruhidan kommutatorning abstrakt modeli
Switch-PT (Generic) ni tanlang va uni ishchi sohaga joylang. 3. Barcha
kompyuterlarni kommutatorga to’g’ri mis kabel yordamida ulang (1- laboratoriya
ishiga qarang). 4. PC0 kompyuterini sozlang: 192.168.1.1 IP-manzil va
255.255.255.0 niqobni bering. 5. PC1 kompyuterini sozlang: 192.168.1.2 IP-
manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 6. PC2 kompyuterini sozlang:
192.168.1.3 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 7. PC3 kompyuterini
sozlang: 192.168.1.4 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering. 8.
Kommutatorning Ethernet portlari yorug’lik indikatorlarini ifodalovchi barcha
rangli nuqtalar qizil rangdan yashil rangga o’tguniga qadar kuting, bu kommutator
suhbu portlarni ishchi holatga keltirganligini ko’rsatadi. 9. O’ng tomondagi
uskunalar panelidan lupani tanlang va kommutator ustiga olib borib ushbu holatda
bir necha sekund kutib turing. Shundan so’ng ekranda kommutator
portlari holatini
tasvirlovchi kontekst oyna hosil bo’ladi (2.2- rasm) 26 10.Cisco Packet Tracer
dasturini Realtime real vaqt rejimidan Simulation qadamma-qadam modellashtirish
rejimiga o’tkazing. 11.Qadamma-qadam modellashtirish rejimidan foydalanib PC0
kompyuteridan PC2 kompyuteriga oddiy paket yuboring va aksincha. 12.Event
List hodisalar ro’yxatiga qarang. 13.Reset Simulation tugmasini bosing.
14.Modellashtirish tezligini tartibga soluvchi surgichni o’ng tomon oxiriga
o’tkazing. 15.Auto Capture/Play tugmasini bosib
modellashtirishni uzluksiz
rejimga o’tkazing. 16.Senariya maydonidan Delete tugmasini bosib,
modellashtirish senariyalarini tozalang. 17.PC0 kompyuteridan tarmoqqa
qisqa
keng eshittirishli xabar yuboring: 17.1. Murakkab paket yaratish uchun o’ng
tomondagi uskunalar panelidan Add Complex PDU tugmasini bosing, keyin
kursorni PC0 kompyuteri ustiga o’rnating va sichqoncha chap tugmasini bosing.
Natijada ekranda Create Complex PDU muloqot oynasi hosil bo’ladi. 17.2.
Outgoing Port (yuboruvchi port) ro’yxatidan FastEthernet portini ko’rsating. 17.3.
Select Application (ilovani tanlash) ro’yxatidan PING ni ko’rsating. 17.4.
Destination IP Address (qabul qiluvchi manzili) maydoniga 255.255.255.255 keng
eshittirishli manzilni kiriting. 17.5. Source IP Address (manba manzili) maydoniga
PC0 kompyuteri IP-manzili 192.168.1.1 ni kiriting. 17.6. TTL paket hayot vaqti
maydiniga 32 qiymatni kiriting. 17.7. TOS xizmat ko’rsatish turi maydoniga ICMP
protokoli foydalanadigan 0 qiymatni kiriting. 17.8. Sequence Number (ketma-
ketlik raqami) maydoniga 1 qiymatni kiriting. 17.9. Modellashtirish parametrlari
maydonida One Shot (bir marta bajarish) puntini tanlang va Time boshlang’ich
vaqt to’g’risiga 0 qiymatni kiriting. Natijada Create Complex PDU oynasi 2.3-
rasmda ko’rsatilgandek ko’rinishga kelishi kerak. 27 2.2-rasm. Kommutator
portlari holatini ko’rish. 2.3-rasm. Murakkab paket yaratish muloqot oynasi.
17.10.Paket yaratish jarayonini yakunlash uchun oynaning pastki qismidagi Create
PDU tugmasini bosing. 18.Xabar yuborish jarayoni qanday kechishini kuzating:
18.1. Capture/Forward tugmasini bosing va paketning PC0 komputerdan
kommutatorga yuborilish jarayonini kuzating.
Topshiriq variantlari: