O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix24.01.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#80534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ziyotova Rayxona 2 E kurs ishi

1. Metrik rezbalar.
1.1. Silindrik metrik rezba (GOST 8724-81 va GOST 9150-81) rezba
o'zining burchak profili a —60° (profil teng tomonli uchburchak) bilan
xarakterlanadi. Profilning nazariy balandligi H=0,86602 P, ish balandligi
/7=0,54126 ga teng. Amaliyotda ko‘proq diametri 1 mm dan 600 mm
gacha boigan silindrik metrik rezbalar tatbiq etiladi.
Metrik rezbalami shartli belgilashda harfi, nominal diametri d,
mayda yoki yirik qadamliligi, chap yo‘lli rezbalar uchun LH qatnashadi.
Masalan, nominal diametri 24 mm, yirik qadamli metrik rezba - M24
deb belgilanadi. Xuddi shu o‘lchamdagi mayda qadamli (P = l,5) rezba -
M24 x1,5, agar shu o'lchamdagi rezba chap yo‘lli yirik qadamli bo‘lsa - M
241.И, mayda qadamli bo‘lsa - M24 y l,5LH ko‘rinishida belgilanadi.


2.3. Rezbalarning chizmada tasvirlanishi va belgilanishi.
GOST 2.311-68 (ST SEV 284-76)ga muvofiq barcha rezba turlarini
shartli tasvirlash qabul qilingan. Unga ko‘ra sterjendagi rezbaning 
tashqi diametri asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda, ichki diametri esa 
ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Sterjen o‘qiga parallel bo‘lgan 
proyeksiya Ickisligidagi ko'rinishi rezbaning ichki diametrini 
ifodalovchi ingichka tutash chiziq butun rezba uzunligi bo‘yicha 
chiziladi. Sterjen o‘qiga perpendikular tekislikdagi ko‘rinishida esa 
rezbaning ichki diametri aylananing taxminan % qismiga teng 
bo'lgan va istalgan yerida uziladigan yoy bilan chiziladi. Rezbaning 
chegarasini belgilovchi chiziq to‘liq profilli qismi tugagan joydan 
(rezba sbegi boshlanguncha bo‘lgan joygacha) asosiy
yo‘g ‘on tutash chiziqda rezba tashqi diametrigacha chiziladi 
(4.1-rasm, a).
Agar rezba chegarasi ko‘rinmaydigan bo‘lsa, u shtrix chiziqda rezba 
tashqi diametrigacha chiziladi.


Rezbali teshikning ichki diametri asosiy tutash chiziq bilan va tashqi 
diametri ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi. Ingichka tutash 
chiziqlarni teshik o‘qiga parallel bo‘lgan qirqimlarida, rezba tashqi 
diametrining butun uzunligi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ingichka tutash chiziq 
asosiy chiziqdan kamida 0 , 8 mm va ko‘pi bilan rezba qadamiga (7?) 
teng masofada o'tkaziladi. Teshik o‘qiga perpendikulyar tekislikdagi 
tasvirida esa rezbaning tashqi diametri aylananing taxminan % qismiga 
teng bo‘lgan va ixtiyoriy joyda uziladigan yoy bilan o‘tkaziladi 
(4.2-rasm, a). Qirqim va kesimlarda shtrixovkalash chiziqlari 
sterjenlarda rezbaning tashqi diametriga yetkazib chiziladi. Teshiklarda 
esa shtrixovkalash chiziqlari rezbaning ichki diametriga yetkazib 
chiziladi. Agar rezbali teshiklar ko‘rinmas qilib tasvirlansa, undagi 
rezbaning ichki va tashqi diam etrlari bir xil yo‘g‘onlikda shtrix chiziqda 
chiziladi. Rezbalardagi maxsus konstruktiv ahamiyatga ega bo‘lmagan 
faskalar sterjen va teshik o ‘qiga perpendikulyar tekislikda 
tasvirlanmasligi mumkin. Sterjendagi rezbani tasvirlovchi ingichka 
tutash chizig‘i sterjen o‘qiga parallel yo‘nalib, faskaning chegara 
chizig‘ini kesib o‘tishi shart. 
Rezbali berk teshik (uyacha)larning tubi konus shaklida bo‘lib, 
uchidagi burchagi 120° bo‘ladi. Bu burchak uchi konus shaklida 
charxlangan parmadan hosil bo‘ladi. Chizmasiga qarab, teshik chuqurligi 
bilan rezba uzunligi o‘zaro farqlanganida ham 4.4-rasm, a va b 
lardagidek tasvirlanishi mumkin.


Qirqimda rezbali birikmalarni uning o‘qiga parallel tekislikdagi tasvirida 
teshik rezbasining faqat sterjen to‘sib (yopib) qolmagan qismigina tasvirlanadi. 
Qirqimda rezbali birikmalarni uning o‘qiga parallel tekislikdagi tasvirida teshik 
rezbasining faqat sterjen to‘sib (yopib) qolmagan qismigina tusvirlanadi.
Profili standartlashtirilmagan rezbalar chizmada 4.6-rasmdagidek 
tasvirlanadi. Unda rezbaning barcha o‘lchamlari (chizmada o‘lchamlar hurllar 
orqali qo‘yilgan) va «Rezba» so‘zi bilan qo‘shimcha ma’lumotlari hum (rezbaning 
chapaqayligi, kirimlar soni va hokazolar) ko'rsatiladi. 
Rezba sbegi, protochkasi va 
rezbali buyumlarning faskasi.Rezbalaming konstruktiv va texnologik elementlari 
(faska, rezba sbegi, oxirigacha qirqilmagan qism, protochkalar) uchun o‘lcham va 
shakllar aniq o'rnatilgan. GOST 10549-80 (ST SEV 214-75)ga muvofiq standart 
rezbalar uchun bu o‘rnatm alar rezbaning qadamiga bog‘liq. Rezba keskichining 
uchi detaining butun uzunligi bo‘yicha kesib boradi, natijada rezba profilining 
oxirgi qismi kichrayib yo‘q bo‘lib ketadi va shu joydan keskich chiqib ketadi. Ana 
shu rezba profilining kichrayib, yo‘q bo‘lib ketgan qismi rezbaning sbegi deyiladi 
va u chizmada «X» bilan belgilanadi. Ko‘pincha rezba uzunligiga buning «X» 
qismi qo‘shib ko‘rsatiladi. Agar chizmada rezba sbegini ko'rsutish lozim bo‘lsa, u 
rezbaning o‘qiga nisbatan 45° burchak ostida ingichka tutash chiziq bilan 
ko‘rsatiladi. Bundan tashqari rezba sbegidan boshlab detaining tayanch 
yuzasigacha boTgan «а» masofa rezbaning oxirigacha qirqilmagan qismi deyiladi.
Detallarda to‘la profilli rezba hosil qilish uchun uni o‘yishda sbeg qismi o‘m 
ida protochka (ariqcha) o‘yiladi. Natijada rezba qirqilganda keskichning uchi 
rezbani o‘yib borib ariqchaga chiqadi va hosil bo‘lgan rezba to‘la profilli bo‘ladi. 
Ariqchalaming o‘lchamlarini GOST 10549- 80 dan olish mumkin. Detal 
chizmasida protochkalar soddaroq chizildi, ammo unga chiqarish elementi 
qo‘shimcha qilinadi. 


Sbegning o ‘lcham ini rezba qadam iga nisbatan quyidagicha olish 
mumkin: normal sbeg - 2,5*P; qisqa sbeg - l,25x.P. Oxirigacha qirqilmagan 
masofaning o‘lchami quyidagiga teng bo‘ladi: normadagi - 3 *P; qisqasi - 2 x-P; 
uzun - 4 xP. Vint, shpilka va boltlami teshiklarga oson burab kiritish uchun hamda 
rezba o‘ramlariga shikast yetkazmaslik uchun biriktirish detallari uchlariga va 
rezbali teshiklarga maxsus faskalar ishlanadi Ba’zan sterjen uchi shar segmenti 
holatida yakunlanadi. 
Yasash uchun m o‘ljallanm agan faskali detallam ing chizmasini chizishda 
faskaning balandligini rezba diam etriga qarab c=0,15=Faskasi bo‘lgan rezbali detallaming rezba o'qiga perpendikulyar bo'lgan 
tekislikdagi proyeksiyasida faska chizib ko'rsatilmaydi.


Muhandislik amaliyotida maxsus boltlar (tashlama bolt, rim-bolt, poydevor 
boltidan foydalaniladi. Detallarni tezda siqish va bo‘shatishda tashlama boltlardan 
foydalaniladi va ular uch ko‘rinishda tayyorlanadi: yumaloq kallakli bolt, shplintga 
mo‘ljallangan teshikli yumaloq kallakli bolt, kallagi vilkali bolt (5.5-rasm, a, b, с).
Tashlama boltlar В \а С aniqlikda tayyorlanadi В sinf aniqlikdagi,
l-bajarilishdagi, rezbasining diametri 6 mm, joiz o‘lchami maydoni
bg, uzunligi 32 mm, mustahkamligi 6mkm bo‘lgan tashlama boltning
bcl|(ilanishiga misol:
Bolt B.M6-6g Х32.36.С.016 GOST 7798-70.



Buyumning yig‘ish chizmasini o‘qish qoidalari. 
Yig‘ish chizmasini o‘qish deganda chizmaga binoan buyum va uning 
tarkibiga kiruvchi detallaming fazoviy shaklini aniqlash, uni butlash uchun yig‘ish, 
nazorat qilish, detallaming bir-biriga nisbatan o‘zaro bog‘lanishlarini bilish uchun 
zarur bo‘lgan barcha grafik ma’lumotlami aniqlash tushuniladi. Y ig ‘ish 
chizmalarini tuzish va o‘qishda talabalar chizmachilik darslarida olgan barcha 
bilimlarini ishga sola bilishi lozim. Chunki yig‘ish chizmalarida ko‘proq 
oddiylashtirish va shartliliklar qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra yig'ish chizmalarida ba’zi 
o‘yiqlar, chuqurchalar, o ‘simtalar, galtellar, faskalar, zazor kabi ko‘zga kam 
tashlanadigan joylar tasvirlanmasligi mumkin. Boltli, shpilkali, vintli birikmalar 
shartli ravishda oddiylashtirib tasvirlanishi mumkin. Bunda rezba butun sterjen 
bo‘ylab ko‘rsatilib,bolt, gayka faskalari, shpilka uyalaridagi ehtiyojga qaralganda 
rezba va shaybalar tasvirlanmaydi. Standartga muvofiq yig‘ish chizmalarida 
ko‘proq shartlilik va soddalashtirishlar tatbiq qilingan bo‘ lib, ba’zi o‘yiqlar, 
chuqurchalar, chiziqlar, galtellar, faskalar, tirqish kabi ko‘zga kam tashlanadigan 
elementlar shartli tasvirlanmasligi mumkin. Y ig ‘ ish chizmalaridagi detallaming 
ish chizmalarini chizishda unda tatbiq qilingan shartlilik va soddalashtirishlar 
hisobga olinmagan holda, barcha kerakli konstruktiv elementlari toiiq ko‘rsatiladi. 
Y ig ‘ma birlikning yig'ish chizmasidan uning detallarini ajratib chizishda 
quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi.
1. Y ig‘ish chizmasining asosiy yozuvi va spetsifikatsiyasi diqqat bilan 
o‘rganiladi, yig‘ish birligining tuzilishi, ishlash jarayoni va qayerda qo‘llanishi 
to‘g‘risida tasavvur qilishga harakat qilinadi. Y ig‘ish birligi to‘g‘risida qisqacha 
yozma ma’lumot, ish bajarish sxemasi kabi qo‘shimcha ko‘rsatmalarga e’tibor 
beriladi.
2. Spetsifikatsiyasi bo‘yicha buyum qanday original va standart detallardan 
tashkil topganligi diqqat bilan o‘rganiladi.


 3. Detallaming o‘zaro joylashishi va birikishiga 
ahamiyat beriladi. Ishlayotganda detallaming siljishiga, o‘rin 
almashinishiga hamda har bir detalning geometrik shakliga 
e’tibor beriladi. Detallaming tuzilishini o‘rganishda 
qo'shimcha ko'rinishlarga, elementlarining chiqarib 
tasvirlanishiga, qirqim va kesimlarga ahamiyat beriladi. 
Chunki qo‘shimcha ko‘rinish va chiqarib tasvirlashlarda 
detaining asosiy ko‘rinishlarida uning o‘qib bo‘lmaydigan 
tomonlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
5. Y ig‘ma buyumni qismlarga ajratish va yig'ish tartibini 
o'rga chizish tavsiya etiladi. Ajratib chiziladigan detallaming 
geometrik shakllari o‘rganilayotganda ulardagi har bir 
elementning nima uchun mo‘ljallanganligi aniqlanadi. Ba’zi 
bir elementini o‘qish qiyin bo‘lganda ular bilan yonma-yon 
joylashgan detallarga qarab, ular o‘zaro qanday 
joylashganligi qo‘shib o‘rganiladi. 0 ‘rganish davomida 
barcha ko‘rinishlar, qirqim, kesimlar, qirqimdagi joylar 
yuzalarining shtrixlanishiga ahamiyat beriladi. Y ig‘ ish 
chizmalarini o ‘qish paytida standartlarda mxsat etilgan 
shartlilik va soddalashtirishlarga ahamiyat beriladi. Chunki 
ko‘rinish va qirqimlarda hamma narsalar ham 
tasvirlanavermaydi, balki eng kerakli qismi ko‘rsatiladi. 
Qopqoq, chambarak kabi ba’zi,detallar ko‘rinishlarining 
birida boshqa detallarni to‘sib qoladigan boisa, ular 
tasvirlanmagan bo'lishi mumkin.



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin