1-Mavzu. Multimedia texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar
Elektron qo‘llanmalar yaratish uchun foydalaniladigan dasturiy vositalarni tanlashda
foydalanuvchilar bir yechimga kela olishmaydi. Ko‘pchilikni elektron qo‘llanmalar yaratish
uchun standart dasturiy vosita mavjudligi qiziqtiradi. Elektron qo‘llanmalar yaratish uchun
mo‘ljallangan dasturlar turli-tuman bo‘lib, ular bir-biridan interfeysi va elektron
qo‘llanmalarni yaratish vositalari bilan farq qiladi. Elektron darsliklar yaratishda ommaviy
hisoblanadigan vosita va texnologiyalarga to‘xtalamiz.
Multimediy vositalari (multimediya – ko‘pvositalilik) - bu insonga o‘zi uchun tabiiy
muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter
bilan muloqatda bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimediya - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning
ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar),
original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar)
turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan
o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt
disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan
holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli
ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va
audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez
harakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va
video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kiritish-
chiqarish kanallari bo‘yicha almashinuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab
etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida
foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash
yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimediya - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio,
video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv
materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp'yuterni multimediya vositalarisiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Multimediya vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni
tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar
o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada
saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video
va grafika ko‘rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75
% ortadi. Bunga biz multimediya vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir
bor ishonch hosil qildik.
Multimediya vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati
bor;
ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada
ortadi;
ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi;
olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda
amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
O‘z o‘rnida, multimediya vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim ob'yektiv
muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv
materiallarini, qonunlarni va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib kompyuter dasturlarini
ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimediya elementlarini
qo‘llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo‘llashni talab qiladi.
2. Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning eng rivojlanib
borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma'lum bir masofada
joylashgan holda ta'lim berish tizimidir.
Distant uslubi asosida o‘qitish quyidagi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;
- elektron konferensiyalar ;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko‘rsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar.
Avvalombor, distant uslubi asosida o‘qitish, geografik jihatdan uzoqda joylashgan
maktablar va akademik ta'lim uchun mo‘ljallangan edi. Lekin zamonaviy axborbtlar va
telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta'lim-tarbiya jarayonini uzoq
masofadan turib amalga oshirishga yo‘l ochib berdi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga
aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo bo‘lishi,
shubxasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi.
Multimediya uchun zamonaviy CD-ROM texnologiyalar taqdimoti ilk marta 1987 yili
Sietldagi konferensiyada bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audioaxborotli to‘laqonli
multimediyaning paydo bo‘lishi boshlanishi deb hisoblanadi.
Multimediya tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi (Compact
Disk Interactive - interaktiv videodisklar) bo‘ladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-
muruvvatni boshqarish yo‘li bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil
etishga imkon beradi. Bu texnologiyani Philips Electronics firmasi ishlab chiqadi va u Sony,
IBM va Microware firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Mutimediyali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng
zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‗rligidagi
ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‗lchamli grafika tarzidagi dasturiy
ta'minot bo‗lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan
asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda
o‗zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan
tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‗lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish
imkoniyati mavjud bo‗lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni
ko‗rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin.
Multimediyali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti
ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‗tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‗nggi yillar
davomida ko‗plab multimediyali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda:
ensiklopediyalar, o‗rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)- ma'ruza,
doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‗rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar,
qo‗llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Kompyuter va multimediyali
proyektorning paydo bo‗lishi ma‘ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‗rligida sifatli
tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‗zida mujassam qilgan ko‗rgazmali materiallarni
taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining
aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‗zgaruvchan
dinamik turi bo‗lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter
bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma'lumotingizni
boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‗g‗risida savol
tug‗iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‗p qismini ko‗rish (~80%) va eshitish (~15%)
organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan
samarali foydalaniladi). Multimediyali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir
vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya,
video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‗proq jalb qilamiz.
Shundan kelib chiqib, multimediyali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda
taqdim etishga imkon beradi.
Videodan farqli ravishda multimediyali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga
imkon beradi, ya'ni interfaol bo‗lishi mumkin. Multimediyali taqdimot ma'lumotni to‗g‗ridan
to‗g‗ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni
ko‗radi va o‗zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta
mehnat va vaqt talab qilmaydi.
Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediyali taqdimot
bir necha o‗n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho‗ziladigan
audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‗lchamli grafikalarni o‗z ichiga olgan bo‗lishiga
qaramay, ko‗paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzayishini
ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |