Takrorlash uchun savollar 1. Qattiq jismning qanday harakati tekis parallel harakat deyiladi? 2. Tekis parallel harakat tenglamalari qanday? CP BP AP C B A
3. Tekis shaklning ilgarilanma hamda aylanma harakatlari qutb nuqtaning tanlanishiga bog‘liqmi? 4. Tekis shakl harakat tenglamalariga asosan qutb nuqtaning tezligi va burchak tezlanishi qanday aniqlanadi? 5. Tekis shaklning ixtiyoriy nuqtasi tezligi va qutb nuqtasi tezligi orasida qanday bog‘lanish mavjud? 6. Agar AB A
to‘gri chiziq bilan 45 0 ,
esa 15 0 hosil qilsa, tekis shaklning A va B nuqtalaridan qaysinisi kattaroq tezlikka ega bo‘ladi? 7. Tekis shaklning tezliklar oniy markazi nima? Tezliklar oniy markazi turli hollarda qanday aniqlanadi? 8. Agar tekis shakl oniy ilgarilanma harakat qilsa, uning tezliklar oniy markazi qayerda joylashadi? 9. Tekis shakl nuqtalari tezligi, qutb nuqtasiga nisbatan qanday qonun bo‘yicha taqsimlanadi? 10. Qo‘zg‘olmas sirt ustida dumalovchi g‘ildirakning qaysi nuqtasi eng katta tezlikka ega? 11. Tekis shakl nuqtasi tezlanishi qanday aniqlanadi? 12.
ВА n ВА a ва a _
_
tezlanishlar qanday aniqlanadi? 13. Agar tekis shakl oniy ilgarilanma harakat bo‘lib, A nuqta tezlanish AB ga perpendikular yo‘nalgan bo‘lsa, tekis shakl B nuqtasi tezlanishi qanday yo‘nalishga ega? Agar A nuqta tezlanishi nolga teng bo‘lib, B nuqta tezlanishi AB to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalgan bo‘lsa, tekis shaklning burchak tezlanishi qanday bo‘ladi?