Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 266,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix29.01.2023
ölçüsü266,65 Kb.
#81576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mayl kategoriyasi.
Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-
istak, shart ma’nolarini ifodalovchi, so‘zlovchining fe’ldan anglashilgan harakat-
holatga munosabatini bildirgan, ya’ni harakatning ijro qilinish-qilinmasligi,
harakatni bajarishga da’vat etish yoki harakatni bajarish sharti kabilarni bildirgan,
kesimdan anglashilgan voqelikning borliqqa munosabatini ifodalovchi va gap
kesimini shakllantirishda ishtirok etadigan fe’l shakllari tizimiga mayl kategoriyasi
deyiladi. Bunda fe’llar so‘zlovchining harakat-holatga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra
xabar mayli, buyruq-istak mayli, shart mayli kabi turlarga bo‘linadi.
20
■ Xabar mayli. Harakat yoki holatning bajarish-bajarilmasligi, ijro qilinish-
qilinmasligi haqidagi xabar, darakni ifodalovchi fe’l shakli – maxsus ko‘rsatkichga
ega emas, nol shakl bilan ifodalanadi: keldi, bordim, ishlamoqda, yozasan.
■ Buyruq-istak mayli.
Harakat yoki holatning bajarish-bajarilmasligi, ijro
qilinish-qilinmasligi haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildiradi
– -(a)y, -(a)yin, -gin, -(i)ng, -sin, -(a)ylik, -(i)nglar, -sinlar shakllari bilan
ifodalanadi: boray, kelayin, o‘qigin, ishlang, tasavvur qilsin, ko‘raylik, tinglanglar,
buyursinlar.
■ Shart mayli. Boshqa bir harakat yoki holatning bajarish-bajarilmasligi uchun
shart bo‘lgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildiradi – -sa, -sa edi,
-ganda edi, -gan ekan shakli bilan ifodalanadi: gullasa, to‘ldirsa edi, bilganda edi,
kulgan ekan.
Shaxs-son kategoriyasi.
Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning so‘zlovchi,
tinglovchi yoki o‘zgaga tegishli ekanligini bildiradigan, ega
valentligini
muayyanlashtirish orqali gap kesimini shakllantirishda ishtirok etadigan, harakat-
holatni bajaruvchi shaxsni, bushaxsning bitta yoki ko‘p ekanligini fe’lni kesim
20
G‘ulomov A. Fe’l. - Toshkent: Fan, 1954. - 88 b.


24
sifatida shakllantiradigan, ega bilan bog‘lab keladigan shakllar tizimiga shaxs-son
kategoriyasi deyiladi. Shaxs-son kategoriyasi 3ta shaxs va 2ta sonda bo‘ladi:
֎ Ⅰ shaxs qo‘shimchalari: birlik sonda -m, -man; ko‘plik sonda -k,
-miz.
֎ Ⅱ shaxs qo‘shimchalari: birlik sonda -ng, -san; ko‘plik sonda -ngiz, -siz.
֎ Ⅲ shaxs qo‘shimchalari: birlik sonda nol shakl; ko‘plik sonda -lar.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, kesimlik kategoriyasi tasdiq-inkor, modallik, zamon va
shaxs-son kabi nisbatan mustaqil bolgan lisoniy kategoriyalardan hosil bolgan va
tasdiq-inkor, modallik, zamon va shaxs-son ma’no va shakllaridan iborat bolib, gap


25
kesimini shakllantiruvchi mustaqil grammatik (shaklan morfologik, vazifa jihatdan
sintaktik mohiyatli) kategoriyadir. Tushum kelishigi vositasiz toldiruvchi,
qaratqich kelishigi qaratqich aniqlovchining morfologik shakli bo`lganidek,
gapning markazi – kesimning morfologik shakli kesimlik kategoriyasidir.
21
Grammatik kategoriya grammatik shakllarni bir jinsli grammatik ma’no bilan
birlashtiradi. Muayyan tilning bir hil va bir-biriga qarama-qarshi grammatik
shakllari majmui paradigma deyiladi. Masalan, hozirgi rus tilidagi holatning
grammatik kategoriyasi (paradigmasi) nominativ, genitiv va boshqalarning
grammatik ma’nolari bilan oltita shakldan iborat. holatlar; Ingliz tilidagi
holatlarning grammatik kategoriyasi ikkita shaklni o‘z ichiga oladi - nominativ va
egalik (tegishlilik ma’nosi bilan genitiv).
Grammatik maʼno bir qator soʻzlarga yoki sintaktik konstruksiyalarga xos boʻlgan
va muntazam (standart) vositalarda ifodalangan umumlashgan maʼnodir.
Grammatik kategoriyalarga ko‘ra grammatik ma’nolar morfologik va sintaktik
bo‘ladi.

Yüklə 266,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin