121
kuzatamiz.Tekshirilayotgan moddaga natriy dikarbonat qo’shilganda karbonat
angidrid ajralib chiqishi eritma tarkibida korboksil gruppa borligini ko’rsatadi.
3. Karbon kislotalarning erimaydigan tuzlarini hosil qilish.
Karbon kislotalarning mavjudligini aniqlash
uchun suvda ham eriydigan
kumushli,qo’rqoshinli ayrim hollarda bariyli tuzlarni hosil qilishda foydalanish
mumkin.Bu tuzlar karbon kislotalarni natriyli tuzlar eritmasiga kumush,qo’rqoshin
yoki bariy xlorid tuzlari eritmasi qo’shilganda cho’kmaga tushadi.Agar
yuqorida
ko’rsatilgan jarayon spirtli muhitda o’tkazilganda unda namunani suv bilan
suyultirib organik tuzlar bilan cho’kadigan
mineral tuzlarni eritish
mumkin.Tekshirilayotgan moddaning 1 ml ga pH=7-8 bo’lgunga qadar natriy
ishqor eritmasi qo’shiladi.Hosil bo’lgan natriyli tuz eritmasiga kons. kumush nitrat
,bariy xlorid eritmasi kiritilib cho’kma hosil qilinadi.Cho’kma hosil bo’lishi
karbon kislota mavjudligini ko’rsatadi.