29
xo’jaligi korxonalari, transport vositalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, mebel ishlab
chiqaruvchi korxona va boshqalar bilan o’zaro aloqada rivojlanadi. Bu resurs turida
mehnat resurslari va sarmoya resurslari asosiy o’rinni egallaydi.
Turistik axborot resurslari - Sayohat vaqtida yoki unga tayyorgarlik ko’rishda
turistlar
ehtiyojidan kelib chiqib, ularga beriladigan ma’lum hudud, obyekt
to’g’risidagi ma’lumotlar majmuasi turistik axborot resurslari hisoblanadi.
Turizm bozori- Milliy va mintaqaviy turizm bozori birinchidan, jamiyatda
iqtisodiy munosabatlar tizimini xarakterlaydigan iqtisodiy kategoriya;
ikkinchidan
o`zaro ayirboshlash, ya`ni turizm mahsulotini pulga va pulni turistik mahsulotga
aylanishi; uchinchidan, sotuvchi va iste`molchi o`rtasidagi munosabatlarning
iqtisodiy mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi.
Umuman mintaqaviy turizm bozori ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ma`lum
bir qismi bo`lib, turizm xizmatlariga bo`lgan talab va taklif mexanizmidir
.
Turistik mahsulot- turistning sayohati davomida foydalangan tunash,
ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning yig‘indisidir.
Turizmda mahsulot 2 shaklda o‘rtaga chiqadi.
1. Biror davlatda mavjud bo‘lgan barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va turistik
resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti.
2. Iste’molchilarning joy o‘zgartirishlariga va sayohat qilishlariga imkon
beruvchi barcha xizmatlar, ya’ni bir pekij - tur hosil qilgan
turistik xizmatlarning
yig‘indisi.
Turistik xizmatlar- turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va ta'minlashga
qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo`naltirilgan harakatlar to`plami
bo`lib, ular turizm maqsadlariga, xarakteriga va turistik xizmatning qanday
yo`naltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi
bo`lmasligi kerak. Davlat standarti ta'rifiga ko`ra, turistik xizmatlar - turistlarning
ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug`ullanuvchi
turizm tashkilotlarining
faoliyati mahsulidir.
Umuman xizmatlar - bu ko`zga ko`rinmas tovarning o`ziga xos turidir.
Xizmat bеvosita istе'mol jarayonida yuzaga kеladi va alohida holda bo`lmaydi. Bu
xizmatning tovar bilan asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar istе'molchiga olib
kеlib beriladi, turistik xizmatda esa istе'molchi bеvosita xizmatning paydo
bo`ladigan eriga olib boriladi. Shuning uchun ham turistik xizmatlarni ishlab
chiqarish va sotish moddiy tovarlarni sotishga aloqador bo`lgan
qonunlar asosida
emas, balki boshqa qonunlar majmui bilan boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: