94
Frantsiyada agroturizmni davlat tomonidan faol qo'llab-quvvatlashdan
maqsad mamlakatning umumiy maydonining katta qismini egallagan qishloq
joylarida yashash sharoitlarining qulayligini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan.
Mamlakatda qabul qilingan metodologiyaga binoan, aholisi ikki ming kishidan
kam bo'lgan
aholi punktlaridagi, umumiy hududning 80 foizini egallagan dam
olish turlari agroturizm deb hisoblanadi.
Nemis modeli quyidagi shartlar bajarilishiga qaratilgan:
Fermerning uyida yashash;
Fermer yoki dehqonning oilasiga uy ishlarida yordam berish, chorva mollarini
boqishda qatnashish;
Sayohatlar va baliq ovlarini o'tkazish, milliy bayramlar, folklor festivallari va
qishloq yarmarkalarida ishtirok etish.
Germaniyada qishloq turizm mintaqaviy
va federal uyushma va
birlashmalariga tegishli bo'lgan 10 mingga yaqin agroturizm korxonalari faoliyat
yuritadi
62
. Dam olishdan tashqari, ular turli xil xizmatlarni taklif qilishadi: otda
sayr qilish, baliq ovlash,
velosipedda sayohat, ijodiy musobaqalar, kontsertlar,
ekskursiyalar, pikniklar va boshqalar.
Germaniyadagi agroturizm hokimiyatning barcha darajalarida davlat
e'tiborining asosiy ob'yekti hisoblanadi. Ushbu siyosat
iqtisodiy omillarga va
qishloqning madaniy o'ziga xosligini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga
intilishga asoslangan. Ehtimol, shuning uchun Germaniyada, xo’jalik egalari bilan
birgalikda fermada yashash, shu jumladan uy ishlarida yordam berishni o’z ichiga
oluvchi fermerlik turizmi eng keng tarqalgandir. Bundan tashqari, ushbu
sabablarga ko'ra, Germaniyadagi agroturizm ko'pincha
voqea
turizmiga bevosita
qo'shilib ketadi.
Xalq sayllari, yarmarkalar, folklor festivallari va boshqa ko'plab
tadbirlar qishloq dam olishining an'anaviy qismiga aylanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: