QILISH 11.1. Qozog‘istonda turizm industriyasi raqobatbardoshligi Qozog‘iston Respublikasining hududi – 2717300 km
2
, aholisi – 18 mln.dan
ortiq (2012-yil). Dini – islom (47%), pravoslav (44%), protestantlik (2%). Pul birligi
– tenge.
Qozog’iston Markaziy Osiyodagi davlat bo’lib, shimolda Rossiya (chegara
uzunligi – 6846 km), janubda O‘zbekiston (2203 km), Qirg‘iziston (1051 km) va
Turkmaniston (379 km), sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Qozogistonning g’arbiy
qismi Kaspiy dengizi, janubda Orol dengizi bilan tutash. Umumiy chegara uzunligi
– 12012 km.
Mamlakat hududi sharqda Oltoydan G’arbda Volganing quyi qismigacha, shi-
molda G’arbiy Sibir tekisligidan janubda Tyan-Shan togiarigacha cho’zilgan.
G’arbda Kaspiybo‘yi pasttekisligi va Mang’ishloq yarimoroli joylashgan. Shimoli
g’arbda Ural va Mug’ojar tizma tog’larining janubiy tarmoqlari yotibdi.
Mug’ojardan shimoli sharqda To’rg’ay yassitog’ligi, janubda Turon pasttekisligi va
Qizilqum cho’li joylashgan.
Sharqda va janubi sharqda Oltoyning janubiy tizmalari qad ko‘targan. Janubda
Betpak-Dala va Muyunqum cho’llari bor. Asosiy daryolari – Irtish, Ural, Chu,
Sirdaryo. Qozog’iston hududida Balxash ko’li va qisman Orol va Kaspiy dengizi
118
joylashgan. Yerosti boyliklari ko’plab foydali qazilmalarga boy: uran, rux, oltin,
mis, molibden, neft, fosforit, boksit, temir, marganes, qo’rg’oshin.
11.1-jadval “Travel and Tourism Competitiveness Index” ga ko’ra ba’zi MDH mamlakatlarining reytingi Mamlakatlar Global rang Biznes muhit Xavfsizlik Soglik va gigiena Kadr resurslari va mehnat