www.ziyouz.com kutubxonasi
188
Hajr yuz o‘tlosh balo zindonig‘a solmish meni,
Buyla mahbasdin qutulmoq ehtimolin so‘rmagil.
Men o‘lub labtashnayu la’li labing obi hayot,
Bu gado komin berur bo‘lsang, savolin so‘rmag‘il.
Ishq dashti ichra itkondin xabar ma’lum emas,
Ul taraf ovora bo‘lg‘anning maolin so‘rmag‘il.
Vasl ummidi birla yuzlandi Navoiy ko‘yinga,
Qatl qilsang —qilg‘il, ummidi muholin so‘rmag‘il.
368
Sen eding ko‘nglum aro, har nscha chok ettim ko‘ngul,
G‘unchadekkim, har qayon ochildi —zohir bo‘ldi gul.
Ko‘ksi ichra otashin gul g‘unchasining naqshidur,
Bulbuli bedilg‘a go‘yokim emas o‘tlug‘ ko‘ngul.
Bu chamandin yel uchurub gulni, bulbul qolg‘ani
Rost andoqturki qolg‘ay, chunki shu’la o‘chsa, kul.
Qon yutub bir gul g‘amidin o‘lganim yod aylasun,
Gul chog‘i har kimki, bir gulrux elidin ichsa mul.
Oy ila xurshid ato birla apo bo‘lsa sanga,
Qul dodakdin hosil o‘lg‘andek turur mirzo o‘g‘ul.
Sayli ashkimdin o‘targa ojiz o‘lsang keskamen
Bog‘i umrin shoxsorin qilgali omoda pul.
Ey Navoiy, sen ne had birla anga qul bo‘lg‘asen
Kim, beganmas aylamakka Yusufi misriyni qul.
369
Tarki ishqin qilg‘ali jon bo‘ldi jonondin xijil,
Ko‘z ko‘nguldin, bal ko‘ngul ham ko‘nglum olg‘andin xijil.
Novaking yetkach o‘luk jismimga, toptim infiol,
Naqdsiz andoqki topqay o‘zni mehmondin xijil.
Dinu imonimni toroj etti ammo bormen,
Ey musulmonlar, hanuz ul nomusulmondin xijil.
Hajrida ko‘r o‘lmag‘an ko‘zni qizartur qon yoshim.
Ne qizormoqturki, ermas dardi hijrondin xijil.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
189
Ne uchun Farhodu Majnun tog‘u dasht aylar vatan,
Gar emaslar men aloxonu alomondin xijil?!
Do‘st lutfi bo‘lmasa, do‘zax manga yuz qatla hayf,
Buylakim mahsharg‘a kirgum jurmu isyondin xijil.
Kunduz ul ko‘y ichra topilmas Navoiykim, erur,
Kecha tong otquncha chekkan ohu afg‘ondin xijil.
370
Ham jahonoro jamolidin guli ra’no xijil,
Ham guli ra’nosidin «Bog‘i jahonoro» xijil.
Oncha bor ul ko‘y aro rasvolig‘imkim, bo‘lmisham,
Barcha rasvolar aro men telbai rasvo xijil.
Nega itmishlar Masihu Xizr agar qilmaydurur,
Birni ruhafzo labi, birni xati xuzro xijil.
Tig‘ ul qotil surardakim tushar boshim quyi,
Men qilichidin xijilmen, ul emas qat’o xijil.
Demangiz, ollida vasli muddaosin aytkim,
Yo malul o‘lmoq kerak bu muddaodin, yo xijil.
Bo‘ldi ruhullah bu eski dayrdin ulviy xirom,
Ne uchunkim, qon to‘kardin bo‘lmas ul tarso xijil.
Chun Navoiy o‘lmadi sensiz, xijolat ichradur,
Yo‘qsa sihhatdin emas ul bedili shaydo xijil.
371
Kirdi tufroqqa hilol, ochti to‘lun oyg‘a jamol,
O‘n to‘lun oyning qirog‘idin chu olding o‘n hilol.
Su bila sham’ uchini har lahza olding — yorudi,
Shu’lani garchi su birla ravshan etmakdur mahol.
Yelni tez aylabki, o‘tdin su chiqarding — turfadur,
Lek tufrog‘i aning ko‘zlarga berdi iktihol.
Yo‘qdin etting bor har dam yuz Masihi ruhbaxsh,
Lek unsurdin mujarrad barchasi javharmisol.
Turfadurkim, o‘t aro ekting niholu kuymadi,
Turfaroqkim, ochti gul, garchi hadang erdn nihol.
Ko‘z alam to‘lgandakim, ko‘z tutmak o‘lmas juz alam,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |