Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
137
Xil’atinmu qildi ul gulro‘i siyminbar binafsh,
Yo binafsha aylamish gulshannn sar-tosar binafsh.
Arg‘uvongun yuz,
binafsha rang xat jonim olur,
Xil’ati bo‘lsun aning gar arg‘uvoniy gar binafsh.
Yo‘qki, ul sanchar binafsha dastasin dastorg‘a,
Egnida xil’atlarin dog‘i qilur aksar binafsh.
Savsaniy bo‘rkung yopar kechkangni, ey mir’oti husn,
Ko‘zgu yanglig‘kim, o‘chasen qildi ohangar binafsh.
Xayli ruhoniy hamonokim, binafsh aylar libos
Kim, haririn aylar ul huri pariy paykar binafsh.
Burqa’ olg‘ach, kiydi moviy xil’at
uzra savsaniy,
Mehrdin qilg‘an kebi moviyni nilufar binafsh.
Ne binafshadur, ne nofarmon guli, ne savsaniy
To‘nkim, ul kiygali loyiq emastur har binafsh.
Gul kebi jismingg‘a,
ey soqiy, binafsh oyin to‘nung,
Uyladurkim, bodai gulrang uchun sog‘ar binafsh.
Gar Navoiy aqli mabhut o‘lsa, qilmang aybkim,
Hoshiya zarbaft etib, deklay kiyar dilbar binafsh.
267
Meni ishq ichra degan oqilu farzona emish,
Degay ulkim, so‘zin eshitsaki, devona emish.
Yopsa yuz har kecha ko‘nglum qushidin, tong yo‘qkim,
Malak ul sham’i jahontobqa parvona emish.
Qasri ul husn
shahining erur andoq oliy
Ki, falak kungurasi qasrig‘a dandona emish.
Ko‘zlarim andin emish qonu ramad aynidakim,
Durd hamkosa munga, hajr anga hamxona emish.
Zaxmi ko‘p tanda jununluq ko‘ngul oromidin
Telbalar maskani fahm o‘ldiki, vayrona emish.
Jannatu kavsar umidi bila o‘ldung, ey shayx,
Bilki, naqd ushbu fano dayrida mayxona emish.
Zuhd ila eyki Navoiyni o‘karsen, ko‘rduk
Ishi usrukluk emish, hamdami paymona emish.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: