jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining
bu yorug` narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning
fiziologik asoslarini
aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim
ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda
miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga
tortib
oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv
tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan
asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg`atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog`da ta`sir
qilib
turgan boshqa qo`zg`atuvchilardan diqqatning chalg`ishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o`ziga
xarakterli bo`lgan tashqi ifodalari bilan bog`liq bo`ladi. Narsani yaxshilab
idrok qilishga qaratilgan
harakatlar bilan (tiqilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish,
diqqat uchun xos bo`lgan yuz harakatlari bilan bog`liq bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: