tafakkur bo`ladi. Tafakkurning tanqidiyligi o`zgalarning yoki o`zlarining fikrlarini haqiqatga mos bo`lishi
- bo`lmasligi jihatini tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera olishda ifodalanadi. Tafakkurning tezligi
qo`yilgan savollarga juda tezlik bilan javob topa olishida namoyon bo`ladi. Fikrning tezligi maktab
o`quvchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan: ayrim yaxshi o`quvchilarni doskaga chiqarib,
ulardan yangi masalani echish talab qilinganda hayajonlanib, butun sinf oldida o`zlarini yo`qotib
qo`yadilar. Bu salbiy emotsiyalar go`yo ularning tafakkurini tormozlab qo`yadi. Fikr juda sekin va tez -
tez muvaffaqiyatsiz ishlay boshlaydi. Maktab o`quvchilarning tafakkuri hali juda katta va etarli
foydalanilmayotgan zaxira hamda imkoniyatlarga egadir. Psixologiya va pedagogikaning asosiy
vazifalaridan biri ana shu imkoniyatlarni to`la ochish va ular asosida ta`limni yanada samarali, hamda
ijodiy qilishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: