Page 511 faxrlanish, Ona yer qadr qimmati, vatanparvarlik va tabiatparvarlik tuyg’usi, ekologik
qadriyatlarini o’rganish, buyuk allomalarning tabiat haqidagi fikrlari bilan tanishish,
atrof muhit, odob-axloq masalalari keng o’rganilgan. Har bir MTTdagi bolalarning
tabiat haqidagi tushunchalarini tarbiyalashda ish olib borayotgan ijodkor tarbiyachilar
faoliyatlari o`rganish orqali quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Milliy ekologik qadriyatlar mohiyatini bolalarga yetkazish, ularda tabiatga nisbatan
chuqur hurmat qaror toptirish, bola ekologik bilimini shakllantirish yo’lida muhim
vosita bo’lib xizmat qiladi.
2. Bola ekologik bilimini tarkibiy qismlarini ilmiy asoslash: ekologik munosabatlar:
tabiatga qiziqsh, atrof muxit doirasida bola ekologik tasavvuri, idroki, tafakkuri,
savodxonligi, fapolligi hamda bilimdonligini shakllantirish maqsadga mufoviqdir.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoshdagi guruh bolalarida tabiat haqidagi
tushunchalarni shakllantirish, odob, fikr doirasining kengayishi va odamlarga, tabiatga
samimiy munosabatda bo’lish kabi axloqiy xissiyotlarining kamol topishi bilan
bog’liqdir.
Tabiat
haqidagi
tushunchalarni
shakllantirishda
O’rta
Osiyo
mutafakkirlarining asarlaridan, ularning ijodidan namuna sifatida foydalanish bolalarda
ekologik bilimlarni takomillashtirishda ijobiy natijalarga erishish mumkin.
4. Tabiatga muhabbat xissini shakllantirish bolalarda bilimlarni chuqur egallash,
ularning ma’naviyatini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Tabiatga muhabbat hissini shakllantirishda oddiy tabiatga sayr qilish, bolalarga
tabiat go’zalligini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalari shakllantirishni
takomillashtirishda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
- O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning tabiat
haqidagi tushunchalarini shakllantirishni muntazam ravishda takomillashtirish;
- Xalq ta’limi tizimining hamma bosqichlarida ekologik qadriyatlarning asosi
hisoblangan ekologik bilim tarbiyasiga alohida e’tibor berish;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarning psixologik
xususiyatlarini xisobga olgan xolda ekologik tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan
mashg’ulotlar uyushtirish;
- Bolalarning tabiat haqidagi tushunchalarini tarbiyalash faoliyatida mexnatsevarlik
fazilatlarini shakllantirish, ayniqsa, o’zlari tarbiyalanayotgan bog’chalarida mexnat
qilishga o’rgatish;
- O’zbekiston mustaqilligi tufayli umuminsoniy, milliy, ma’naviy, ekologik
qadriyatlardan foydalanish;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta yoshdagi bolalarda o’zbek xalqining milliy urf
odatlaridan foydalanish, tabiat haqidagi bilimlarni tarbiyalashga alog’ida ahamiyat
berish;