Tm-yakuniy-Javoblar


 - savolga - 12 variant - 3 savol javobi



Yüklə 344,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/34
tarix09.02.2023
ölçüsü344,69 Kb.
#83572
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
TM-Yakuniy-Javoblar

3 - savolga - 12 variant - 3 savol javobi
15 - variant
1 - savolga -
Fan va ishlab chiqarish olti muhim yo'nalish bo'yicha bir-biriga ta’sir
ko'rsatmoqda.
Birinchi yo'nalish - kompyuterlashtirish, ya’ni inson faoliyatining
barcha sohalarni kompyuter texnikasi bilan ta’minlash. Kompyuterlashtish
natijasida ko'plab ishlab chiqarish jarayonlarining texnologiyasi tubdan
o'zgartirilmoqda. U ta’lim, sog'liqni saqlash tizimlariga, insonlar turmushiga
tobora chuqurroq va jadalroq kirib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron
uskunalarni ishlab chiqarish sanoatning eng muhim ilmtalab tarmoqlarining


biriga aylandi. Elektron-hisoblash mashinalarini ishlab chiqarish bo'yicha
Yaponiya, Germaniya dunyoda yetakchi mamlakatlardir.
Ikkinchi yo'nalish — kompleks avtomatlashtirish. Mazkur yo`nalish
50-yillarda, EHM larning barpo qilinishi bilan shakllana boshlagan bo'lsa
ham,
uning
gurkirab
rivojlanishi
70-yillarda
mikro
EHM
va
mikroprotsessorlarning
ixtiro
etilishi
bilan
uzviy
bog'langandir.
Robot-texnikaning barpo qilinishi avtomatlashtirilgan korxonalar, ishlab
chiqarish tizimlarining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi.
Robot-texnikaning ham katta miqdori AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya,
Fransiya davlatlariga to'g'ri keladi.
Uchinchi yo'nalish - energetika xo'jaligining qayta qurilishini nazarda
tutib, energiya tejamiga, yoqilg'i-energetika balansini takomillashtirishga,
yangi energiya manbalaridan keng foydalanishga asoslanadi Bu yerda
asosiy muammo atom energetikasini rivojlantirish bilan bog'langan. Hozirgi
vaqtda dunyoda 250 dan ortiq AES lar lshlamoqda. Shularning aksariyat
qismi AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya va Ukrainada
joylashgan. Keyingi 10-15 yil mobaynida yuz bergan fojiali hodisalar AES
larni barpo etish bo'yicha mamlakatlarning dasturlariga salbiy ta’sir
ko'rsatdi, ba’zi bir davlatlar esa umuman AES larni qurishni to'xtatib qo'ydi.
Tо‘rtinсhi yo'nalish - yangi materiallarni ishlab chiqarish. Bugungi
ishlab chiqarish eski konstruksion materiallar - qora va rangli metallarga,
sintetik polimerlarga ilgarigi davrlargj nisbatan ancha yuqori talablar
qo`ymoqda. Natijada yangi kompozitsiyali, yarim o'tkazgichli, sopol
mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi hamda XX asr metallari - berilliy, litiy,
titan, sirkoniy, germaniy, kobaltdan foydalanish kengaydi.
Beshinchi yo'nalish — biotexnologiyaning ildam rivojlanishi bilan
bog'langan. 70-yillarda vujudga kelgan bu yo'nalish hozirda eng istiqbolli
yo'nalishlardan biri hisoblanadi. U AQSH, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va
Fransiyada tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Oltinchi yo'nalish — kosmosni o'zlashtirish.

Yüklə 344,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin