Tm-yakuniy-Javoblar


 - savolga - 16 - variant - 2 savolini javobi bilan bir xil



Yüklə 344,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/34
tarix09.02.2023
ölçüsü344,69 Kb.
#83572
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
TM-Yakuniy-Javoblar

2 - savolga - 16 - variant - 2 savolini javobi bilan bir xil.
3 - savolga -
"Metod" va "metodologiya" tushunchalari. Metod (yunon. metods —
usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi
ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega
— faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda,
san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi. Metodika –
biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari
majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani
sohasida
ma’lum
o’quv
fanini
o’qitish
hamda
tarbiyaviy
ishlar
qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika
metodikasi va shu kabilar. Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish


yoki amalga oshirish tartibi. Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish
yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi. Yo’l
(ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan
harakat turi.
20 - variant -
1 - savolga -
«Kumatoid», «Case studies», «abduksiya» tushunchalari an’anaviy
metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi
mumkin.
Ammo,
aynan
ular
metodologiyaning
hozirgi
rivojlanish
bosqichi ning o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi
tushunchalarni
kiritish
bilan
bog‘liq
ekanligini
ko‘rsatadi.
Mazkur
tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liq.
Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan bifurkatsiya,
«fluktuatsiya», «dissipatsiya», «attraktor» tushunchalarini, shuningdek,
«kumatoid» (yunoncha–to‘lqin) degan innovatsion tushunchani kiritish
mumkin.
Kumatoid – suzayotgan obyektni anglatadi va obyektlarning tizimli
xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek,
yo‘qolishi, parchalanishi mumkin.
«Case studies», ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon
metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda
fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual
subyektlarni, mahalliy guruhiy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish
nazarda tutiladi.
«Abduksiya» fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi
gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va
amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda
beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi.
2 - savolga -
Evristika (yun. peshtzko — izlayman, topaman) — 1) masala
yechishning maxsus usullari (evristik usullar). Masalani aniq matematik
modellarga tayanib va anʼanaviy usullardan foydalanib yechishning aksi.
Evristik usullardan foydalanish masalani yechish vaqtini ancha qisqartiradi.
Bunday usulda olingan yechim eng toʻgʻri yechim hisoblanmaydi, balki


mumkin boʻlgan yechimlardan biri boʻladi. Koʻpincha, E. yordamida
qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmaydi. Baʼzan psixologik va kibernetik
adabiyotda evristik usullarga masalalar yechishning induktiv usullari sifatida
tushuniladi;
3 - savol -
Metodologik tamoyillar yangini bilishga aniq yo‘l ko‘rsatib bera
olmaydi. Bu nuqtai nazardan ular ancha mavhumdir. Ammo, evristik
ta’limotlardan farqli o‘laroq, metodologik tamoyillarni aniq, izchil shaklda
ta’riflab berish mumkin.

Yüklə 344,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin