98
Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi
Reja:
1) Registr haqida ma’lumot
2) Registr turlari
3) Siljituvchi va siljitmaydigan registrlar haqida
4) Intel firmasining protsessorlarida registrlar
5) Flag va boshqarish registrlari
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu
axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib,
yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1
raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb
ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining
razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning
99
bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular
quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish;
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi.
Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida
amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.
Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi:
xotira (siljitmaydigan) registr;
siljituvchi registr.
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.
Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir
necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib
ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish
uchun ham qo‘llaniladi. Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar
ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda
yozilishi mumkin.
Parallel kodlarda;
Ketma – ket kodlarda.
Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga
soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi ko‘rinishida beriladi. Har bir
razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Natijada yozilgan ikkilik son bir
razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda
trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli
trigerga ma’lum vaqt kechikib boradi. Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan
registrdagi ikkilik son (kodli signal) kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamma
razryadlar yozib bulingandan keyin “o‘qish” komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar
orqali parallel kodli shinaga uzatiladi. Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli
shinaga beriladi. “Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi. N
razryad siljitish uchun n marta siljituvchi impuls berish kerak. SHunday qilib bitta registr
yordamida soni parallel kodini ketma – ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni chapga siljitish
uchun kichik razryadli trigerni birlik chiqishini kechiktiruvchi element orqali katta razryadli
trigerni hisobchining kirishiga ulash kerak. Ko‘pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar
ham ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko‘rinishda ishlab
chiqarilmoqda. Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta
turg‘un holatga ega bo‘lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik qarshilikli
kuchaytirgichdan iborat bo‘lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari bog‘lanishi amalga
oshirilgan. Hisoblash texnikasida trigerlar xotira qurilmasi sifatida qo‘llaniladi. Trigger
kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg‘un holidan ikkinchi turg‘un
holatga o‘tadi. Uning bitta turg‘un holati mantiqiy 1 deb, ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi.
Trigerni kirishiga beriladigan har signalga muvofik u o‘z holatini o‘zgartirishi uchun hisobli
kirish rejimi qo‘llanildi. Buning uchun trigerni alohida kirishlari o‘zaro birlashtirib ulanadi.
Trigerlar amalda inersiyasiz bo‘lib 1 sekunda 106 marta qayta-qayta ulanib turishi mumkin.
Trigerlar asosida EHM larni registrlari, hisoblagichlari va jamlagichlari yig‘iladi. Trigerlar
integral mikrosxema asosida ish chiqilmokda. Trigerlar axborotni saqlash usuliga ko‘ra
100
asinxron va sinxron trigerlarga bo‘linadi. Asinxron trigerlarda axborot vaqtning istalgan
momentida kirish signalining o‘zgarishi bilan o‘zgarishi mumkin. Sinxron trigerlarda
ularning chiqishlaridagi axborot vaqtning aniq momentida sinxron signal berilgandagina
o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |