investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks
ettiriladi.
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”hisobvarag‘ida moliyaviy
faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi.
Quyida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning
namunaviy xo‘jalik operatsiyalari bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz:
1)
Royalti bo‘yicha olinadigan summalarni hisobga olish:
D 4850 “Olinadigan royalti”
K 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”.
2)
Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, korxonaga
tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlarni hisobga olish:
D 4840 “Olinadigan dividendlar”
K 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
3)
Berilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha olinadigan foizlarni hisobga olish:
D 4830 “Olinadigan foizlar”
K 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
4)
Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari
paydo bo‘lishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa pul mablag‘larini
hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar,
majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqalar
K 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”.
5)
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi:
D 4830 “Olinadigan foizlar”
K 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”.
6)
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi):
D 5810 “Qimmatli qog‘ozlar”
K 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”.
7)
Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi
hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
D 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”
D 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”
D 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” K 9910
“Yakuniy moliyaviy natija”.
Dostları ilə paylaş: