O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining
4-moddasi
.
65-modda. Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish
Davlat ta’lim
sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga,
shuningdek
investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish
uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy,
tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
66-modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
Ta’lim tashkilotlari o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka ega
bo‘lishi kerak.
Davlat ta’lim muassasalarining operativ boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan
obyektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o‘quv, ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha
turar joy binolarining, klinik bazalar va
boshqa ko‘chmas
mulk obyektlarining, shu jumladan ta’lim kampuslariga kiradigan mulk
obyektlarining) xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan ta’lim
tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk
kreditorlarning talablari
qanoatlantirilgandan so‘ng, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.
(66-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: