II. Asosiy qism (60 min)
1. Kolloid eritmalarda yorug`likning tarqalishi. Tindal-Faradey effekti.
2. Tindal-Faradey effekti animatsiyasini ko`rsatish
3. Ultramikroskop va electron
mikroskop ishlash prinsiplari, rentgenografiya,
elektronografiya metodlari.
4. Ultramikroskop tuzilishini animatsiyasini ko`rsatish.
5. Nefelometriya metodi.
6. Nefelometr tuzilishini animatsiyasini ko`rsatish.
III. Yakuniy qism (10 min)
Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar.
I. Tashkiliy qism
Auditoriyani darsga tayyorlash.
II. Asosiy qism
1. Kolloid eritmalarda yorug`likning tarqalishi. Tindal-Faradey effekti.
Kolloidlarning optik xossalari qatoriga yorug`likning kolloid eritmalarda tarqalishi,
kolloid
eritmalarning rangi, yorug`likning kolloidlarga yutilishi, qutblangan yorug`lik
tekisligining aylanish hamda ultramikroskopik, elektronomikroskopik va rentgenoskopik
xossalar kiradi. Zollarga rangdorlik xossalari xos. Zollarning o`tayotgan yorug`likdagi rangi
ularning
darajasiga, zarrachalarning kimyoviy tabiati va shakliga bog`liq holda o`zgaradi.
Disperslik darajasi yuqori bo`lgan metal zollarining rangi, odatda, qizil va to`q sariq, disperslik
darajasi past bo`lgan metal zollari binafsha va ko`k tusli bo`ladi. Masalan, oltinning disperslik
darajasi yuqori bo`lgan zollari qizil tusli bo`lib, disperslik darajasi past bo`lgan zollari binafsha
va ko`k tuslidir. Metal zollarining o`tayotgan yorug`likdagi rangi yutilgan nurning to`lqin
uzunligiga ham bog`liq. Projector nuri, tuman, tutun havo ranglidir. Osmonning ko`k tusda
bo`lishiga sabab quyosh nurining havo qavatlarida to`lqin uzunligiga qarab turli darajada
tarqalishidir.
Agar jismga tushayotgan yorug`likning to`lkin uzunligi jism
zarrachalariga qaraganda
kichik bo`lsa, yorug`lik geometric optika qonunlariga muvofiq, jismdan qaytadi. Lekin jism
zarrachalarining kattaligi tushayotgan nurning to`lqin uzunligidan ancha kichik (masalan, uning
0,1 qismi qadar) bo`lsa, bu holda sodir bo`ladigan optic hodisalar ichida yorug`likning tarqalishi
asosiy o`rinni tutadi. Shuning uchun kolloid dispers va dag`al sistemalar ko`zga ko`rinadigan
yorug`lik nuri bilan yoritilganda, dispers faza zarrachalari tushayotgan yorug`lik nurlarini
tarqatib yuboradi. Dispers sistemadan intensiv yorug`lik nuri o`tkazib, sistemaga yorug`lik nuri
qo`nalishiga nisbatan biror burchak ostida qaraganimizda, uning ichida yorug` konusni ko`ramiz.
Bu
hodisani avval Faradey, so`ngra Tindal tekshirgan edi. Shuning uchun bu hodisa Tindal-
Faradey effekti deb ataladi.
Tindal-Faradey effektini ko`rish uchun to`rt qirrali shisha idishga (kyuvetaga) dispers
sistema (C) solinadi-da, qora parda oldiga qo`yilib, proektsion fonar (A) bilan yoritiladi (8-
rasm). Bu tajribada yorug` konus hosil bo`ladi, buning sababi shundaki,
kolloid zarrachalarga
tushgan yurug`lik zarrachalar tomonidan tarqatiladi, natijada har qaysi zarracha xuddi yorug`lik
beruvchi nuqtadek bo`lib ko`rinadi. Mayda zarrachalarning yorug`lik tarqatish hodisasi
opalestsensiya deyiladi. chin eritmalarda, toza suyuqliklar aralashmasida yorug`lik nihoyatda
kam tarqaladi va Tindal-Faradey effekti yuz bermaydi. Uni faqat maxsus asboblar yordamida
ko`rish mumkin. ba`zan tashqi ko`rinishiga qarab kolloid eritmani
chin eritmadan ajratib
bo`lmaydi, ayni sistemani kolloid yoki chin eritma ekanligini aniqlashda Tindal-Faradey
effektidan foydalaniladi. Tindal-Faradey effektining intensivligi zolning disperslik darajasi
ortishi bilan kuchayadi, disperslik ma`lum darajaga borganda maksimumga yetadi-da, so`ngra
pasayadi.
Dag`al dispers sistemalarda (ularning zarrachalari yorug`lik to`lqin
uzunligidan katta
bo`lganligi sababli) muhit-zarracha chegarasida yorug`likning tartibsiz qaytishi va betartib
sinishi natijasida yorug`likning sochilishi hodisasi kuzatiladi. Dagal diapers sistemalarda to`lqin
uzunliklari turlicha bo`lgan nurlar bir xilda tarqaladi. Agar sistemaga oq nur tushsa, sistemadan
tarqalgan nur ham oq bo`ladi.
Kolloid zarrachalardan nurning tarqalish hodisasi o`sha nurning to`lqin uzunligiga
bog`liq bo`ladi. Reley qonuniga muvofiq, kolloid sistema orqali yorug`lik o`tayotganida
difraksiya tufayli tarqalgan yorug`likninf intensivligi kolloid zarrachalarning soniga,
zarracha
hajmining kvadratiga mutanosib bo`lib, tushayotgan nur to`lqin uzunligining to`rtinchi
darajasiga nomutanosibdir:
2
2
2
2
1
2
2
2
1
4
2
0
)
2
(
Dostları ilə paylaş: