62
Ikkinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligi boshqa organlar bilan birgalikda
ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqadi. Bunda ijtimoiy
iqtisodiy
holat baholanadi, asosiy maqsadlar aniqlab olinadi, iqtisodiyotning
rivojlanish ssenariylari taklif etiladi va iqtisodiy siyosatni to‘g‘rilash bo‘yicha
ko‘rsatmalar beriladi .
Uchinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan prognoz rejasi ishlab
chiqiladi, maqsadli ko‘rsatkichlar aniqlanadi va boshqa organlarning mulohazalari
inobatga olinib balanslashgan ko‘rsatkichlar belgilab olinadi. Iqtisodiyot vazirligi
Yaim
hamda uning tuzilishi, narx indekslari, umuman, Davlat byudjetini
shakllanishini aks ettiruvchi va asosiy pul kredit siyosatini belgilab beruvchi
ko‘rsatkichlarni hisoblaydi .
To‘rtinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan prognoz
reja Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish
uchun yuboriladi va alohida
parametrlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Prezident hamda Oliy Majlisga ham
yuboriladi. Ushbu bosqichda zarurat bo‘lsa, prognoz rejaga o‘zgartirish kiritiladi .
Dostları ilə paylaş: