B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Iqtisodiy xavfsizlik taminlash – davlat siyosatining muhim tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalombor uning siyosiy-tashkiliy va huquqiy 
asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda konsepsiya ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy (sotsial) degan tushunchada odamlar hayotiy faoliyatining jami 
umumiy, jamoa harakteri ifodalangan. Unda turli birliklar-sinflar, ijtimoiy 
qatlamlar, tabaqalar, millatlar, xalqlar oʼrtasidagi birlashuvga qaratilgan intilishlar 
namoyon boʼladi. Kishining u yoki bu sinfga, ijtimoiy qatlamga boʼlgan aloqasi 
uning jamiyatga tutgan oʼrniga berilgan baxo hisoblanadi.
Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaat-
larini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini, 
kishilarning sixat – salomatligi va bush vaktini oʼz ichiga oladi. Faqatgina ana shu 
sohada iqtisodiy faoliyatning natijalari roʼyobga chikadi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf 
qilishag yo‘naltirilgan siyosatdir. 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy 
yo‟nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning qadrsizlanish darajasiga ortib 
borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam 
oshirib borish hisoblanadi.
Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‟nalishi – ichki iste‗mol 
bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat mollari 
asosiy turlari iste‗molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishida 
muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ulrga yuqori 
boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me‗yorlangan tarzda sotishni 
tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega bo‘ladi. 
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‟nalishi - aholining 
kam ta‗minlangan tabaqalarning ijtimoiy himoyalash va qullab-quvvatlash 
borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazganligi bo‘ldi. Masalan, pensionerlar, 
nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda 


173 
qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib 
borildi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin