2. Zararli moddalar va nurlarni inson organizmiga ta’siri va ulardan
himoyalanish
Ishlab chiqarishdagi ishchi zonalar havosi kо‘p hollarda texnologik
jarayonlarning tabiiy zaharlari bilan ifloslanadi. Pechkalarda, qozonxonalarda va
ichki yonuv dvigatellarida yoqilg‘ilarni yonishi is gazini hosil bо‘lishiga sabab
bо‘ladi.
Masalan, qishloq xо‘jaligida qо‘llaniladigan kо‘pgina zaharli moddalar, maxsus
moddalar hisoblanib о‘simliklarni hosildorligini oshiradi, ularning zarar
kunandalarini esa о‘ldiradi. Ular tarkibiga mineral о‘g‘itlarni va 150 xilga yaqin
zaharli ximikatlarni kiritish mumkin.
Bulardan tashqari neft mahsulotlari, lak, bо‘yoq, kislotalar, ishqorlarning
xavfli bug‘lari, gazlari ham mavjudki, ular ham qishloq. xо‘jaligi va sanoatda keng
qо‘llanilib inson uchun xavfli moddalar ekanini о‘nutmaslik lozim.
Ayrim zaharlar inson organizmiga nafas olish va ovqat qabul qilish
organlari orqali kiradi. Uncha kо‘p bо‘lmagan miqdordagi zaharli moddalarni
(qо‘rg‘oshin, simob) uzoq vaqtli ta’siri uzluksiz kasbiy zaharlanishga olib kelsa,
uning katta miqdori о‘tkir zaharlanishga sabab bо‘ladi. Kо‘pgina zaharli moddalar
haroratining oshishi bilan suyuq holatdan bug‘ va gaz holatga oson о‘tadi va shu
kо‘rinishda nafas olish organlari orqali inson organizmiga kiradi.
Inson о‘pkasining nafas olish yо‘llari orqali bu moddalar havo bilan
birgalikda qonga sо‘riladi va katta qon aylanish sistemasiga о‘tib, boshqa yо‘l bilan
organizmga kirgan shunday moddalarga nisbatan organizmga 20 baravar kuchli
ta’sir etadi. Masalan, benzin xona haroratida 1 m
2
sirtdan 400 g/soat tezlik bilan
bug‘lanadi. Boshqa neft mahsulotlariga nisbatan u organizmni kо‘proq zaharlaydi.
Benzinning konsentratsiyasi 3...4 g/m
3
bо‘lganda, undan nafas olgan kishi 2...3
minutdan sо‘ng yutala boshlaydi, kо‘zidan yosh oqib, yurishda muvozanati buziladi,
30...40 g/m
3
li konsentratsiyasi esa 3...4 nafas olgandan sо‘ng zaharlanishga va
hushni yо‘qotishga olib keladi.
Oltingugurt vodorodi va ammiak yanada xavfli hisoblanadi. Ular chorvachilik
fermalarida va gung saqlanadigan joylarda tо‘planadi. Ba’zan ularning
konsentratsiyasi shunchalik yuqori bо‘ladiki, gung tо‘plash joylariga tushib, bir-
ikki nafas olish bilan kishi hushini yо‘qotadi.
Ayrim zaharlarli moddalar gazi va bug‘ining konsentratsiyasi portlashi mumkinligi
bilan xavflidir. Masalan, 16...27% ammiak konsentratsiyasi va 0,76...5,03 % benzin
konsentratsiyasi portlaydi.
Shunday qilib ishchilarning zaharlanishini, yong‘in chiqishini va portlashni
oldini olish uchun ishchi zonalar havosidagi zararli moddalar konsentratsiyasini
nazorat qilib turish kerak bо‘ladi. Buning uchun laboratoriya va ekspress usullardan
foydalaniladi.
Laboratoriya usulida ish joyidan olingan iflos havoning kimyoviy tarkibi
laboratoriyada mukammal tekshiriladi. Ekspress usulda havodagi zararli modda
konsentratsiyasi bevosita ish joyida tekshiriladigan havoni indiqator quvuridan
о‘tkazish orqali tekshiriladi. Bu ish UG-2 (8.2-racm) yoki GX-2 gaz tahlil qilgichi
yordamida amalga oshiriladi. Havodagi zararli gaz yoki bug‘ning konsentratsiyasi
aniqlangandan sо‘ng, u standart bо‘yicha zararli moddalarning havodagi
ruxsat etilgan konsentratsiyasi bilan taqqoslanadi.
Bu ish agar zararli moddaning havodagi konsentratsiyasi ruxsat etilgan
normadan ortiq bо‘lsa, ishchi zona havosini tozalash bо‘yicha tadbirlar о‘tkaziladi.
Ishlovchilarni gaz, bug‘ holatidagi yoki qattiq zararli moddalardan
4.2.-rasm. UG-2 gaz tahlil qilgichi: 1-korpus; 2-s’rish quviri; 3-indikator
quviri; 4-filtirlovchi patron; 5-silfon quvuri; 6-ampulali yashik.
himoyalashning eng samarali usuli, zararli ish va texnologik jarayonlarni kompleks
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish hisoblanadi.
Zararli moddalar inson organizmini jarohatlashi, kasb kasalliklarini keltirib
chiqarishi va boshqa kо‘ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin.
Organizmga kirib unda har xil buzilishlar, xastaliklar keltirib chiqaradigan
kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zaharlari hisoblanadi. Ular gazlar, bug‘lar,
changlar kо‘rinishida bо‘ladi. Sanoat zaharlari organik bо‘lmagan (galogenlar -
xlor, brom va boshqalar; oltingugurt birikmalari - oltingugurt vodorod,
oltingugurtli gaz va boshqalar; azot birikmasi - ammiak, azot oksidlari va
boshqalar; fosfor va uning birikmalari - fosforli vodorod va boshqalar) va organik
(benzol, spirtlar, oddiy efirlar) zaharlarga bо‘linadi.
Biologik zararli omillar organizmga har xil ta’sir kо‘rsatadi. Bularga
ularning allergiya, bosh aylanishi, kо‘ngil aynishi, organizmni qizishi va boshqa
ta’sir kо‘rinishlarni misol qilib keltirish mumkin.
Yuqorida qayd qilingan omillar ta’sirini profilaktikasiga ishchi xona havosi
tarkibidagi mikroorganizmlar miqdorini kamaytirish, dezinfeksiyani qо‘llash,
bakteriyaga qarshi lampalardan foydalanish; shamollatish sistemalari, kabinalar va
uskunalarni germitizatsiyasini yaxshilash, bilan havodagi organik changlarni
miqdorini kamaytirish, maxsus kiyimlardan foydalanish va meditsina nazorati
kiradi.
Bundan tashqari organizmga boshqa omillar ham zararli ta’sir etadi. Bular
jumlasiga kislotalar, ishqorlar, yonilg‘i moylash materiallari va boshqalar kiradi.
Masalan, benzin teriga ta’sir etib uni yallig‘lantirishi, surunkali ekzemalarga sabab
bо‘lishi mumkin. Yog‘lash materiallari ta’sirida ham terida ekzema va shunga
о‘xshash asoratlar paydo bо‘lishi mumkin.
Benzin va moylash materiallari bug‘idan zaharlanganda bosh og‘rishi,
kuchsizlanish, kо‘ngil aynishi, yurak urishini tezlashishi, bosh aylanishi kabi
о‘zgarishlar kuzatiladi. Benzin va yog‘lash materiallari portlashi mumkinligi bilan
ham xavflidir. Ular bilan ishlaganda gazga qarshi niqoblar, maxsus kiyimlardan
foydalanish tavsiya etiladi. Qо‘l terisini biologik qо‘lqoplar bilan himoya qilinishi
tavsiya etiladi.
Qurilish uchun ishlab chiqarish obyektlari maydoni qator sanitar talablarni
hisobga olgan holda tanlanadi. Bularga ichimlik suv manbalarini mavjudligi,
botqoqliklarni yо‘qligi va boshqalar kiradi. Korxona hududida binolar va
inshootlar, ularni tabiiy yoritish va shamollatish maqsadida yorug‘lik va shamol
yо‘nalishiga nisbatan qaratib quriladi.
Ishlab chiqarish qurilishlari atrofida aholi yashaydigan uylar shamol
esadigan tomondan quriladi. Buning sababi ishlab chiqarish korxonasidan
kо‘tarilayotgan tutun, chang, shovqin va boshqalarni ta’sirini kamaytirish
hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalari yoki qurilmalari va aholi yashaydigan
rayon о‘rtasida zararli chiqindilar xarakteriga va miqdoriga bog‘liq, ravishda 500-
1000 m kenglikda sanitar himoya zonasi tashkil etiladi.
Ishlab chiqarish xonasida ishlayotgan har bir ishlovchiga 15 m
3
dan kam
bо‘lmagan maydon tо‘g‘ri kelishi kerak. Uning poldan shiftgacha balandligi esa
3,2 m dan kam bо‘lmasligi kerak. Ishlab chiqarishda shovqinli yoki zararli
moddalar ajralib turadigan jarayonlarni alohida xonada joylashtirish kerak. Ish
joyidagi pollar tekis va sirpanchiq bо‘lmasligi kerak. Agar pollar sovuq, bо‘lsa ish
joylarida gilam yoki yog‘och panjara tо‘shalishi kerak. Yelvizakni oldini olish
uchun tashqi eshiklarda tanbur о‘rnatilishi kerak hamda ularning eshiklarini о‘zi
yopiladigan qilish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Ishlab chiqarish uskunalari,
verstaklar ish joylarida shunday joylashtirilishi kerakki, ish joylari orasida 1 metr
kenglikdagi о‘tish joyi qolishi kerak.
Sanitar-maishiy xona - bu shaxsiy va maxsus kiyimlar uchun shkafli
yechinadigan, yuvinadigan va ovqat yeydigan xona hisoblanadi. Bundan tashqari
300 dan ortiq ishlovchilar ishlaydigan korxonalarda feldsherlik-sog‘lomlashtirish
punkti bо‘lishi kerak. Agar bir smenada korxonada 15 yoki undan ortiq, xotin-
qizlar ishlasa ular uchun shaxsiy gigiyena xonasi ham bо‘lishi kerak.
Ishlab chiqarishda nurlanishlarning quyidagi turlari tarqalgan: infraqizil,
ultrabinafsha, elektromagnit va radioaktiv. Infraqizil nurlarning ta’sir joylari issiq
sexlar, ultrabinafsha nurlarning manbai quyosh, simob-kvars lampalari,
elektropayvand yoylari, elektromagnit nurlarining manbai esa radio tо‘lqinlar,
elektr uzatish tarmoqlari va har xil yuqori generatorlardir.
Sо‘nggi yillarda qishloq xо‘jalik fani va amaliyotida sun’iy radioaktiv
moddalar keng tarqalmoqda. Ulardan urug‘larni, о‘simliklarni, oziq-ovqat
mahsulotlarini nurlashda, tuproq unumdorligini baholashda, о‘g‘itlarning
samaradorligini, mikroelementlarning rolini, detallarni ta’mirlash sifati va
yoyilishiga chidamliligini baholashda foydalaniladi.
Infraqizil nurlar organizmni qizishga, ultrabinafsha nurlanish esa teri osti
tо‘qimalarida biologik о‘zgarishlarga olib keladi.
Eng xavfli nurlanish ultrayuqori chastotali (UYUCH) elektromagnitli va
generatorlardagi juda yuqori chastotali (JYUCH) nurlanishlar hisoblanadi va ular
radiolakatorlarda, yadroviy fizikada, televideniyalarda, meditsinada, metallarga
termik ishlov berishlarda keng foydalaniladi. Yuqori va ultrayuqori chastotalar
maydonlarining ishchi xonalardagi manbalari energiyalarni uzatish tarmoqlari,
induksion katushka, kondensatorlar va tebranuvchi konturlarni ekranlashtirilmagan
elementlari bо‘lishi mumkin.
4.1.-jadval
Dostları ilə paylaş: |