Mavzu: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#84123
  1   2
Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari



1
Mavzu: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari.
Reja:
KIRISH
1. Bozor Iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini boshqarish.
2. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlar sabablari.
3. Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


2
KIRISH
Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustakil xo’jalik yurituvchi subekt
bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mexnat jamoasi tomonidan maxsulot ishlab
chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi.
Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farklanadi:
- fukarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona;
- jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari,
shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari,
ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi;
- davlat mulkiga asoslangan korxona.
SHuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta‘sischilar uyushmasiga asoslangan
ko’shma korxona xam tashkil etiladi. Ko’shma korxona ta‘sischilari jumlasiga chet
ellik yuridik shaxslar va fukarolar xam krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va
ishlovchilar soniga boglik xolda korxonalar yirik, o’rta va kichiq bo’lishi mumkin.
Kichiq korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari
konun tomonidan belgilab ko’yiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara
korxonalari xam mavjud. Korxonalar ko’ngilli asosda uyushma, xo’jalik
assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu
birlashmalar zimmasiga ba‘zi ishlab chiqarish, x°jalik vazifalarini markazlashgan
xolda bajarish topshiriladi.
Korxonalar xalk xo’jaligining sanoat, kishlok xo’jaligi, kurilish, transport,
aloka, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta‘minot, xizmat ko’rsatish
va boshqa tarmoklarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaktning o’zida bir necha xil
faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish
faoliyatlari bilan shugullanishlari mumkin.
Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yukori iste‘mol sifatlariga
ega bo’lgan maxsulotlar bilan kam sarf qilib ta‘minlanishi, buning asosida butun
jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta‘minlashga erishishdir. Bu
vazifani amalga oshirish yo’lida korxona kuyidagilarga erishishi lozim:
- ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni xar tomonlama


3
jadallashtirish, fan-texnikani tarakkiy ettirish, mexnat unumdorligini oshirish,
resurslarni tejash, foydani ko’paytirish;
- jamoani ijtimoiy jixatdan rivojlantirish, ijtimoiy soxaning zamonaviy
moddiy asosini shakllantirish, yukori unumdor mexnat uchun imkoniyatlar yaratish,
mexnatga karab taksimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muxitni ximoya qilish
va yaxshilash;
- mexnat jamoasining o’z-o’zini boshqarish, xar bir ishlovchini davlat, jamoa,
xususiy mulkdan xakikiy mulkdor sifatida foydalanishga kiziqtirish, shuningdek,
ularda jamoa va davlat ishlariga kizikish uyg
ʼotish.
1.Bozor Iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini boshqarish.
Yangi ta‘sis etilgan korxona yuridik shaxs xisoblanadi, o’z shaxobchasini
ochish, shuningdek joriy xisob rakamiga ega bo’lgan boshqa tashqiliy birliklar
ta‘sis etish huquqiga ega bo’ladi.
Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish
masalasi maxalliy
xokimiyatlar bilan belgilangan tartibda xal etiladi. Korxona o’z ta‘sischisi
tomonidan tasdiklangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona nizomida
korxona nomi, manzili, faoliyat maksadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari,
ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taksimlash
tartibi, korxonani kayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish, shartlari ko’rsatiladi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan boglik, konunga zid bo’lmagan
boshqa koidalar xam ko’rsatilishi mumkin.
Korxona mulki, bu – uning asosiy aylanma fondlari xamda kiymati
korxonaning mustakil balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki
nizomga muvofik unga to’lik mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli
bo’ladi. Ta‘sischilarning pul va moddiy badallari, maxsulot sotish va xizmat
ko’rsatish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va
boshqa kreditorlar karzlari; byudjetdan kapital ko’yilma va dotatsiyalar, tashkilot
va fukarolarning beғaraz va xomiylik badallari, konun tomonidan takiklanmagan
boshqalar korxona mulki manbasi bo’lib xizmat kiladi.


4
Korxona konunchilikka muvofik xolda yer, suv, yer osti, o’rmon va boshqa
tabiiy resurslarni kuriklash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me‘yorlari va
talablariga o’z faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega.
Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mexnat
jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maksadida ko’shimcha mablaglarni jalb qilish
uchun kimmatli kogozlar chiqarish huquqiga ega.
Davlat korxona mulkiy huquqlarini ximoya qilishni kafolatlaydi. Davlat
tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini fakat
konunda ko’rsatilgan xollardagina tortib olinishi mumkin.
Korxonaning mulkiy huquqiga fukarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari
tomonidan keltirilgan zarar sud qarori bilan kaytariladi.
Davlat mulk ko’mitasi va uning raxbarligida tuzilgan joylardagi mulk
ko’mitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul kiladi va bu
jarayonni tartibga soladi.
Korxona xo’jalik mexanizmi - bu xo’jalik yuritishning tamoyil, usul va
shakllari ko’lami bo’lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mexnat
jamoasini boshqarish, mexnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan
ishlab chiqarish asosiy vositalari o’rtasida aloka va o’zaro ta‘sir amalga oshiriladi.
Bu murakkab tashqiliy – iqtisodiy tizim bo’lib, rejalashtirish xo’jalik hisobi,
moddiy texnika ta‘minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona kadrlar va
ularning korxonaning boshqarishdagi katnashuvi, fan-texnika tarakkiyoti va
maxsulot sifatini oshirish, mexnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mexnatni va
unga xak to’lashni tashkil etish, kredit va xisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va
atrof-muxitni ximoya qilish, xisob, xisobot, nazorat, korxonaning yukori
tashkilotlar va maxalliy xokimiyatlar bilan munosabatlar, tashki iqtisodiy
alokalarni kamrab oladi. Mexnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va
yo’llarini baxolash uchun mos me‘yor va ko’rsatkichlar, korxona ishini tartibga
solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me‘yorlar vositasida amalga oshiriladi.
2.Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlar sabablari.


5
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri
uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun
davriy rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.Ishlab chiqarish, bandlilik va
inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (tsikl)lar deyiladi. Ayrim
iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq
qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil
topadi.Iqtisodiy davrlar to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich
iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u
«cho’qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish
to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning narx darajasining
o’sish holati kuzatiladi. Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda
ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi
pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi
sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng
quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri boshlanadi.Ko’tarilish bosqichida ishlab
chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq
foydalanish va to’liq bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega
bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi.
Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki
iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy
tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko’rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va
texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha
fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida
iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi.
Masalan, avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya,
yo’l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Yangi
texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari
foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik
yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab


6
bo’ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy
vaziyatlarga bog’lashadi.Bu jarayonni monetar siyosatga bog’laydigan olimlar ham
mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko’p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik
kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqarish
ko’lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi.Xullas,
iqtisodiy bosqichlarni narxlashga turli xil yondashuvlar mavjud.Ammo barcha
iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha
aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar.
Chunki, korxonalar o’z tovar va xizmatlarini ularga talab bo’lsagina ishlab
chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo’lmasa, korxonalarda tovar va
xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O’z navbatida, ishlab
chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo’ladi.
Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, ishlab chiqarishning o’sishi katta
foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi
ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni
o’rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar
makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
3.Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablari.
Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablaridan biri bu ishsizlik
hisoblanadi. Ishsizlik – bu mehnatga yaroqli aholini ish bilan band bo’lmaslik
holatini aks ettiruvchi jarayon bo’lib, uning friktsion, strukturaviy, davriy
ko’rinishlari mavjud. Friktsion ishsizlik – bu ihtiyoriy ishsizlik bo’lib, bir ishdan
boshqa ishga o’tish, yashash joyini o’zgartirish va boshqa shu kabi holatlar bilan
bog’liq. Ishsizlikning bu turi doimiydir.
Strukturaviy ishsizlik majburiy ishsizlik turi bo’lib, ishlab chiqarish
jarayonida kasbiy mahoratning mos kelmasligiga va boshqa shu kabi sabablarga
ko’ra ishchilarni qisqartirish hisobiga yuzaga keladi. Bu ishsizlik turi ham


7
doimiydir.
Friktsion va strukturaviy ishsizlik darajalari birgalikda ishsizlikning tabiiy
darajasini ifodalaydi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu shunday holatki, unda
ishsizlar soni bilan bo’sh ishchi o’rinlari bir-biriga mos keladi. Ishsizlikning to’liq
yoki tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish
izlovchilar soni bo’sh ish o’rinlari soniga teng bo’lganda vujudga keladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi kandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul
hisoblanadi. Chunki «friktsion» ishsizlarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish,
«tarkibiy» ishsizlarga ham yangi kasbni o’zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish
topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi.
«Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni
talab qiladi.
Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida
amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga
chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq,
ayrim hollarda undan past ham bo’lishi mumkin. (Ish vaqtidan ortiqcha ishlash va
o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida).
Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o’z - o’zicha doimiy miqdor
hisoblanishi shart emas, u tartibdagi o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf -
odatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, 60 - yillarda
friktsion va tarkibiy ishsizlarning muqarrar darajasi ishchi kuchining 4% ni tashkil
qildi deb hisoblangan. Boshqacha aytganda, ishchi kuchining 96% band bo’lganda
to’liq bandlilikga erishilishi tan olingan. Hozirgi davrda iqtisodchilar ishsizlikning
tabiiy darajasi taxminan 5 - 6% ga teng deb hisoblaydilar.
Davriy ishsizlik bu iqtisodiyotda pasayish bo’layotgan davrda mavjud bo’lib,
bunda ishchi kuchiga talab bo’lsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila
olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin bo’lgan ma’lum bir
mahsulotdan voz kechiladi.
Barcha ishsizlik ko’rinishlarining darajalari birgalikda ishsizlikning haqiqiy
darajasini ifodalaydi.


8
Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida
hisoblanadi.
Ishsizlar soni
Ishsizlik darajasi =
* 100%
Ishchi kuchi
Ishchi kuchiga ishlay oladigan va ishlashni hohlagan barcha kishilar kiradi.
Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo’ladi. Boshqacha
aytganda, band bo’lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish
bilan band bo’lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqida tegishli xizmat
muassasalariga (mehnat birjalariga) murojaat qilgan kishilar kiradi. Mehnat
qilishga layoqatli bo’lib, ishlashni hohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar
ishsizlar tarkibiga kirmaydi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini
ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida
saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM uzilishi
shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy
YaIM dan katta bo’ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz
iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu
qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar haqiqiy
ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy
iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli
darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi
kunda β koeffitsisnti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2,5 foizdan 3,5 foiz
oralig’ida deb hisoblanadi. Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash
mumkin:
U – U* = - 2.5 – 3 (U – U*)
Bu erda
U – real YaIM , U*- potentsial YaIM, U – ishsizlikning haqiqiy
darajasi, U* - ishsizlikning potentsial darajasi, -2,5 -3 koeffitsient


9
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat
odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat
bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni
ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan
va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik
masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bandlik darajasi quyidagicha
aniqlanadi :
16 va undan katta yoshdagi band aholi soni Bandlik
darajasi
=
16 va undan katta yoshdagi aholi soni
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha
odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun
dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga
keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda
ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi
masalalarni ham o’z ichiga oladi.
2013 yil davomida ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash
bo’yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida qariyb 970 ming
kishi ish bilan ta’minlandi.
Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko’rsatish va servis
sohasini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ushbu sohalarda 480
mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod yangi
ish o’rinlari yaratildi.
Respublika iqtisodiy taraqqiyotining barqarorligi, o’sib borayotgan moliyaviy
imkoniyat va zaxiralar aholining ish haqi va daromadlarini bosqichma-bosqich
oshirish imkonini berdi. 2013 yilda respublikamizda aholining real daromadlari
16,0 foizga, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8
foizga ko’paydi.
Bandlik darajasi hamda aholi daromadlarining bunday o’sishi, o’z navbatida,
aholi turmush darajasining va ijtimoiy farovonligining barqaror ravishda oshib


10
borishini ta’minlamoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda Raqobat kurashi iqtisodiy faoliyatning barcha
sohalari: ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste`molda mavjud bo`lib, har qanday
kurashda bo`lgani kabi bu erda ham kuchlilar engib chiqadi va kuchsizlar
engilaveradi. Kurash maydoniga yangi-yangi xo`jalik sub`ektlari kirib kelaveradi.
Raqobatning iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishga, jamiyat taraqqiyotini
tezlashtirishga bo`lgan ijobiy ta`siri mana shunda namoyon bo`ladi. Shunday qilib,
raqobatni bozor iqtisodiyotining tabiatiga mos tushuvchi tamoyil, deb aytish
mumkin.
Biroq ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga
qarama-qarshi turuvchi, uning tabiatiga zid bo`lgan yakka hukmronlik
(monopoliya) omili mavjuddir. Monopoliya deganda, iqtisodiy faoliyatning biron-
bir turi bilan shug`ullanish huquqi yoki imkoniyatini ayrim xo`jalik sub`ektiga
berish tushuniladi. Monopoliyaning o`rnatilishi bozor munosabatlarining samarali
amal qilishiga putur etkazadi, raqobatning iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta`sirini
susaytiradi. Monopoliya o`z tabiatiga ko`ra ishlab chiqarishda turg`unlikning kelib
chiqishiga sabab bo`ladi, hukmron mavqeiga tayanib, xarajatlarni kamaytirmagan
holda foyda ko`rishi va bozorda o`z hukmronligini o`tkazishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan sabablarga ko`ra bozor iqtisodiyoti monopoliya bilan
chiqisha
olmaydi.
Shuning
uchun
bozor
munosabatlariga
asoslangan
mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat davlat iqtisodiy siyosatining muhim
yo`nalishi hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin