Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
deyishdi. Eshityapsanmi? Yur, endi ketdik. 
Adir oralab shildirab oqib turgan tiniq suvga yetganimizda Duyshen mehribonlik bilan menga 
qarab: 
– Otdan tushib yuvinib olsang-chi! – dedi. Keyin cho‘ntagidan sovun olib menga uzatdi, – Men 
nariroq borib otga o‘t yedirib turay, yechinib suvga tushib yuvinib ol. Hammasini unut qil, zinhor 
xayolingga keltirma endi. Cho‘milib ol, Oltinoy, yengil tortasan, xo‘pmi? 
Xo‘p deganday bosh irg‘adim. Duyshen nari ketib, ko‘rinmay qolgan edi, yechindim, seskana-
seskana suvga tushdim. Oq, ko‘k, yashil, qizil toshlar suv tagidan menga ko‘z tashlab qarab turishardi. 
Ko‘m-ko‘k, toshqin suv to‘lqini to‘pig‘imga kelib urilib nimalarnidir vijirlab gap ochdi. Hovuchlab 
suv olib ko‘kraklarimga sepdim. Badanimdan muzday suv oqib tushganini ko‘rib shuncha kundan 
buyon birinchi daf’a beixtiyor kulib yubordim. Yayrab-yayrab kuldim! Yana anchagacha ustimga suv 
quyib turdim-da, keyin suvning chuqur joyiga o‘zimni tashladim. Suv oqimi bir zumda meni yana 
sayoz joyiga olib chiqib qo‘ydi, men bo‘lsam yana o‘rnimdan turib, hadeb o‘zimni qaynab ko‘piklanib 
turgan oqimga otaman. 
– Suvjon, shu kunlarning hamma shaltoq, ifloslarini yuvib ket! Meni o‘zingday halol va musaffo 
qil! - deb shivirlab, o‘zimdan-o‘zim kulamanu, lekin nimadan kulganimni o‘zim ham bilmayman... 
Oh, qani endi odamzodning bosgan izlari bir umr o‘chmasaydi! Duyshen ikkimiz tog‘dan tushib 
kelgan so‘qmoq yo‘lni topolsam, sajda qilib, muallimning bosgan izlarini o‘pardim. Bu so‘qmoq men 
uchun hamma yo‘llardan ham aziz. Menga yangi hayot bag‘ishlagan, yangi umid-orzular hadya qilgan, 
yorug‘ dunyoga chiqargan o‘sha kun, o‘sha so‘qmoq, o‘sha yo‘l xayrli bo‘lsin... O‘sha quyoshga ming 
bor rahmat, o‘sha zamon tuprog‘iga ofarin... 
Ikki kundan keyin Duyshen meni stantsiyaga olib bordi. Bu voqeadan keyin ovulda qolishga 
ko‘nglim ham bo‘lmadi. Yangi hayotga yangi joyda qadam qo‘yish kerak edi. Bu qarorim 
ovuldagilarga ham ma’qul bo‘ldi. Sayqal buvim bilan Qartangboy otam meni kuzatib borishdi, ular 
ko‘zlarida yosh, yo‘limga atashgan tugun, xaltalarini ko‘tarib, bolalarday yelib-yugurib yurishardi. 
Men bilan xayr-xo‘shlashgani boshqa qo‘shnilarimiz ham, tajang Satimqul ham yetib keldi. U: 
– Xayr endi, bolam, xudo seni o‘z panohida saqlasin, oy borib, omon qayt! O‘zingni dadil tut, 
Duyshenning yo‘rig‘idan chiqmasang, baraka topasan. Bizlarning ham uncha-munchaga aqlimiz 
yetadigan bo‘lib qoldi, deb oq yo‘l tilab qoldi. 
Maktabimiz bolalari brichka aravaning orqasidan ancha yergacha yugurishib kelib, uzoq vaqt qo‘l 
silkib xayrlashib turishdi.
Meni bir nechta yetim bolalarga qo‘shib, Toshkentga, bolalar uyiga jo‘natishdi. Stantsiyada bizni 
charm kurtka kiygan bir rus ayoli kutib oldi. 
Stantsiyaga kechga yaqin yetib keldik. O, aylanay sendan, ko‘klam maysa, terakzor stantsiyam! 
Yuragimning yarmini bir umr o‘sha yerda qoldirib ketgan bo‘lsam kerak... 
Bir ozdan keyin poezd ham yetib keldi. Bizning ayrilishimizni bilgandek, mo‘ralab qarab turgan 
sarvqomat teraklar kechki shamolda tebranib, bir-biriga allanimalarni shivirlab, oh tortib, hasrat 
qilganday bo‘lishdi. Duyshen har qancha sabr-qanoatli bo‘lsa ham, bu gal o‘zini bosib turishga urinib, 
sir boy bermaslikka harakat qilsa ham, yurak dardini yashira olmadi: uning ko‘nglidan nimalar 
o‘tayotganini, baribir, o‘zim ham bilib turgandim. Mening tomog‘imga ham olovday bir narsa kelib 
tiqilib qoldi. Duyshen tikilganicha ko‘zini mendan uzolmay, yuz-ko‘zlarim, tugmalarimgacha silab 
turaverdi. 
– Seni bir umr yonimdan siljitmasdimku-ya, Oltinoy, - dedi u. – Lekin, nima qilay, seni 
o‘qishdan qoldirishga haqqim yo‘q-da. O‘zim ham uncha savodli emasmanki... Nima bo‘lganda ham, 
o‘qishga ketganing ma’qul! O‘qib yaxshi o‘qituvchi bo‘lasan, maktabimiz esingga tushgan kezlari hali 
rosa kularsan ham... Mayli, iloyim tilagan tilagimga yetkazsin... 
Shu orada darani yangratib uzoqdan parovoz ovozi eshitildi, poezd chiroqlari ham ko‘rinib qoldi. 
Stantsiyadagi odamlar yuklarini ko‘tarib qimirlab qolishdi. 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin