Studio Express 2012 Windows 8 Windows Store uchun Modern-interfeysidagi
ilovalarga
ishlov berishga imkonbersa, Visual Studio Express 2012 Windows
Desktop esa Ishchi Stol uchun ilovalarga “klassik” ishlov berishga imkon beradi.
Visual Studio 2012 yordami bilan C++ da faqat Windows 7 SP1 va Windows 8 lar
uchun ilovalarga ishlov berish mumkin. Buni to’g’rilash uchun,
ilovani
kompilyatsiya qilishda Windows XP uchun ishga yuritish kerak.
Visual Studio 2013. Visual Studio 2013 2013-yil 17-oktabrda .NET 4.5.1
bilan birgalikda ishga tushirilgan. Biz ushbu kitobda ushbu versiya yordamida
kerakli ilovalarni yaratishni ko’rib chiqamiz va uning imkoniyatlari haqida to’liqroq
keyin to’xtalamiz.
Visual Studio 2015. 2014-yilning 12-noyabrida mahsulotning qat’iy
varianti
sifatida “Visual Studio 2015” ni qabul qildi. Visual Studio 2015 uch tahrirni taqdim
etdi: bepul hisoblangan
Community Edition –
barcha Express versiyalari, pullik
hisoblangan kichik
loyihalar yaratish uchun Professional Edition hamda katta
loyihalar uchun
Enterprise Edition. Birinchi CTP 2014-yilning 2-iyunida
ishlab
chiqilgan, keyinroq 2015-yilning 29-aprelida
Release Candidate ishlab chiqildi.
Yuqorida biz Visual Studioning bir qancha versiyalarini ko’rib o’tdik va e’tibor
berdikki, ularning har biri qandaydir OSning turlariga bog’liq ravishda ishalaydi.
Shunday ekan, eng avvalo, siz ulardan qay birini tanlashingiz, kompyuteringizning
OSiga, uning ichki qurilmalarining xotirasiga bog’liq bo’ladi. Siz bu versiyalarni
Microsoftning sayti bo’lmish
www.microsoft.com
dan
uning litsenziyalangan
versiyasini ko’chirib olishingiz mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, ba’zi saytlarda
uning noqonuniy versiyalari (“qaroqchi versiyalar”) ham uchrab turadi. Bu paketlar
to’liq holda bo’lmaydi, balki ishlashida ham muammolari bo’lishi mumkin. Shuning
uchun faqatgina rasmiy nusxasidan foydalangan ma’qul.
Dostları ilə paylaş: