LABORATORIYA ISHI № 1
Mavzu: To’g’ri o’tkazgich va aylanma halqaning magnit maydonini o’rganish
Ishning maqsadi:
- To’g’ri o’tkazgich va aylanma halqaning magnit maydonini
tok kuchining
funksiyasi sifatida o’lchash.
-To’g’ri o’tkazgich magnit maydonini o’tkazgich o’qidan hisoblanadigan
masofaning funksiyasi sifatida o’lchash.
-Aylanma halqa shaklidagi o’tkazgich va magnit maydonini halqa radiusining
funksiyasi sifatida va halqa o’qi ustida halqa markazidan masofaning
funksiyasi sifatida o’lchash.
Ishga kerakli asbob va uskunalar: Teslametr,
axial b-probe, tangensial B-probe, ko’p
o’zakli kabel, yuqori energiyali manba,
kichik optik stol, shtepsel elementlari tutgichi,
Leybold ko’ptutgichi, shtativ-V shaklda 28 sm, ulash kabellari-2,5 mm
2
.
Qisqacha nazariya
Bio – Savar qonuniga asosan I tok o’tayotgan o’tkazgich
atrofidagi P nuqtadagi
magnit maydoni o’tkazgichning cheksiz kichik qismlarining magnit maydonlarining
ulushlarining yig’indisidan iborat bo’ladi;
(1)
O’tkazgichning uzunligi va yo’nalishi d
s vektor yordamida ifodalanadi. O’tkazgichning
kichik qismidan P nuqtaga o’tkazilgan radius vektor
r orqali berilgan (1- rasmga qarang).
Shuning uchun umumiy magnit maydon integral hisob yordamida aniqlanadi. Bu
holda analitik yechim faqat ma’lum simmetriyaga ega bo’lgan o’tkazgichlar
uchun
hisoblanishi mumkin bo’ladi. Masalan cheksiz uzun o’tkazgichning magnit maydoni
o’tkazgich o’qidan r masofada
va maydon kuch chiziqlari silindr o’qi atrofida konsentrik shaklda bo’ladi.
(2 – rasmga qarang)
1-rasm 2- rasm
1 – rasm. Tokli o’tkazgich magnit maydonini integral usulda hisoblash.
2 – rasm. Cheksiz uzun tokli to’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni.
Radiusi R bo’gan aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning aylana o’qi
ustida
halqa markazidan x masofadagi nuqtaning magnit maydoni
Uning maydon kuch chiziqlari aylana o’qiga parallel bo’ladi. (3-rasmga qarang)
Bu tajribada yuqorida qayd etilgan o’tkazgichlarning magnit maydoni mos ravishda
aksial yoki tangensial B- namuna metodi yordamida o’lchanadi.
B-namunaning Xoll
datchigi yupqa plastinka shaklida bo’lib, u magnit maydonining o’z yuzasiga
perpendikulyar bo’lgan komponentalariga sezgir bo’ladi. Shuning uchun magnit maydoni
kuchlanganligining nafaqat qiymatini balki uning yo’nalishini ham aniqlash mumkin.
To’g’ri o’tkazgich uchun magnit oqimi zichligi B ning r masofadan bog’liqligi
o’rganiladi, aylanma shakldagi otkazgich uchun esa fazoviy koordinata x ga bog’liqligi
o’rganiladi. Bundan tashqari, magnit maydon induksiyasi B va tok kuchi I o’rtasidagi
proportsionallik ham tekshirib ko’riladi.
3-rasm. Aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning magnit maydoni.